ILOVA
|
T/r |
Ish turlari |
Ish turlari uchun ajratilgan vaqt meʼyori |
Ish turlarining bajarilganligini aniqlash |
|
1. |
Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun oʻquv (nazariy, maʼruza, amaliy, seminar, laboratoriya va koʻchma) mashgʻulot oʻtkazish. |
Bir akademik soat uchun — 1 soat. |
Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnali asosida aniqlanadi. |
|
2. |
Masofaviy taʼlim asosida qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun onlayn mashgʻulotlarni oʻtkazish. |
Bir akademik soat onlayn videomashgʻulotlar uchun — 1soat. |
Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnali asosida aniqlanadi. |
|
3. |
Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi yakuniy attestatsiyasini (onlayn test, suhbat, kasbiy faoliyat natijalarini baholashda) oʻtkazishda ishtirok etish. |
Bitta akademik guruh uchun onlayn testga — 2 soat. Bitta tinglovchi uchun yakuniy suhbatga — 0,5 soat. Bitta tinglovchining kasbiy faoliyat natijasini baholash uchun — 0,5 soat. |
Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi asosida aniqlanadi. |
|
4. |
Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun daʼvogar tadqiqotchi yoki mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbar (maslahatchi)lik qilish. |
Bitta tadqiqotchiga bir oʻquv yili uchun — 100 soat; Bitta mustaqil izlanuvchiga bir oʻquv yili uchun — 50 soat. |
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) va uning filiallari rahbarining tegishli buyrugʻi, ilmiy darajaga daʼvogar tadqiqotchi yoki mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi asosida aniqlanadi. |
|
5. |
Darsdan tashqari vaqtda malakali mutaxassislar va sportchilar bilan hamkorlikda qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun ularning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va mahorat-darslariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish. |
Bir akademik soat ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va mahorat darslari uchun — 5 soat; ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat. mahorat-darslariga: Institut yoki filial miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat; respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 40 soat; xalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 60 soat. |
Institut va filiallarda oʻtkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza va mahorat-darslari mavzulari boʻyicha tasdiqlangan materiallar, tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kafedra yigʻilish bayonnomasi) asosida aniqlanadi. |
|
6. |
Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi oʻquv rejasidagi modullarning oʻquv-uslubiy majmuasini yaratish va yangilash. |
Modul boʻyicha oʻquv-uslubiy majmua yaratishga bir bosma taboq uchun — 3 soat. Oʻquv-uslubiy majmuani yangilashga (qayta ishlashga) bir bosma taboq uchun — 1,5 soat. |
Institut Ilmiy kengashi qarori asosida aniqlanadi. |
|
7. |
Qayta tayyorlash, maxsus oʻquv kursi va malaka oshirish kursi yoʻnalishlari modullari doirasida uslubiy qoʻllanma, koʻrsatmalar yozish va nashr etish. |
Uslubiy qoʻllanma, koʻrsatmalar tayyorlashga bir bosma taboq uchun — 30 soat. |
Institut Ilmiy kengashi, qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma va koʻrsatmalar asosida aniqlanadi. |
|
8. |
Masofaviy (oflayn) taʼlim platformasi uchun elektron kontentlarni yaratish. |
Matnli kontentning 1 ta mavzusi uchun — 3 soat; Matnli-grafik kontentning 1 ta mavzusi uchun — 4 soat; Videokontent (bir akademik soatdan kam boʻlmagan video dars) uchun — 6 soat; Nazorat uchun (test savollari, topshiriqlar) kontentning 1 ta mavzusi uchun — 1 soat. |
Institut Ilmiy kengashi (filiallar Ilmiy-metodik kengash) qarori bilan masofaviy (oflayn) kurslarda foydalanishga tavsiya etilgan elektron kontentlar asosida aniqlanadi. |