10.01.2019 yildagi PF-5621-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotida davlatning roli va ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, shuningdek aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asosan belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish va prognozlash asosida iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotning real sektori holati, tashqi bozorlari konyunkturasi hamda global va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan bogʻliq holda iqtisodiyot asosiy sohalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufyona” iqtisodiyot ulushini qisqartirish uchun qulay sharoit yaratish, jumladan iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini qisqartirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, moliyaviy va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish qulayligini taʼminlash, shuningdek kichik sanoat zonalari salohiyatidan samarali foydalanish orqali bunga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va diversifikatsiya qilishni, shuningdek hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uygʻunligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanish asosida mamlakat sanoatini rivojlantirish strategiyalarini (modellarini) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya ishlanmalari va texnologiyalarini joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlov berish tarmoqlarini jadal rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish asosida tovar bozorlari muvozanatini taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan sanoat siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida uning importga qaramligini kamaytirish orqali milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish; shuningdek respublika hududlari va xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urbanizatsiya sohasida davlat siyosatini kuchaytirish, ishlab chiqarishlarni oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni taʼminlash, shuningdek yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb qilish sohalari va tarmoqlarini aniqlash orqali mamlakatning faol investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatdoshligini oshirishning asosiy resurslari va omillaridan biri sifatida inson kapitalining darajasi va sifatini, ustuvor ravishda qishloq joylarida, yaxshilash boʻyicha kompleks tahlil olib borish va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini taʼminlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, vazirlik apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining, ustuvor ravishda oʻziga biriktirilgan sohadagi aniq natijalarga erishish, oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda koʻmaklashish, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni, ularning loyiha oldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha idoralararo kompleks tizimini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi asosida ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan dastur va qarorlar asosida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega qarorlarining ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, uning tizim va hududiy tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, kichik sanoat zonalari direksiyalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda maʼlumot taqdim etib boradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash orqali amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7,0 mln. AQSh doll. ekvivalenti hisobidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy kengashlar qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek texnik koʻmak va grant mablagʻlarini jalb qilishga ruxsat etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq etish, shuningdek vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi asosida, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalarini hisobga olgan holda 2019-yil 1-iyunga qadar Konsepsiyaning, shu jumladan investitsiya siyosati strategiyasini oʻz ichiga olgan yakuniy variantini belgilangan tartibda kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida institutning umumiy shtat birligi doirasida 10 nafar kishidan iborat Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi ishtirokchilar uchun 2020-yil 1-yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablagʻlar ularni xususiylashtirishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, sanoat sohasidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5621-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5621/2460-son; 27.03.2020-y., 06/20/5975/0377-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)