Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida” 2018-yil 17-avgustdagi PF-5515-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-dekabr,
1053-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarorining 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qarorining 4-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borsinlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qarorning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 11-12-son, 39-modda) 5-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Respublika gaz taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 94-modda) 10-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)