05.12.2018 yildagi 991-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining markaziy qismida koʻp tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning moliya sektorini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda zamonaviy biznes markazi, savdo-koʻngilochar va mehmonxona kompleksini tashkil etish yoʻli bilan Toshkent shahrining turizm salohiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim Anonim Şirketi” kompaniyasi (Turkiya Respublikasi) va “UzTur Investment and Development” MChJ (Oʻzbekiston Respublikasi) (keyingi oʻrinlarda investorlar deb ataladi) tomonidan Toshkent shahrida “Tashkent Central Park” koʻp tarmoqli kompleksi qurish loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investorlar loyihani amalga oshirish doirasida 2019-2022-yillarda oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan loyiha hujjatlariga muvofiq besh yulduzli mehmonxona, savdo-koʻngilochar markaz, tijorat banki uchun maʼmuriy binolar hamda boshqa inshootlar qurish majburiyatini olganliklari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan xorijiy investorlar hukuq va majburiyatlari, investitsiyalar hajmi, yangi tashkil etiladigan ish oʻrinlari, taqdim etiladigan imtiyozlar va preferensiyalar hamda boshqa shartlarni qamrab oluvchi investitsiya shartnomasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiquvchi majburiyatlarning ijro qilinishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “UzTur Investment and Development” MChJga loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi AmirTemur shoh koʻchasi, Shahrisabz va Istiqlol koʻchalari doirasidagi umumiy maydoni 2,5 gektar boʻlgan yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihani amalga oshirish doirasida investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni “fast-track” uslubida, foydalanishga “tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun olib kelinadigan import tovarlarni oʻz omborlarida “bojxona ombori” rejimida joylashtirishga ruxsat berilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihani amalga oshirish doirasida 2022-yil 31-dekabrga qadar:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investorlar va pudrat tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarni toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislarining ish haqi fondi boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan materiallar (shu jumladan mebel va jihozlar), xom ashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati, asboblar-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
(6-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona toʻlovlari toʻlashdan;
(6-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investorlar, pudrat va subpudrat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllanilishining qonuniyligi hamda imtiyozlar qoʻllangan holda import qilingan tovarlardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar ushbu qarorga muvofiq imtiyozlarni qoʻllagan holda belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona imtiyozlarini noqonuniy qoʻllash hamda ushbu qarorga muvofiq berilgan imtiyozlarni qoʻllagan holda belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan tovarlardan maqsaddan tashqari foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qoʻllagan, shu jumladan penyalarni hisoblab yozgan holda toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ hamda “Oʻzbektelekom” AJ bilan birgalikda investorlar mablagʻlari hisobidan loyiha quvvatlariga muvofiq qurilish obyektlariga muhandislik — kommunikatsiya infratuzilmalari (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, ichimlik suv, kanalizatsiya, telefon aloqasi va boshqalar) oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini davlat boji undirmasdan rasmiylashtirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi investorlarning buyurtmanomalariga binoan, xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huqukiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
991-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2018-y., 09/18/991/2278-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 29.12.2021-y., 09/21/783/1213-son)