04.01.2019 yildagi PQ-4091-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari boʻyicha kadrlarni oʻqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamgʻarma mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma stipendiyalari) hisobidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va ilmiy tadqiqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2019 — 2021-yillarda Jamgʻarma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha oʻqishga yuboriladigan kadrlarning prognoz miqdori 3-ilovaga muvofiq 4 000 oʻrindan kam boʻlmagan miqdorda, Jamgʻarma stipendiyalariga ajratilgan umumiy oʻrinlarning 20 foizidan kam boʻlmagan miqdorini magistratura va doktoranturada oʻqish uchun ajratilishi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vazirliklar va idoralar har yili 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma dasturlari boʻyicha xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishga buyurtmalar portfelini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha takliflarni Jamgʻarmaga kiritadi, shuningdek, eng yaxshi tayyorlangan nomzodlarni Jamgʻarmaning tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma stipendiyalarini olish uchun yoʻnalishlar boʻyicha nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yuzasidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor mutaxassisliklarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlov asosida saralab olishning tegishli darajasi va sifatini taʼminlash maqsadida tanlov yoʻnalishlari boʻyicha ajratilgan oʻrinlarni qayta taqsimlash boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmaning Vasiylik Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzda tutilgan limitlar doirasida Jamgʻarma stipendiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha tanlovlarni eʼlon qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida vazirlik va idoralar xodimlari kasbiy faoliyatining zarurati hamda oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingiga koʻra jahondagi eng yaxshi 500 talik yoki tanlangan fan yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi 200 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarning magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil tarzda kirgan va taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xarajatlari parametrlarida xorijiy hamda mahalliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan birgalikda tashkil etiladigan taʼlim va tadqiqot loyihalarini, shu jumladan Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga oʻqitish dasturlarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda 2019-yil uchun ajratilgan oʻrinlardan kelib chiqib, xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha asoslangan takliflarni Jamgʻarmaga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Vasiylik kengashi ikki oy muddatda Bir nomzodga ajratiladigan Jamgʻarma stipendiyasining chegaraviy oʻlchami va moliyalashtirish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-martiga qadar Jamgʻarma stipendiyalarini olishga nomzodlarni, ayniqsa respublika hududlarida, xorijiy tillarga oʻqitishning maxsus dasturlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-aprelidan boshlab Jamgʻarma stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) oʻqitish maxsus dasturlari asosida maqsadli kurslarni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi PF-5545-son Farmonida koʻzda tutilgan manbalar bilan bir qatorda Jamgʻarmaning xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish qismi boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda Jamgʻarma dasturlari boʻyicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni moliyalashtirish uchun 3 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning asoslangan talabnomalari boʻyicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan investitsion bitimlarga investorlarning investitsiyalari obyekti boʻlgan tashkilotlar uchun xorijda kadrlarni (mutaxassislarni), shu jumladan Jamgʻarmaning taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish yoʻli bilan tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlari kiritilishini amaliyotga tatbiq etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarma dasturlari doirasida xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining uzoq muddatli grant mablagʻlarini jalb etish masalasini ishlab chiqsin va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma xorijda taʼlim oladigan stipendiatlarning dastlabki miqdorini aniqlab, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha aniq takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda Jamgʻarmaga quyidagi masalalar yuzasidan koʻmak berilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish hamda ularni kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mutaxassislarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlar izlash hamda Jamgʻarma stipendiatlarini oʻqitish uchun xorijiy mamlakatlar yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida tegishli bitimlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ishtirokida Jamgʻarma dasturlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni tashkillashtirish masalalarini muhokama qilish uchun video-selektor yigʻilishini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamgʻarmaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha talab etiladigan mutaxassisliklar roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy boʻlinmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar roʻyxatini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4091-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4091-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish
shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish va uni oʻtkazish

1.

Ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari, shu jumladan mamlakat hududlarining kadrlarni xorijda oʻqitishga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-fevralga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Mutaxassisliklarni koʻrsatgan holda Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish yoʻnalishlari boʻyicha kvotalarni tasdiqlash va saralash tanloviga hujjatlar qabuli boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 15-fevralga qadar

Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi (A. Abduxakimov)

3.

Stipendiatlarni xorijiy tillar, xalqaro protokol va etiket boʻyicha dastlabki tayyorlashni tashkil etish.

Idoralararo hujjat

2019-yil 15-fevralga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

4.

Stipendiyalarni ajratish yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlarni hisobga olgan holda Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil fevral-mart

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

5.

Jamgʻarmaning stipendiyalari gʻoliblari haqidagi maʼlumotlarni vazirliklar va idoralar kesimida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil mart

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

6.

“Blokcheyn” texnologiyasi boʻyicha stipendiyali dasturlarning hamkor-ishtirokchilari bilan birgalikda Jamgʻarmaning innovatsion intranetini (lokal muloqot tizimi) ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-sentabrga

qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

7.

