28.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3108
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 23-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3108-2, 21.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 10/22/3108-2/1104-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3108]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 23-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3108-2, 21.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 10/22/3108-2/1104-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 23-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3108-2, 21.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 10/22/3108-2/1104-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. NABIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-mh-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 23-noyabrdagi 24-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallari professor-oʻqituvchilarining pedagogik yuklamalari hajmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt meʼyori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1.

Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun oʻquv (nazariy, maʼruza, amaliy, seminar, laboratoriya va koʻchma) mashgʻulot oʻtkazish.

Bir akademik soat uchun — 1 soat.

Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnali asosida aniqlanadi.

2.

Masofaviy taʼlim asosida qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun onlayn mashgʻulotlarni oʻtkazish.

Bir akademik soat onlayn videomashgʻulotlar uchun — 1soat.

Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnali asosida aniqlanadi.

3.

Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi yakuniy attestatsiyasini (onlayn test, suhbat, kasbiy faoliyat natijalarini baholashda) oʻtkazishda ishtirok etish.

Bitta akademik guruh uchun onlayn testga — 2 soat.

Bitta tinglovchi uchun yakuniy suhbatga — 0,5 soat.

Bitta tinglovchining kasbiy faoliyat natijasini baholash uchun — 0,5 soat.

Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi asosida aniqlanadi.

4.

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun daʼvogar tadqiqotchi yoki mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbar (maslahatchi)lik qilish.

Bitta tadqiqotchiga bir oʻquv yili uchun — 100 soat;

Bitta mustaqil izlanuvchiga bir oʻquv yili uchun — 50 soat.

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) va uning filiallari rahbarining tegishli buyrugʻi, ilmiy darajaga daʼvogar tadqiqotchi yoki mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi asosida aniqlanadi.

5.

Darsdan tashqari vaqtda malakali mutaxassislar va sportchilar bilan hamkorlikda qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ularning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va mahorat-darslariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish.

Bir akademik soat ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va mahorat darslari uchun — 5 soat;

ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat.

mahorat-darslariga:

Institut yoki filial miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat;

respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 40 soat;

xalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 60 soat.

Institut va filiallarda oʻtkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza va mahorat-darslari mavzulari boʻyicha tasdiqlangan materiallar, tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kafedra yigʻilish bayonnomasi) asosida aniqlanadi.

6.

Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi oʻquv rejasidagi modullarning oʻquv-uslubiy majmuasini yaratish va yangilash.

Modul boʻyicha oʻquv-uslubiy majmua yaratishga bir bosma taboq uchun — 3 soat.

Oʻquv-uslubiy majmuani yangilashga (qayta ishlashga) bir bosma taboq uchun — 1,5 soat.

Institut Ilmiy kengashi qarori asosida aniqlanadi.

7.

Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi yoʻnalishlari modullari doirasida uslubiy qoʻllanma, koʻrsatmalar yozish va nashr etish.

Uslubiy qoʻllanma, koʻrsatmalar tayyorlashga bir bosma taboq uchun — 30 soat.

Institut Ilmiy kengashi, qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma va koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.

8.

Masofaviy (oflayn) taʼlim platformasi uchun elektron kontentlarni yaratish.

Matnli kontentning 1 ta mavzusi uchun — 3 soat;

Matnli-grafik kontentning 1 ta mavzusi uchun — 4 soat;

Videokontent (bir akademik soatdan kam boʻlmagan video dars) uchun — 6 soat;

Nazorat uchun (test savollari, topshiriqlar) kontentning 1 ta mavzusi uchun — 1 soat.

Institut Ilmiy kengashi (filiallar Ilmiy-metodik kengash) qarori bilan masofaviy (oflayn) kurslarda foydalanishga tavsiya etilgan elektron kontentlar asosida aniqlanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalari mazkur pedagogik yuklamalar hajmi asosida kafedra mudiri tomonidan tuziladi hamda tegishli Rektor (direktor) oʻrinbosari bilan kelishgan holda Rektor (direktor) tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejalariga kafedra yigʻilishi ishtirokchilarining taklifiga asosan Institut va uning filiallari Ilmiy kengashining qaroriga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning yillik pedagogik yuklamalari hajmi 400 soatdan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar roʻyxatida belgilangan, soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari professor-oʻqituvchilar tomonidan kafedra yoki Ilmiy kengash tavsiyasi bilan ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi hamda professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos hisoblanmaydi;
(izohning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur pedagogik yuklamalar hajmi Institut va filiallar professor-oʻqituvchilarining shaxsiy yillik ish rejalarini shakllantirish va ularning faoliyatida bajarilgan ishlar hajmini aniqlash uchun asos hisoblanadi.
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 23-noyabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3108-2, 21.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 10/22/3108-2/1104-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Pedagogik yuklamalar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus talim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-noyabr,
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3108/2394-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2021-y., 10/21/3108-1/1042-son; 21.12.2022-y., 10/22/3108-2/1104-son; 13.11.2023-y., 10/23/3108-3/0846-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)