03.12.2018 yildagi 978-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.12.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikaning turizm salohiyatini rivojlantirish, bu sohaga investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratildi. Shu bilan birga, mamlakat suv omborlarining turizm namoyishi obyekti va rekreatsiya zonalari sifatidagi salohiyati toʻliq ishga solinmagan, ularning hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish, aholi va xorijiy mehmonlarning dam olishlari uchun suv resurslaridan faol foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga arizada koʻrsatilgan, lekin ellik yildan uzoq boʻlmagan muddatga, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekoturizm tashkil etish uchun suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari beriladigan suv omborlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoturizm tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruh tegishli viloyat hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 30-yanvarigacha boʻlgan muddatda suv omborlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini xatlovdan oʻtkazsin va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida avtomobil yoʻllari va yoʻlboʻyi infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2021-yillardagi davlat rivojlanish dasturlariga kiritish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda suv omborlarining holatini tanqidiy oʻrganib chiqsin hamda ularni saqlash va muhofaza qilishga sarflanadigan xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha, shu jumladan, energiyani tejaydigan uskunalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni nazarda tutuvchi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlaridagi qurilish ishlari yuzasidan, ularni atrof-muhitga salbiy taʼsirini bartaraf etish maqsadida qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻz rasmiy veb-saytlarida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirishning tasdiqlangan rejasi chop etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli viloyatlar xokimliklari suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarining joylashuv rejasi tasdiqlangandan soʻng ikki oy muddatda, har bir suv ombori boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida biznesni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiyaviy takliflar va loyihalarning ishlab chiqilishi va tegishli vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida materiallar joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan investitsiyaviy takliflar yakunlariga koʻra suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizmni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, xorijiy investorlarning jalb etilishini, ular bilan tizimli ish olib borilishini, shuningdek, ularning investitsiyaviy buyurtmanomalarining sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida nizomning 11-bandiga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
978-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoturizmni tashkil etish uchun suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari beriladigan suv omborlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman/shahar

Suv omborining nomi

Ekoturizm tashkil etish hududi (ga)

Andijon viloyati

1.

Xonobod shahri

“Andijon”

1,5

Jizzax viloyati

2.

Gʻallaorol tumani

“Qorovultepa”

2,4

3.

Zomin tumani

“Zomin”

0,4

4.

Mirzachoʻl tumani

“Arnasoy”

5

Qashqadaryo viloyati

5.

Shahrisabz tumani

“Xisarak”

3

6.

Gʻuzor tumani

“Pochkamar”

0,5

7.

Yakkabogʻ tumani

“Qizilsuv”

1

Namangan viloyati

8.

Yangiqoʻrgʻon tumani

“Eskiyer”

2

9.

Chust tumani

“Rezaksoy”

3

10.

Chortoq tumani

“Chortoq”

2

Samarqand viloyati

11.

Payariq tumani

“Qorasuv”

7

12.

Urgut tumani

“Qoratepa”

2

13.

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Kattaqoʻrgʻon”

1,5

Surxondaryo viloyati

14.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Janubiy surxon”

0,5

15.

Sariosiyo tumani

“Toʻpalang”

1

16.

Termiz tumani

“Uchqizil”

1

Toshkent viloyati

17.

Oʻrta Chirchiq tumani

“Toshkent”

8

Fargʻona viloyati

18.

Quva tumani

“Karkidon”

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xamrayev Sh.R.

Suv xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari

Davrukov F.U.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

Umarov O.M.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Mirzayev M.M.

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

Kuldashev A.X.

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Nazarmuxamedov D.A.

Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

kelishuv boʻyicha

Mudofaa vazirining oʻrinbosari

Karimov A.A.

Moliya vazirining oʻrinbosari

Xashimov Sh.R.

Qurilish vazirining oʻrinbosari

Bekenov S.X.

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Utayev U.Ch.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Adilov O.Ch.

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Xodjayev U.R.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari

Mustafoyev U.M.

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

lavozimi boʻyicha

tegishli viloyatlar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish

muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Yoʻl transportini va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar

1.

Har bir suv ombori boʻyicha hovuzlarning ekologik xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini, shu jumladan, ularning flora va faunasini saqlab qolishni nazarda tutadigan 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish choralari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 15-dekabr

Ishchi guruh, viloyatlar hokimliklari

2.

Suv omborlari hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish (suv omborlarining qirgʻoqboʻyi chegara va mintaqalarini tozalash va sanitariya ishlarini olib borish).

2019-yil mart-aprel

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari

3.

