Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3078-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 43-son, 847-modda) 2-bandidagi “2019” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-dekabr,
159-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3078-1/2392-son)