Xorijda taʼlim olgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi axborotlardan ochiq foydalanishni taʼminlash maqsadida Jamgʻarmaning stipendiyali dasturlari bitiruvchilarining elektron reyestrini ishlab chiqish.

Elektron

reyestr

2019-yil 1-oktabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

8.

Elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali Jamgʻarmaning maqsad va vazifalari, Jamgʻarma yordamida xorijda tahsil olishning imkoniyatlari haqida jamoatchilik va tashkilotlarga keng tushuntirishlar berish boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-oktabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

II. Xorijda yashaydigan katta tajriba va ilgʻor bilimga ega boʻlgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot oʻrnatish

9.

Yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb qilish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida mamlakatimizda katta ehtiyoj sezilayotgan mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-fevralga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Xorijdagi vatandoshlarimiz toʻgʻrisida elektron katalog (reyestrni) yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan vatandoshlar, olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar, yuqori malakali mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etish.

Idoralararo
ishchi guruhi

2019-yil 1-martga qadar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

11.

Xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga, oʻzi istiqomat qilinayotgan mamlakat qonunchiligi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashqi ishlar vazirining buyrugʻi

2019-yil 1-mayga qadar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Xorijda yashaydigan vatandoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, vatandoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ularni xabardor qilish maqsadida xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan doimiy muloqot qilish uchun virtual makon yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-iyunga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

13.

Xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan birgalikda mamlakatni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning dolzarb mavzular boʻyicha, shu jumladan masofadan turib anjumanlar, seminarlar va “davra suhbatlari” tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Vatandoshlarni, ular tarkibidan boy tajriba va oʻzining faoliyati sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganlarni taklif qilib, xorijda yashaydigan vatandoshlarning xalqaro forumini oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 15-iyunga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar, Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov)

15.

Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan vatandoshlar, xorijiy tadbirkorlar va ekspert-tahlilchilar doiralari ishtirokida xalqaro konferensiya oʻtkazish (Germaniya).

Vazirlar Mahkamasining

qarori

2019-yil 25-oktabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Jamgʻarmaning stipendiyalarini olish uchun kadrlarni oʻqitish boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga koʻmaklashish

16.

Jamgʻarmaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2019-yil 1-martga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

17.

Jamgʻarmaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz tillari va boshqalar) oʻqitish boʻyicha maxsus dasturlar asosida maqsadli kurslarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-apreldan boshlab (doimiy asosda)

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

18.

Respublika hududlaridagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari huzurida maʼlumotlarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni izlash va xorijiy tillarga oʻqitishga koʻmaklashish markazlarini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 15-aprelga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

19.

Oliy taʼlim muassasalariga xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim va ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarni shakllantirishda koʻmaklashish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

20.

Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi haqida mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarning tahliliy materiallari aks etgan jurnal nashr etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil 1-sentabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi (A. Burxonov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Jamgʻarma faoliyatining samaradorligini oshirish

21.

Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir, nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan Jamgʻarmani toʻldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-martga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov)

22.

Stipendiatlar, vatandoshlar va yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida masofaviy videokonferensiyalar, internet-forumlar va telekoʻpriklarni oʻtkazish uchun Jamgʻarmaning videokonferensiya aloqasi studiyasini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-sentabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

23.

Jamgʻarmaning faoliyati hamda uning dasturlari boʻyicha xorijda tahsil olish imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasida, ayniqsa respublika hududlarida keng targʻib qilish choralarini koʻrish, shuningdek, ularga saralash tanlovlarida ishtirok etish uchun amaliy yordam koʻrsatish.

Amaliy
chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-martdan boshlab (doimiy asosda)

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

24.

Vatandoshlar boʻyicha, yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa muhim maʼlumotlar yuzasidan elektron maʼlumotlar bazalari uchun platforma yaratish orqali Jamgʻarmaning saytini takomillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil 1-martga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

25.

Jamgʻarma stipendiyasining bir nomzodga chegaraviy oʻlchami va uni moliyalashtirish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vasiylik kengashining qarori

2019-yil 1-martga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4091-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4091-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha oʻqishga yuboriladigan kadrlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jamgʻarma stipendiyalari saralash tanlovi yoʻnalishlarining nomi

Malaka oshirish

Stajirovka

Magistratura

Doktorantura

Jami

1.

Taʼlim, jami:

1 450

480

230

340

2 500

shu jumladan:

oliy taʼlim

780

250

160

310

1 500

oʻrta-maxsus, kasb hunar taʼlim

100

50

10

10

170

umumiy oʻrta taʼlim

370

100

40

10

520

maktabgacha taʼlim

200

80

20

10

310

2.

Fan va ilmiy tadqiqotlar

30

50

10

10

100

3.

Sogʻliqni saqlash

140

100

30

30

300

4.

Davlat boshqaruvi

370

245

65

20

700

5.

Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari

150

185

55

10

400

Jami

2 140

1 060

390

410

4 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Vasiylik kengashi jadal rivojlanayotgan yuqori texnologiyali tarmoqlar va korxonalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha oʻqishga yuboriladigan kadrlarning prognoz miqdoriga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/19/4091/2416-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)