14.12.2018 yildagi 1012-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-xukukiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1012-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1012-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmni ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom teleradioeshittirish, shuningdek televizion filmlarni ishlab chiqarish va televideniyeda namoyish etish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tadbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik ruxsatnoma — (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan ariza beruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy yoki xorijiy filmni ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun beriladigan bir martalik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
film — ommaviy namoyish qilishga moʻljallangan audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop va animatsion filmlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filmning ommaviy namoyishi — filmni jamoa uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila aʼzolari boʻlmagan shaxslarning keng doirasi hozir boʻlgan joyda (kinoteatrlar, kinozallar va boshqa maxsus jihozlangan binolarda va joylarda) texnik vositalar yordamida ekranda koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Filmni ommaviy namoyish qilish ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ommaviy namoyish qilinishi koʻrsatib oʻtilgan filmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivallar, seminarlar, retrospektiv namoyishlar va boshqa shu kabi madaniy tadbirlar uchun notijorat maqsadlarda xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan (yetkazib berilgan) filmlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchilar ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha vakolatli organ tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruxsatnoma berish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar ruxsatnoma berish talablari va shartlariga tegishlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filmning ommaviy namoyishini amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi va boshqa qonun hujjatlariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filmda zoʻravonlikni, pornografiyani targʻib qilinmasligi, mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni xamda Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri axborot tarqatishi hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarini buzib koʻrsatilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filmda insonlarning ongiga va (yoki) ularning ruhiy salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatadigan yashirin koʻrinishdagi sahnalar yoki boshqa shu kabi texnik usullarning boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchilar ruxsatnoma olinguniga qadar, filmning ommaviy namoyishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa usullarda eʼlon qilishga hamda chiptalar sotuvini oldindan amalga oshirishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi vakolatli organga quyidagi hujjatlar va materiallarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) filmga nisbatan mutlaq huquq egalari tomonidan taqdim etilgan arizalar boʻyicha ular va film mualliflari (sahnalashtiruvchi rejissor, ssenariy muallifi, musiqa asari muallifi, sahnalashtiruvchi operator va sahnalashtiruvchi rassom) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq filmdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalar boʻyicha filmdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) filmning qisqacha annotatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) film mualliflari toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) filmda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi toʻgʻrisidagi tegishli ekspert xulosasining nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) film yozilgan elektron axborot tashuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ariza koʻrib chiqilganligi uchun ariza beruvchi tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarning taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda ariza beruvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita berilishi, shuningdek bu boradagi vakolatni oʻz vakiliga berishga yoxud murojaatni pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi. Roʻyxat vakolatli organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda, darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar va materiallar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqish va texnik baholash uchun vakolatli organ tizimidagi “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi huzurida Ekspertlar kengashi tashkil etiladi. Ekspertlar kengashining tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspertlar kengashining tarkibiga vakolatli organning mutaxassislari, kinoshunoslar, kinotanqidchilar, film ishlab chiqaruvchilar va ularning namoyishi bilan shugʻullanuvchilar, kinodistribyuterlar, shuningdek, kinematografiya sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin. Zarurat boʻlgan hollarda, ekspertlar kengashi ishiga filmni texnik baholovchi tegishli mutaxassislar va ekspertlar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekspertlar kengashi toʻgʻrisidagi nizom vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va uning rahbari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish ariza beruvchidan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida va ruxsatnomani berganlik uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yigʻimlar undiriladi. Ushbu yigʻim summalari vakolatli organ huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ruxsatnoma berish toʻgʻrisida taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspertlar kengashining taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha chiqargan tavsiyasi asosida vakolatli organ ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi va yagona nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ruxsatnoma blankalari vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchiga ruxsatnomani berishi (yuborishi) yoki ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron pochta aloqasi vositasida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar vakolatli organ ariza beruvchining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish, uni berish yoki berishni rad etish muddati mobaynida ariza beruvchiga ruxsatnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ariza beruvchi ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan muddat oʻtganidan keyin, ruxsatnoma olishni moʻljallagan filmni, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda, ommaviy namoyish etish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ ariza beruvchining xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart. Ruxsatnoma olinguniga qadar, taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilib olingan sana haqida belgi qoʻyilgan roʻyxati va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yoʻllangan xabarnoma ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda filmni ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning ariza beruvchi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar kengashining taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy tavsiyasi olinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron pochta aloqasi vositasida yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma yoki elektron xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Ariza beruvchining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi, elektron pochta aloqasi orqali bayon qilinmagan rad etish sabablarini vakolatli organ tomonidan keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganganida arizachi tomonidan qayta ishlanib, ekspertlar kengashi muhokamasiga takroriy uch martagacha taqdim etilishi mumkin. Agar, arizachi tomonidan qayta ishlanib, ekspertlar kengashi tomonidan uch marta ham salbiy tavsiya berilsa, kengash tomonidan qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ariza beruvchi ruxsatnomani berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ruxsatnomaning dublikatini berish va qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga koʻra uning dublikati vakolatli organ tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vakolatli organ ruxsatnoma yoʻqolganligi haqida yoki uning yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisida ariza bilan birga ruxsatnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda dublikatini berish (yuborish) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ruxsatnomaning dublikatini berganlik uchun ariza beruvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun, dublikatni berish haqidagi ariza topshirilgan sanadagi holatga koʻra, toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organ huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yuridik shaxs boʻlgan ariza beruvchi oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Jismoniy shaxs boʻlgan ariza beruvchining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin yetti ish kuni ichida vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda vakolatli organ berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organ tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun ariza beruvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizasi vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun, qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza topshirilgan sanadagi holatga koʻra, toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi vakolatli organ huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ruxsatnomani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish hamda uni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qoʻpol buzilishining quyidagi hollari ruxsatnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika kinoprokat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga kinovideo xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berilgan filmdagi sahnalar ruxsatnoma olinganidan keyin oʻzgartirilgan yoki vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilib, ommaviy namoyishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan film mazmuniga muvofiq boʻlmagan filmni ommaviy namoyishini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ruxsatnomalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Vakolatli organ ruxsatnomalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlgan ariza beruvchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs boʻlgan ariza beruvchining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi, pochta manzili, telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy namoyishga ruxsatnoma berilgan filmning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berilgan sana va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning dublikatini berishning asosi va dublikati berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishning asosi va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomani bekor qilish asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ruxsatnomalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar vakolatli organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ruxsat beruvchi talablar va shartlarga rioya qilinishi ustidan nazorat vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎“Oʻzbekkino”
‎Milliy agentligi
‎Bosh direktoriga

