20.12.2018 yildagi 1036-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Sudyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmonining ijrosini taʼminlash, shuningdek, sudyalarni yanada ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va AT “Xalq banki”ning sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan budjet yengil avtotransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda avtotransport vositalari deb ataladi) sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar berish haqidagi takliflariga rozilik berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit muddati — uch oylik imtiyozli davr bilan 5 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki badal — sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha foiz stavkasi — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasida amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzavtosanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining taqdimnomasi boʻyicha sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga imtiyozli kreditlar asosida sotib olishi uchun tegishli avtotransport vositalarining zarur miqdorda oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”ga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berilishini taʼminlash maqsadida Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini depozit hisob raqamlarga kelishilgan yillik foiz stavkasida joylashtirish masalasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini imtiyozli kreditlar asosida sotib olishni xohlovchi sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning ehtiyojini aniqlash va ularga imtiyozli kreditlar rasmiylashtirilishi uchun taqdimnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki” bilan birgalikda bankning hududiy filiallari joylashishidan kelib chiqib, salohiyatli qarz beruvchilarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslar oʻrtasida avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar olish shartlari va tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1036-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 09/18/1036/2358-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)