Elektr taʼminotining qoʻshimcha liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida suv omborlari hududlarining tungi vaqtlarda yoritilishini taʼminlash.

Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qoʻllash orqali elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻrish.

2019-yil mart-aprel

doimiy

tashabbuskorlar va mahalliy budjet mablagʻlari

ijrochilar

mablagʻlari

“Oʻzbekenergo” AJ,
viloyatlar hokimliklari

Suv xoʻjaligi vazirligi,
viloyatlar hokimliklari

4.

Statsionar sanitar uzellarning mavjudlarini taʼmirlash va yangilarini qurish, mobil sanitariya uzellari oʻrnatish.

Qattiq maishiy chiqindilarni vaqtincha yigʻish joylarini va ularni qattik maishiy chiqindilar poligonlariga olib chiqib ketishni tashkillashtirish.

chora-tadbirlar

rejasiga

koʻra

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi viloyatlar hokimliklari

5.

Ekskursiya, turizm avtotransportlari va xususiy avtotransportlar uchun avtoturargohlar tashkil etish.

chora-tadbirlar

rejasi

boʻyicha

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari,
tadbirkorlik subyektlari

II. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida boʻlish xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari va tadbirkorlik faoliyatini yuritish

6.

Suv omborlarining turistlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan turli usullarda foydalaniladigan hududlarini aniqlash (qatʼiy qoʻriqlanadigan, cheklangan, oʻrtacha va intensiv foydalaniladigan zonalar).

2019-yil 1-mart

IIV, FVV, Mudofaa vazirligi,
Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Har bir suv ombori boʻyicha sanitariya-gigiyenik va ekologik meʼyorlar talablariga rioya qilishni nazarda tutadigan turistlarning oʻzini tutish qoidalari (eslatmalar)ni xamda suv ombori ish rejimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

chora-tadbirlar

rejasi

boʻyicha

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam postlarini qurish, plyaj zonalarini tashkil etish.

2019-yil 1-may

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Tadbirkorlik subyektlari, Suv xoʻjaligi vazirligi, FVV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar hokimliklari

III. Turizm imkoniyatlarini oshirish va investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari

9.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejalarini suv toshqinlari zonalarini, xavfli geologik jarayonlar sodir boʻlish ehtimolini, tabiiy va texnogen falokatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash xamda ushbu rejalarni Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish.

2019-yil 1-aprel

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, IIV, FVV, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi

10.

Yoʻlboʻyi va qirgʻoqboʻyi xizmat koʻrsatish obyektlarining arxitektura-qurilish rejalari loyihalarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini yaratish uchun ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari talabalarini jalb qilgan holda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsiya takliflarini ishlab chiqish.

2019-yil mart-aprel

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, “Toshkentboshplan LITI” DUK, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, viloyatlar hokimliklari

11.

Tadbirkorlik subyektlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida turizm infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha materiallar va investitsiya takliflarini vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, viloyatlar hokimliklari

12.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida biznesni tashkil etish uchun taqdim etilgan imkoniyatlar haqidagi axborotni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari

13.

Xorijiy investorlar bilan tizimli ish olib borish hamda ularning investitsiya buyurtmanomalarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari

14.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etishga, shu jumladan, umumiy ovqatlanish, yashash, transport orqali tashish, ekskursiya va boshqa xizmatlar koʻrsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib borishga mahalliy aholini faol jalb qilish.

doimiy

ijrochilar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari

IV. Ekoturizm xizmatlarini va madaniy-sport tadbirlarini tashkil etish chora-tadbirlari

15.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalari olish tartibini tushuntirib beruvchi videorolik — yoʻriqnoma ishlab chiqish.

2019-yil mart

ijrochilar

mablagʻlari

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi

16.

Tegishli xizmat turlari koʻrsatilishini tashkil etish va xavfsizlik choralarini koʻrgan holda, suv omborlarining suv toʻgʻonlari ustida qurish maydonlari tashkil qilish.

2019-2020 yy.

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, FVV, viloyatlar hokimliklari

17.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida respublika (viloyat, tuman) darajasidagi sport tadbirlarini, shu jumladan bolalar va oʻsmirlar musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.

jadval boʻyicha

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

18.

Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun yozgi taʼtil davrida ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish.

2019-yil may-iyun

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

19.

Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida motellar, kempinglar, kulbalar, mexmon uylari tashkil qilish.

2019-yil may-iyun

tashabbuskorlar

mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari

20.

