Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlarni, hamda avtomobil transportida eksport-import yuklarni uzluksiz tashishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlarning elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonalarini mazkur qaror qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilsin.
3. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
1022-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 4-bandida:
birinchi xatboshisidagi “3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) davlat tilidagi matn 6-bandining beshinchi xatboshidagi “besh foizdan ortiq boʻlganda” soʻzlari “besh foizgacha boʻlganda (besh foiz ham qoʻshilgan holda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali chet el fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslarning tranzit oʻtish qoidalarining 8-bandida:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi chegaralari orqali safar yoʻnalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit oʻtayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshisi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali alohida yuklar va harbiy boʻlinmalar tranzitini davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 5-bandning uchinchi xatboshiga “Mudofaa vaziri” soʻzlaridan keyin “u boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 3-ilovada:
4-bandga “Mudofaa vaziri” soʻzlaridan keyin “u boʻlmagan taqdirda ― Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari qoʻshilsin;
12-banddagi “uch” va “oʻn kun” soʻzlari tegishli ravishda “ikki” va “yetti kun” soʻzlari bilan almashtirilsin:
13-banddagi “oʻn besh” soʻzlari “oʻn” soʻzi bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi xatboshidagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-bandning ikkinchi xatboshidagi “ikki kun” soʻzlari “bir kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab uch oyni tashkil etadi”;
ikkinchi xatboshidagi “oʻn kun” va “uch” soʻzlari tegishli ravishda “yetti kun” va “ikki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “uch kun” soʻzi “ikki kun” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarini amalga oshirishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda zudlik bilan ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi)”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-dekabrdagi 323-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 50-son, 513-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy avtotashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakat qilishi uchun moʻljallangan yoʻnalishlar roʻyxati:
a) quyidagi mazmundagi 53 — 99-son yoʻnalishlar bilan toʻldirilsin:
“53-yoʻnalish — 890 km
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti ― A381 ― A380 avtomobil yoʻllari boʻylab (4K41 ― 4R174 ― 4R191 ― 4R176 ― 4R176v avtomobil yoʻllari boʻylab) ― M37 ― M37a ― A377 ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
54-yoʻnalish ― 1120 km
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti ― A381 ― A380 ― M37 ― M37a ―M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
55-yoʻnalish ― 1170 km
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti ― A381 ― A380 ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
56-yoʻnalish ― 1088 km
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Xoʻjayli avtomobillar oʻtish punkti ― A381 ― A380 ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
57-yoʻnalish ― 690 km
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Xorazm viloyati) ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti, 4R156g ― 4R156 avtoyoʻllari boʻylab, davomida A380 ― M37 ― M37a ― M39 ― A377 avtoyoʻliga chiquvchi 15 km. masofali inspektorlik yoʻli boʻylab ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
58-yoʻnalish ― 1000 km
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Xorazm viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti, 4R156g ― 4R156 avtomobil yoʻllari boʻylab, davomida A380 ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ―M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtoyoʻliga chiquvchi 15 km. masofali inspektorlik yoʻli boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
59-yoʻnalish ― 970 km
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Xorazm viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti, 4R156g ― 4R156 yoʻllari boʻylab, davomida A380 ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtoyoʻliga chiquvchi 15 km. masofali inspektorlik yoʻli boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
60-yoʻnalish ― 888 km
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Xorazm viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti, 4R156g ― 4R156 yoʻllari boʻylab, davomida A380 ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtoyoʻliga chiquvchi 15 km. masofali inspektorlik yoʻli boʻylab — Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
61-yoʻnalish ― 412 km
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti (Buxoro viloyati) ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti ― M37 ― M37a ― M39 ― A377 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
62-yoʻnalish ― 722 km
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti (Buxoro viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
63-yoʻnalish ― 692 km
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti (Buxoro viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab — Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
64-yoʻnalish ― 610 km
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti (Buxoro viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Turkmaniston chegarasi ― Olot avtomobillar oʻtish punkti ― M37 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
65-yoʻnalish ― 420 km
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti ― 4R23n ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A377 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
66-yoʻnalish ― 740 km
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti ― 4R23n ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtoyoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
67-yoʻnalish ― 710 km
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti ― 4R23n ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtoyoʻllar boʻylab — Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
68-yoʻnalish ― 628 km
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Daryo porti avtomobillar oʻtish punkti ― 4R23n ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab — Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
69-yoʻnalish ― 427 km
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39― A377 yoʻllari boʻylab — Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
70-yoʻnalish ― 747 km
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
71-yoʻnalish ― 717 km
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
72-yoʻnalish ― 635 km
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Afgʻoniston chegarasi ― Termiz avtomobillar oʻtish punkti ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
73-yoʻnalish ― 590 km
Tojikiston chegarasi ― Sariosiyo avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Sarosiyo avtomobillar oʻtish punkti ― M41 ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― A377 yoʻllari boʻylab ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
74-yoʻnalish ― 904 km
Tojikiston chegarasi ― Sariosiyo avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Sarosiyo avtomobillar oʻtish punkti ― M41 ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
75-yoʻnalish ― 874 km
Tojikiston chegarasi ― Sariosiyo avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Sarosiyo avtomobillar oʻtish punkti ― M41 ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
76-yoʻnalish ― 792 km
Tojikiston chegarasi ― Sariosiyo avtomobillar oʻtish punkti (Surxondaryo viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Sarosiyo avtomobillar oʻtish punkti ― M41 ― M39a ― M39 ― A378 ― M37a ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
77-yoʻnalish ― 298 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Tojikiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Sariosiyo avtomobillar oʻtish punkti ― A377 ― M39 ― A373 ― 4R20 avto yoʻllari boʻylab ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi.
