Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini va tadbirkorlik subyektlari tomonidan raqobatbardosh shakar mahsulotlari ishlab chiqarilishini yanada taʼminlash maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-dekabr,
PF-5596-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5596-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “2019” raqami “2020” raqami bilan almashtirilsin.
2. Ilovaning 8-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
8. |
Xushboʻy hid va taʼm beruvchi yoki ranglantiruvchi qoʻshimchalarsiz shakar xomashyosi |
1701 12 — 1701 14 |
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5596/2298-son)