Suv omborlari hududida baliq ovi, shu jumladan sport baliq ovi havaskorlari uchun sharoitlar yaratish.

2019-yil may-iyun

tashabbuskorlar va ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududida yer uchastkalarini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq obyektlarning muayyan turlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalarini foydalanishga berish masalalari koʻzda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali doimiy foydalanishga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinda “YERELEKTRON” AAT deb ataladi) — yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi savdo maydonchasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi davlat unitar korxonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar — tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, favqulodda vaziyatlar viloyat boshqarmalari, tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish viloyat boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari; tegishli hududlar va inshootlaridan rejim asosida foydalanadigan xamda ularni ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion ishtirokchisi — auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma bergan va unda ishtirok etishga ruxsat etilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron auksion (keyingi oʻrinlarda auksion deb ataladi) — “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga berish huquqi realizatsiya qilinadigan auksion.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalarini elektron auksion orqali uzoq muddatga ijaraga berish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkasi materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish “YERELEKTRON” AAT orqali faqat elektron shaklda vakolatli davlat organi taqdimnomasiga koʻra vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar tomonidan yer uchastkasi materillarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining ekologik ekspertizadan oʻtkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasi materiallari boʻyicha xulosa berishi uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi vakolatli davlat organining “YERELEKTRON” AAT orqali berilgan buyurtmanomalari boʻyicha operator tomonidan auksionga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va tegishli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq operator auksionni tashkil etish xizmatlari koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionni tashkil etish shartnomasining namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqi auksionga ushbu Nizomga muvofiq yer uchastkasi materiallarini vakolatli tashkilotlar bilan kelishuvga asosan har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududida ekoturizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etishdan maqsad turizm xizmatlari doirasini kengaytirish, investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirish, respublika suv omborlari doirasida dam olish uchun tegishli infratuzilmani rivojlantirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalarida turizm faoliyati subyektlarining oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, suvenir ishlab chiqarish boʻyicha tegishli tarmoqlarni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida mahalliy ijro etuvchi organlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ilmiy va taʼlim muassasalarining axborot almashuvi va biznesni muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasiga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlari diversifikatsiyasi va turizm mahsulotining yangi turlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik va ijtimoiy-madaniy xususiyatli salbiy oqibatlarni kamaytirish, atrof-muhitning ekologik barqarorligini va atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni rivojlantirish sohasida vakolatli davlat organining asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik subyektlarining qiziqishini oshirish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan va boshqa yordam olishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida taqdim etilayotgan xizmatlar, turizm salohiyatini yuksaltirish xamda ekoturizm jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli davlat organi quyidagilar uchun masʼul:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish va yuritish uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibi va tabiiy muhitni saqlashga yordam berish boʻyicha choralar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida quyidagi turizm xizmati turlari tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekoturlar (ilmiy, sarguzasht va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlar uchun baliq ovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayiqda suzish, suv sayohati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari dambalari ustida koʻrish maydonchalari tashkil kilish va tegishli xizmat turini taqdim qilish va xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemada sayohat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxting;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistan Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) bilan kelishilgan xolda turizm xizmatlarining boshqa turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilishda madaniy-sport tadbirlari, umumiy ovqatlanish xizmatlari, plyajdagi dam olish va boshqa xizmatlar tashkil qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan organlar va tashkilotlar qaroriga binoan suv ombori hududi quyidagi zonalarga boʻlinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi obyektlaridan tashqari qirgʻoqboʻyi chiziqlarda qurilishning har qanday turini olib borish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish va turistlarning u yerda boʻlishi taqiqlangan, qatʼiy muhofaza qilinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik guruhlarda va masʼul shaxslar hamrohida boʻlgan turistlarga ruxsat etilgan foydalanishi cheklangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlarning boʻlishi va tabiiy muhitga mos keladigan tadbirkorlik faoliyati ruxsat etilgan oʻrtamiyona rejim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turist va tadbirkorlik faoliyati faolligi cheklanmagan holda intensiv foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasidan foydalanish rejimi vakolatli davlat organi tomonidan mazkur hududlarda tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirishni istagan tadbirkorlik subyektlariga yetkaziladi, shuningdek, rasmiy veb-saytga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonasi