26.12.2018 yildagi PQ-4078-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishning tartib-taomillarini soddalashtirish va iqtisodiyotning noruda xom ashyo bazasini rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanishni taʼminlashda qator muammolar mavjud boʻlib, bular yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish bilan bogʻliq normalarga nomuvofiqligi, qazib olish va qayta ishlashda maʼnan eskirgan, muddati tugagan texnika va uskunalardan foydalanilayotganligi, konlar va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasi pastligida namoyon boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat joriy yilning sentabr — noyabr oylarida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 186 ta subyekt tomonidan tegishli litsenziya olmasdan 26,7 milliard soʻmlik noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazib olinganligi holatlari aniqlandi, shuningdek, litsenziya shartlariga rioya qilmagan va yer qaʼri uchastkalaridan samarasiz foydalangan 23 ta subyektning yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin bekor qilinib, 55,6 million kub metr va 3,4 million tonna foydali qazilmalar zaxirasi davlat balansiga qaytarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishda shaffoflikni taʼminlash, qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida ilgʻor texnologiyalarni keng qoʻllash hamda sohaga salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansida hisobga olingan konlar va istiqbolli maydonlar joylashgan yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda) yer fondi toifasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasining ijobiy xulosasi olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya asosida yer qaʼridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyaning amal qilish muddati va yer qaʼri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qaʼridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yozma maʼlumot beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan zaxiraga qaytariladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida yer qaʼridan foydalanuvchining investitsiyaviy majburiyatlari nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish (daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish bundan mustasno) huquqi uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari asosida 20 kundan oshmagan muddatda beriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarning oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga litsenziya olishda ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari saqlanib qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi auksion tashkil qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar yigʻindisidan kam boʻlmagan summada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, noruda foydali qazilmalar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari va ushlab qolingan zakalat summasi, auksion tashkil qilish bilan bogʻliq toʻlov summalari chegirilgan holda teng ulushlarda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni qazib olish faoliyati olib boriladigan hududlardagi tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, travertin va ohaktosh) qazib olish va ularning texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish, ularga ishlov berish, shuningdek, tabiiy pardozbop toshlarning texnogen mineral hosilalarini qayta ishlashga moʻljallangan maxsus texnika va uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish, ularga ishlov berish, shuningdek, tabiiy pardozbop toshlarning texnogen mineral hosilalarini qayta ishlash faoliyati boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblashda mazkur soliq boʻyicha belgilangan stavka ikki barobarga pasaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozor konyunkturasini oʻrganib, noruda foydali qazilmalarni chuqur qayta ishlashni va ulardan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida mahalliy noruda xom ashyo asosida ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini, shu jumladan tabiiy pardozbop toshlarni keng qoʻllashni hamda noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazib olingan hollarda ularning qiymatini aniqlash tartibini belgilovchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 2019-yil 1-martga qadar respublika hududida aniqlangan barcha tabiiy pardozbop toshlarning milliy brendi va katalogini yaratsin, ularning kengaytirilgan taqdimotini oʻtkazsin hamda har yili bir marotaba katalogning yangilanib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax viloyati Forish tumanini Navoiy viloyati Nurota tumani bilan bogʻlovchi temir yoʻl tarmogʻini qurish masalasini har tomonlama oʻrganib chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mazkur masala boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2019-yil 1-aprelga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari va istiqbolli maydonlarning davlat kadastrini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalariga koʻra, noruda foydali qazilmalar yer qaʼri uchastkalari va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida batafsil (xarita, foto va video) maʼlumotlarni berish, interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish va mazkur jarayonlarni foydalanuvchilar tomonidan onlayn kuzatib borish imkoniyatini beruvchi qoʻmitaning yangilangan rasmiy veb-saytini va uning mobil versiyasini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarni profilaktika qilishning ilgʻor uslubiyotlarini joriy etish, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, marksheyderlik ishlarini oʻtkazgan holda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlarini amalga oshirishda Inspeksiya bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qazib olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hajmini aniqlash uchun bajariladigan marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga geologik tasvirlash ishlarida, bajariladigan marksheyderlik oʻlchovlarida hamda xavfli geologik jarayonlarni oʻrganishda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda noruda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4078-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2018-y., 07/18/4078/2373-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)