ARIZA‎

‎‎Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish toʻgʻrisida

‎‎___________________________________________________________________________ga

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli / jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎_____________________________________________________________________________________________________________________________________nomli filmni ommaviy
‎namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berishingizni soʻrayman.
Manzili: ‎
‎‎____________________________________________________________________________.

‎‎(yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsning pochta manzili, STIR)

‎‎Telefon: ________________, faks: _________________, el. manzil ____________________.
‎‎Taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati:
‎‎yuridik shaxs rahbari /
‎jismoniy shaxs F.I.O. ____________ _______________________________
(imzosi)
‎ m.oʻ ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1012-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-yil, 33-son, 442-modda) 1-ilovasining “XVI. Madaniyat va sport sohasida” boʻlimiga quyidagi tahrirdagi 1762-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1762

Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma

Filmning ommaviy namoyishi

Oʻzbekkino
Milliy agentligi

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-yil 4-son, 8-modda) 1-ilovasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kinovideo-tomosha tashkilotlari — filmlarni ommaviy namoyishi uchun kinotexnologik uskunalar bilan jihozlangan bino yoki uning bir qismiga ega boʻlgan tashkilot”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni ommaviy namoyish qilish Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun beriladigan bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 20-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kinovideo-tomosha tashkilotlaridan muayyan filmni ommaviy namoyish qilish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomani koʻrsatishni talab qilish;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-son Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-martdagi 72-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-yil, 12-son, 130-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3 va 4-ilovalar tegishlicha 2 va 3-ilovalar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1012/2321-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)