ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra tegishli hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar kuzatuv kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv kengashlari) ishchi organlariga murojaat qiladi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
Kuzatuv kengashlari |
Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Uch ish kuni mobaynida |
|||
|
3-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari |
Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan qoplab beradi. |
Uch ish kuni mobaynida |
|||
|
4-bosqich |
Kuzatuv kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Mablagʻlardan maqsadli tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qilib boradi, mablagʻlardan foydalanish hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda hisobotini shakllantiradi. |
Doimiy |
|||
11-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni undirish toʻgʻrisidagi kelib tushgan sud hujjatlarini hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organiga taqdim qiladi. | Bir ish kuni davomida | |||
2-bosqich | Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi | Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zararlarni qoplab berish boʻyicha kelib tushgan sud hujjatini Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli dasturiy majmuasida yaratilgan Reyestrga kiritadi hamda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari kuzatuv kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — Kuzatuv kengashlari) koʻrib chiqish uchun taqdim etadi. | Uch ish kuni mobaynida | |||
3-bosqich | Kuzatuv kengashlari | Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini jismoniy | Uch ish kuni mobaynida | |||
4-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari | 1. Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan qoplab beradi. | Uch ish kuni mobaynida | |||
2. Kuzatuv kengashi tomonidan tegishli sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish toʻgʻrisida taklif kiritilgan taqdirda, sud organiga qabul qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi. | Besh ish kuni davomida | |||||
Sud hujjati ustidan shikoyat kiritilgan taqdirda, bu haqida yuridik va jismoniy shaxslarga hamda hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organga xat yuboradi. | Shikoyat taqdim etilgan kundan boshlab ikki ish kuni davomida | |||||
5-bosqich | Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi | Kuzatuv kengashi qaroriga asosan yetkazilgan zarar qoplab berilgani yoki sud organiga shikoyat kiritilgani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi. | Ikki ish kuni mobaynida | |||
6-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari | 1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish choralarini koʻradi. 2. Sud hujjati asosida zarar qoplab berilganda yoki bekor qilinganda, hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organga yetkazilgan zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida maʼlumotlarni ilova qilgan holda xat yuboradi. | Ikki ish kuni mobaynida | |||
7-bosqich | Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari ishchi organi | Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi natijasida mulkdorga yetkazilgan mulkiy zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi. | Ikki ish kuni mobaynida | |||
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Jismoniy va yuridik shaxs | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash boʻyicha ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi. | Ixtiyoriy | |||
2-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Yuridik xizmati uch ish kuni ichida mulkiy va maʼnaviy zarar va u haqidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi hamda ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi: 1) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻlab berish; 2) arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda). | Uch ish kuni ichida | |||
3-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi | Yuridik xizmatning tegishli takliflari asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi: 1) hisob-kitob boʻlimiga sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlarini qoplab berish boʻyicha koʻrsatma beradi; 2) sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi. | Uch ish kuni ichida | |||
4-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Hisob-kitob boʻlimi: | ||||
a) hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida mavjud mablagʻlar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan mablagʻlarni ariza beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi; | Bir ish kuni ichida | |||||
b) hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmaganda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashiga taklif kiritadi. | Ikki ish kuni ichida | |||||
2. Yuridik xizmat: | ||||||
a) ariza beruvchiga ijro boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi hamda tasdiqlovchi hujjatlarni Reyestrga kiritadi; b) mulkiy va maʼnaviy zarar qoplab berilgani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi. | Ikki ish kuni ichida | |||||
5-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar ariza beruvchining tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish choralarini koʻradi. Yuridik xizmat: a) sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻlar toʻlashni rad etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga xat yuboradi; b) mulkiy va maʼnaviy zarar qoplab berilgani yoki sud hujjati bekor qilingani toʻgʻrisida hujjatlarni Reyestrga kiritadi. | Ikki ish kuni mobaynida | |||
6-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlarni davlat organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻidan qoplash uchun talabnoma kiritadi. | Uch ish kuni mobaynida | |||
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
1. | J. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi |
2. | Sh. Xidoyatov | — | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
3. | A. Ortiqov | — | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
4. | F. Pulatov | — | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
5. | A. Xaydarov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
6. | S. Sadullayev | — | Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
7. | lavozimi boʻyicha | — | Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Kengash kotibi |
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA