20.12.2018 yildagi PQ-4069-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, maʼmuriy toʻsiqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va toʻlovning bozor mexanizmi joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real oʻsish surʼatlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish surʼatlariga muvofiq emasligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega boʻlgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli oʻsishini taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xom ashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud boʻlgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi afzalliklardan toʻliq hajmda foydalanilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish boʻyicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni koʻrsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini taʼminlash va valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarda har tomonlama koʻmaklashish Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, taʼlim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish hamda ularni koʻrsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankning Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy koʻmaklashish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari boʻyicha eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va maslahat koʻmagini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan ularning loyihalarini tayyorlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, eksport qiluvchilarni eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat organlarining vazifalari va funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashda tizimli hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda axborot-maslahat markazlari tarmogʻini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar bazasini taʼminlash orqali elektron tashqi savdo maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan har yili “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy tovarlar koʻrgazmalari va savdo yarmarkalarini oʻtkazish, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yoʻli orqali oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilishni boshlayotganlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar, tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo masalalari boʻyicha savdo missiyalari tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash, noxomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va ularning mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma stendlarini tashkil etish va respublika korxonalarining xalqaro savdo yarmarkalari, taqdimotlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etishi, shu jumladan anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni potensial bozorlarda ilgari surishni moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy mahsulotlarni xorijiy vakolatli organlar tomonidan rasmiylashtirilishi orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirishning ham respublikadagi, ham xorijdagi xalqaro tizimlarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida eksport qiluvchi korxonalarga maqsadli moliyaviy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va milliy eksportni sugʻurtalashning zamonaviy mexanizmlarini muvaffaqiyatli qoʻllagan xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olib, shu jumladan xalqaro moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda eksportoldi va eksportni moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiligini sugʻurtalash mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa kompleks moliyaviy va konsalting xizmatlarini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sugʻurtalash vazifasini yuklash va uni Tashqi savdo vazirligiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirini “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining raisi etib saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari qoshida savdo vakolatxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 15 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ajratishni koʻzda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Markaziy bank bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Eksportni qoʻllab-quvvatlash milliy tizimining faoliyatini tashkil etish boʻyicha uning samarali faoliyat koʻrsatishi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini, shuningdek, eksportchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va eksport jarayonida xatarlarni sugʻurtalash mexanizmlari, eksportchilarni kamsituvchi choralar, tarif va notarif toʻsiqlardan himoya qilishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini minimal talab etilgan darajaga koʻtarish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4069-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 07/18/4069/2353-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son)