doirasida yer uchastkalarini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil qilish uchun vakolatli davlat organi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda har bir suv ombori boʻyicha turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish rejasini tasdiqlaydi, jumladan, uning tarkibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning sayyohlik salohiyatini va ekoturizmni rivojlantirish uchun mavjud sharoitlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlari infratuzilmalarini rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlik faoliyatining moliyaviy rejasini (mablagʻlar Jalb etish va moliyalashtirish mexanizmlarini) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini yuritish va sayyohlarning tashrif buyurish tartibini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli davlat organiga tadbirkorlik subyektlarining suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida sayyohlik infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha murojaatlarini oʻrganish asosida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi takliflar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uch ish kuni ichida vakolatli davlat organi vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki maʼlumotga xulosa berish uchun va tegishli yer uchastkalari boʻyicha quyidagi mazmundagi hujjatlarni yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga oid qisqacha maʼlumot, jumladan, maydon (gektarda), yer uchastkasiga tegishli yer fondining kategoriyasi, mavjud qiyinchiliklar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, bonitet balli va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi chegara va manzil koʻrsatilgan holda mavjud boʻlmasa — Google xaritada M 1:500dan M 1:1000 gacha kenglikda (aholi punkti, koʻchalar — aholi punktida joylashgan suv ombori, koʻchalar mavjud boʻlmagan holatlarda obyektdan metrda masofa koʻrsatiladi) topografik xaritada yer uchastkasining joylashtirish rejasi (koordinat nuqtalari bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinayotgan yer uchastkalarining foydalanish turlarini koʻrsatgan holda situatsion sxema;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi fotosuratlari (15 x 20 sm) kamida ikki tomondan atrofdagi obyektlar bilan birgalikda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yer uchastkalari maʼlumotlari kelib tushgan kundan uch ish kun ichida vakolatli tashkilotlar kelishuvni amalga oshiradi yoki tegishli xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli tashkilotlarning xulosalari vakolatli tashkilot tomonidan raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan yoki xulosaning nusxasi elektron shaklda vakolatli davlat organiga “YERELEKTRON” AAT orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xulosa ijobiy yoki salbiy tarzda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada shahar qurilishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi va boshqa norma, qoidalarga rioya qilish boʻyicha yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara asosida egalik qiluvchiga talablar bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kelishilgan maʼlumotlar tegishli yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali “YERELEKTRON” AATda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv hech qanday izohsiz va qoʻshimcha shartsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organiga “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotining raqamli elektron imzo bilan tasdiqlangan xati yoki xulosa xatning nusxasi, yer ajratishning imkoniyati mavjud emasligining asosli sabablari qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatib oʻtilgan yer uchastkalari boʻyicha materiallar yuzasidan tegishli qaror yoki xulosa oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, materiallar uchun ijobiy xulosa berildi deb hisoblanadi va ularning qarori ijobiy hisoblanadi. Shuning uchun, yer uchastkalari boʻyicha materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish boʻyicha biriktirilgan masʼullar oʻz vaqtida koʻrib chiqib, xulosa taqdim etmasa, shu vakolatli tashkilotlarning rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yer uchastkasidan uzoq muddatli foydalanish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Barcha vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosasi yoki kelishuvi olingandan soʻng vakolatli davlat organi ikki ish kunida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish materiallari tayyorlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan qarorda quyidagilar koʻrsatib oʻtiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni (gektarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga oluvchining majburiyatlari, shu jumladan, vakolatli tashkilotlar xulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek, ajratilgan yer uchastkasida obyektlar va inshootlar qurish muddatlariga oid talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi boʻyicha mavjud cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshka axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, vakolatli davlat organi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish yuzasidan auksion tashkil kilish toʻgʻrisida operatorga elektron buyurtmanoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma vakolatli davlat organi masʼul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va “YERELEKTRON” AAT yordamida operatorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Buyurtmaga elektron (skaner qilingan) shaklda quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasi toʻgʻrisida qisqa maʼlumot, jumladan, uning maydoni (gektarda), maqsadi, mavjud cheklovlar va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chegaralari koʻrsatilgan xolda yer maydonining joylashtirish rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yer uchastkasiniig kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20 sm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vakolatli tashkilotlarning xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yer uchastkasining tavsifi, shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish tartibi va shartlari koʻrsatilgan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, operator buyurtmanoma kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmanomani vakolatli davlat organiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi ikki kun muddatda operator tomonidan koʻrsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq elektron shakldagi