78-yoʻnalish ― 516 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― A377 ― M39 ― A373 ― 4R20 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti A376 ― 4R44b ― A373b ― A373 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― Qirgʻiziston chegarasi.
79-yoʻnalish ― 676 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Qirgʻiziston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― A377 ― M39 ― A373 avtomobil yoʻllari boʻylab ― (“Qamchiq” dovoni orqali) ― A373b ― 4R126 ― A373 ―Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― Qirgʻiziston chegarasi.
80-yoʻnalish ― 383 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti — A377 ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
81-yoʻnalish ― 352 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― A377 ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ―4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
82-yoʻnalish ― 282 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Yallama avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti — A377 ― M39 ― A373 ― M34 ― M39 ― 4R186 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Yallama avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
83-yoʻnalish ― 267 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― A377 ― M39 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
84-yoʻnalish ― 1290 km
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti (Samarqand viloyati) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Jartepa avtomobillar oʻtish punkti ― A377 ― M39 ― M37a ― M37 ― A380 avtomobil yoʻllari boʻylab (4K41 ― 4R174 ― 4R191 ― 4R176 ― 4R176v avtomobil yoʻllari boʻylab) — Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
85-yoʻnalish ― 225 km
Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti ― 4R20 ― A373― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
86-yoʻnalish ― 194 km
Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti ― 4R20 ― A373 ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
87-yoʻnalish ― 112 km
Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti — 4R20 ― A373 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
88-yoʻnalish ― 468 km
Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― A376 ― 4K894 ― 4K924 ― 4R17e ― A373b ―A373 (“Qamchiq” dovoni orqali) ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab — Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
89-yoʻnalish ― 437 km
Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― A376 ― 4K894 ― 4K924 ― 4r17e ― A373b ― A373 (“Qamchiq” dovoni orqali) ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab — Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
90-yoʻnalish ― 359 km
Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Tojikiston chegarasi ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― A376 ― 4K894 ― 4K924 ― 4R17e ― A373b ― A373 (“Qamchiq” dovoni orqali) ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
91-yoʻnalish ― 378,4 km
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― A373 ― A373b ― 4R44b ― A376 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi — Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― 4R20 ― A373 ― 4R26 ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
92-yoʻnalish ― 347 km
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― A373 ― A373b ― 4R44b ― A376 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― 4R20 ― A373 ― 4R26 ― M34 ― M39 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
93-yoʻnalish ― 346,5 km
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti (Fargʻona viloyati) ― Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― A373 ― A373b ― 4R44b ― A376 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Andarxon avtomobillar oʻtish punkti ― Tojikiston chegarasi ― Oybek avtomobillar oʻtish punkti ― 4R20 ― A373 ― 4R26 ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
94-yoʻnalish ― 520 km
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti — A373 ― 4R126 ― A373b ― A373 (“Qamchiq” dovoni orqali) ― M34 ― M39 ― M39b ― M39 ― 4R8 ― 4K694 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
95-yoʻnalish ― 490 km
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― A373 ― 4R126 ― A373b ― A373 (“Qamchiq” dovoni orqali) ― M34 ― M39 ― M39b ― 4R4 ― 4R4a avtomobil yoʻllari boʻylab ― Zangiota avtomobillar oʻtish ― punkti Qozogʻiston chegarasi.
96-yoʻnalish ― 506 km
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti (Andijon viloyati) ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qirgʻiziston chegarasi ― Doʻstlik avtomobillar oʻtish punkti ― A373 ― 4R126 ― A373b ― A373 (“Qamchiq” dovoni orqali) ― M34 ― 4R29 avtomobil yoʻllari boʻylab ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
97-yoʻnalish ― 1546 km
Qozogʻiston chegarasi ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qozogʻiston chegarasi ― Toshkent avtomobillar oʻtish punkti ― 4K694 ― 4R8 ― M39 ― M39b ― M39 ― M34 ― A373 ― M39 ― M37a ― M37 ― A380 avtomobil yoʻllari boʻylab (4K41 ― 4R174 ― 4R191 ― 4R176 ― 4R176v avtomobil yoʻllari boʻylab) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
98-yoʻnalish ― 1515 km
Qozogʻiston chegarasi ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti (Toshkent viloyati) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qozogʻiston chegarasi ― Zangiota avtomobillar oʻtish punkti ― 4R4a ― 4R4 ― M39b ― M39 ― M34 ― A373 ― M39 ― M37a ― M37 ― A380 avtomobil yoʻllari boʻylab (4K41 ― 4R174 ― 4R191 ― 4R176 ― 4R176v avtomobil yoʻllari boʻylab) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi.
99-yoʻnalish ― 1480 km
Qozogʻiston chegarasi ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti (Sirdaryo viloyati) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) ― Qozogʻiston chegarasi.
Qozogʻiston chegarasi ― Guliston avtomobillar oʻtish punkti ― 4R29 ― M34 ― A373 ― M39 ― M37a ― M37 ― A380 avtomobil yoʻllari boʻylab (4K41 ― 4R174 ― 4R191 ― 4R176 ― 4R176v avtomobil yoʻllari boʻylab) ― Karakalpakiya avtomobillar oʻtish punkti ― Qozogʻiston chegarasi”;
b) quyidagi mazmunda izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositalaridan tovarlarni milliy tashuvchilarning avtotransport vositalariga mazkur qarorda belgilangan yoʻnalishlarga kirmaydigan joylarda joylashgan (transport hujjatlarida koʻrsatilgan) bojxona omborxonalarida bojxona nazorati ostida qayta yuklash operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 09.10.2025-y., 09/25/633/0915-son)