26.12.2018 yildagi 1043-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1043-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1043-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 36-bandning birinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda ekspert-kriminalistika xizmatlarining” soʻzlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, shuningdek, ekspert-kriminalistika xizmatining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 38-bandning birinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati” soʻzlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga” soʻzlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati” soʻzlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 421 — 423-bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“421. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik maʼlumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etganda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tugʻilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi doimiy propiska qilingan manzili haqidagi maʼlumotlarni aniqlash orqali oʻrganib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan taqdirda, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari shaxsini tasdiqlovchi vaqtincha maʼlumotnomani belgilangan tartibda beradi, shuningdek, mahalliy xokimliklar bilan birgalikda doimiy propiskani ramiylashtirish, yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yoʻqotib qoʻygan va doimiy propiskasi boʻlmagan (sud qarori bilan doimiy propiskadan chiqarib yuborilgan va/yoki doimiy propiskaga qoʻyishga asoslari mavjud boʻlmagan) muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga istisno tariqasida, vaqtinchalik propiska asosida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
423. Ushbu Nizomning 421 va 422-bandlarida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik pasportlarni rasmiylashtirishda ichki ishlar organlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 21 va 3081-moddalarida nazarda tutilgan tartibda maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining talabnomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 70-bandga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zarur boʻlganda, reabilitatsiya markazining buyurtmanomasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularga mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yoʻl xarajatlari uchun pul beriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1043/2381-son)