28.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3108
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 658-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. NABIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 23-noyabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt meʼyori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1. Oʻquv ishlari

1.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun oʻquv (nazariy, amaliy, seminar, laboratoriya va koʻchma) mashgʻulot oʻtkazish.

Bir akademik soat uchun — 1 soat.

Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnali asosida aniqlanadi.

2.

Masofaviy taʼlim asosida qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun onlayn mashgʻulotlarni oʻtkazish.

Bir akademik soat uchun — 5 soat.

Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi oʻquv jurnali asosida aniqlanadi.

3.

Qayta tayyorlash va maxsus kurslarda bitiruv malakaviy ishlarga rahbarlik qilish va xulosa yozish.

Bitta bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilish va xulosa yozish — 4 soat.

Taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi, yozilgan xulosa hamda ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.

4.

Qayta tayyorlash va maxsus kurslarda bitiruv malakaviy ishlariga taqriz yozish.

Bitta bitiruv malakaviy ishga taqriz yozishga — 0,5 soat.

Bitiruv malakaviy ishiga yozilgan taqriz asosida aniqlanadi.

5.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi yakuniy davlat attestatsiyasini (yakuniy test, suhbat, bitiruv malakaviy ish himoyasi) oʻtkazish.

Bitta akademik guruh uchun yakuniy testga — 2 soat.

Bitta tinglovchi uchun yakuniy suhbatga — 0,5 soat.

Bitta bitiruv malakaviy (loyiha) ish himoyasi uchun — 0,6 soat.

Komissiya aʼzosiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi — 8 soatdan oshmasligi lozim.

Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi asosida aniqlanadi.

6.

Oʻquv rejasidagi modullar boʻyicha joriy nazorat oʻtkazish va baholash.

Joriy nazorat yozma shaklda (test) boʻlsa, bitta yozma ishga — 0,3 soat;

Ogʻzaki yoki ijodiy shaklda bir nafar tinglovchi uchun — 0,3 soat.

Tegishli qaydnomalar va tinglovchining shaxsiy attestatsiya varaqalari asosida aniqlanadi.

7.

Doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) qilish.

Bitta doktorant uchun bir oʻquv yilida — 100 soat;

Bitta mustaqil izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida — 50 soat.

Doktorant va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi asosida aniqlanadi.

8.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va master-klasslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish.

bir akademik soat ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va master-klass uchun — 5 soat; ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat.

Master-klass:

taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat;

respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 40 soat;

xalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 60 soat.

Taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza va master-klasslar tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kafedra bayonnomasi) asosida aniqlanadi.

9.

Pedagogik (malakaviy) amaliyot va stajirovkaga rahbarlik, hisobotlarni qabul qilish va baholash.

Har bir tinglovchi uchun — 0,5 soat, (1 ish kunida — 6 soatdan oshmasligi lozim).

Taʼlim muassasasining amaliyot yoki stajirovka oʻtash boʻyicha buyrugʻi, tinglovchining amaliyot kundaligi (individual rejasi) va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

10.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi oʻquv rejasidagi modullarning oʻquv-uslubiy majmuasini yaratish va yangilash.

Modul boʻyicha oʻquv-uslubiy majmua yaratishga bir bosma taboq uchun — 3 soat.

Oʻquv-uslubiy majmuani yangilashga (qayta ishlashga) bir bosma taboq uchun — 1,5 soat.

Taʼlim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori asosida aniqlanadi.

11.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yoʻnalishlari modullari doirasida uslubiy qoʻllanma, koʻrsatmalar yozish va nashr etish.

Uslubiy qoʻllanma, koʻrsatmalar tayyorlashga bir bosma taboq uchun — 30 soat.

Taʼlim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma va koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.

2. Oʻquv-uslubiy ishlar

12.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar yozish, nashrga tayyorlash.

Darslikning bir bosma tabogʻi uchun — 50 soat.

Oʻquv qoʻllanmaning bir bosma tabogʻi uchun — 40 soat.

Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.

13.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi tinglovchilari bilimining reyting nazorati uchun test savollari, ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish.

Har bir modul boʻyicha test savollarini ishlab chiqish uchun — 15 soat;

Har bir modul boʻyicha ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish uchun — 15 soat;

Har bir modul boʻy�cha test savollari va ijodiy topshiriqlarni takomillashtirish uchun — 5 soat.

Taʼlim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori asosida.

14.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yoʻnalishlari uchun taʼlim sohalari boʻyicha malaka talablari, namunaviy oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

Bir qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yoʻnalishlari oʻquv dasturi ishlab chiqish uchun — 100 soat;

Joriy oʻquv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

15.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish yoʻnalishlari oʻquv dasturi va modullar boʻyicha ishchi oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Ishlab chiqilgan bitta malaka talablari, ishchi oʻquv dasturiga — 20 soat.

Bir modul boʻyicha ishchi oʻquv dasturini takomillashtirish uchun — 20 soat;

Markaz direktori tomonidan tasdiqlangan ishchi oʻquv dasturi asosida aniqlanadi.

16.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari modullari boʻyicha elektron darsliklarni yaratish.

Bir modul boʻyicha yaratilgan elektron darslikka — 60 soat.

Elektron darsliklarning mavjudligi, joriy oʻquv yilida yaratilganligi taʼlim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi qarori asosida aniqlanadi.

17.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish.

Tarjima qilingan oʻquv-uslubiy qoʻllanma va boshqa materiallarga bir bosma taboq uchun — 20 soat.

Taʼlim muassasasi Ilmiy-metodik kengashining qarori asosida aniqlanadi.

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari

18.

Ilmiy maqola, tezislar nashr etish.

Bitta maqola yoki tezis uchun:

xalqaro miqyosda — 70 soat;

respublika miqyosida — 50 soat;

viloyat miqyosida — 10 soat;

tuman (shahar) miqyosida — 5 soat.

Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi.

Davriy toʻplamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi.

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan ishlarning asli yoki nusxasi asosida.

19.

Oʻquv-metodik materiallarga (darslik, oʻquv-uslubiy qoʻllanma, koʻrsatma) taqriz berish.

Bir darslik, oʻquv qoʻllanma, elektron darslikka taqriz berish uchun — 20 soat;

bir metodik qoʻllanmaga taqriz berish uchun — 10 soat;

uslubiy ishlanmaga taqriz berish uchun — 5 soat;

oʻquv amaliyotlari uchun nazorat savollari yoki topshiriqlar toʻplamiga taqriz berishga — 4 soat.

Berilgan taqriz nusxasi asosida.

20.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari boʻyicha ixtiro (patent) yaratish, ratsionalizatorlik ishlari.

Bir patent uchun — 70 soat.

Bir dasturiy vosita uchun — 30 soat.

Tasdiqlanganligini asoslovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

4. Tashkiliy ishlar

21.

Oʻzaro darslarga kirish va yozma rasmiylashtirgan holda tahlil qilish

Bir akademik soat uchun — 1 soat

Kafedraning oʻzaro darslarga kirish jadvali va dars taxlili asosida aniqlanadi.

22.

Pedagogik kengash yoki kafedra yigʻilishida kotib vazifasini bajarish.

Pedagogik kengashning bir yigʻilishidagi kotibligi uchun — 6 soat;

kafedraning bir yigʻilishidagi kotibligi uchun — 3 soat.

Taʼlim muassasasi Ilmiy-metodik kengashi yoki kafedraning yigʻilish bayonnomasi asosida.

23.

Qayta tayyorlash, maxsus kurs va malaka oshirish kursi oʻquv (nazariy, amaliy, seminar va laboratoriya) mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrish.

Har bir oʻquv (nazariy (maʼruza), amaliy, seminar, laboratoriya,) mashgʻuloti uchun — 2 soat.

Tasdiqlangan materiallar asosida aniqlanadi.

5. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar

24.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi guruhiga rahbarlik qilish.

Bir guruhga rahbarlik qilish — 10 soat (bir oʻquv yilida 100 soatgacha).

Markaz rahbarining buyrugʻi asosida aniqlanadi.

25.

Darsdan tashqari vaqtda tinglovchilar bilan tadbirlar (sport musobaqalari, bayram tadbirlarida ishtiroki, ekskursiyalar) oʻtkazish.

Bir tadbir uchun — 8 soat.

Tadbir oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma asosida aniqlanadi.

26.

Davlat arboblari, mashhur (nufuzli musobaqalar gʻolib va sovrindorlari) sportchilar bilan seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish.

Bitta seminar, davra suhbatlari va uchrashuvlar uchun — 8 soat.

Tadbir oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma asosida aniqlanadi.

27.

Ommaviy axborot vositalarida chiqish.

Ommaviy axborot vositalarida bir chiqish uchun — 6 soat

Maʼruzalar va ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar (maʼlumotlar, video tasvirlar) asosida aniqlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari mazkur pedagogik yuklamalar hajmi asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari kafedra mudiri tomonidan tuziladi hamda tegishli direktor oʻrinbosari bilan kelishgan holda direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalariga kafedra yigʻilishi ishtirokchilarining taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) va uning filiallari Ilmiy-metodik kengashining qaroriga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning yillik pedagogik yuklamalar hajmi 400 soatdan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur pedagogik yuklamalar hajmi Markaz va filiallari professor-oʻqituvchilarining shaxsiy yillik ish rejalarini shakllantirishda va ularning faoliyatida bajarilgan ishlar hajmini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Pedagogik yuklamalar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Keyingi tahrirga qarang.