buyurtmanomani takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatli davlat organi buyurtmanoma berish bilan birga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YERELEKTRON” AAT orqali tuman/shahar hokimligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga auksionga ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisida buyurtma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman/shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarni auksionga keng jalb qilish choralarini koʻradi, jumladan vakolatli davlat organidan olgan hujjatlarini va maʼlumotlarini majburiy tarzda veb-saytiga auksionda qatnashishga buyurtmanomalari joylashtiriladigan internet portalini havola qilgan holda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Auksionni tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yer uchastkasiga nisbatan uzoq muddatli ijara huquqi vakolatli davlat organi qarorida (buyurtmanomada) koʻrsatilgan yer uchastkasi ijara toʻlovining minimal stavkasi boʻyicha auksionga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Operator vakolatli davlat organidan belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay oʻz veb-portalida auksionni oʻtkazish haqida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Auksion haqidagi xabar uni oʻtkazishdan kamida 7 kalendar kun oldin operator veb-portalida joylashtirilishi va veb-portalda auksion boshlangungacha turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanoma operator veb-portalida auksion haqida xabar joylashtirilgan va xabar berilgan kundan boshlab avtomatik rejimda qabul qilinadi va auksion oʻtkaziladigan kundan ikki ish kuni oldin (soat 13.00da) yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan qabul muddatlaridan kechikib tushgan buyurtmanomalar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yer uchastkasini berish va yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga olish huquqini realizatsiya qilishdai tushgan mablagʻlarni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar, ishtirokchi besh ish kuni mobaynida auksion obyekti qiymatini toʻliq toʻlasa, u auksion gʻolibi deb topiladi va unga ushbu Nizomning 33-34-bandlarida belgilangan tartibda auksion natijalari haqida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Gʻolib auksion obyekti qiymatini toʻliq toʻlagandan soʻng operator keyingi ish kunidan kechiktirmasdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionni tashkil etish boʻyicha xizmatlar haqini ushlab qolgan holda, obyektni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni vakolatli davlat organining buyurtmanomasida koʻrsatilgan bank hisob raqamiga oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus blankada auksion natijalari haqidagi bayonnomani rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va bir nusxasini auksion gʻolibiga topshiradi (yoki auksion gʻolibining roziligiga koʻra pochta joʻnatmasi bilan yuboradi). Bayonnomaning ikkinchi nusxasi auksion natijalari haqida xabardor qilgan holda, tuman (shahar) hokimligiga belgilangan tartibda yuboriladi, nusxasi operatorda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Auksion natijalari haqidagi bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻtkazilgan auksion sanasi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasini auksionga qoʻyishga asos boʻlgan qaror toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) auksion gʻolibi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) auksion obyekti toʻgʻrisida, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiniig maydoni va joylashgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiniig belgilangan maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida bino va inshootlarni qurish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini uzoq muddatga ijaraga olish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan yuklamalar va boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tumanlar (shaharlar) hokimlari operatordan auksion natijalarini olgan vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida gʻolibga uzoq muddatli yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisida qaror chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarorda yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartlari, shu jumladan auksion gʻolibining yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanish, yer uchastkasida bino va inshootlarni belgilangan muddatlarda barpo etish, vakolatli tashkilotlar tomonidan tuzilgan xulosalarda nazarda tutilgan talablarga rioya etish toʻgʻrisidagi majburiyatlari, shuningdek, ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari albatta koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarorga auksionni oʻtkazish haqidagi xabarnomada avval nazarda tutilmagan talablar va majburiyatlarni kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion gʻolibi yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan majburiyatlarga rioya etmagan holatlarda, ushbu yer uchastkasi qonunchilikda belgilangan tartibda auksion gʻolibining xarajatlarini qoplamasdan olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hamda kelgusi yillar uchun ijarachi tomonidan kiritilgan ijara toʻlovi summasi operator tomonidan vakolatli davlat organining daromadlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish huquqini realizatsiya qilishdan vakolatli davlat organining daromadlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga kelib tushgan pul mablagʻlari hamda ijarachi tomonidan kiritilgan ijara toʻlovi summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — tegishli mahalliy budjet daromadiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — tegishli suv omboridan foydalanish boʻyicha boshqarma hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ijara toʻlovini toʻlashni kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga va tegishli suv omboridan foydalanish boʻyicha boshqarma hisob raqamiga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Kelgusi yillar uchun ijara toʻlovi oxirgi belgilangan ijara toʻlovi miqdori va qolgan ijara muddatidan kelib chiqib tadbirkorlik subyekti tomonidan davriy (choraklik, oylik yoki ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda) toʻlovlar bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar yuz foiz oldindan toʻlov shaklida har bir kelgusi davr (chorak, oy va boshqalar) uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turistik xizmatlarni tashkil etishning mavsumiyligidan kelib chiqib, ijara toʻlovi tadbirkorlik subyektlari — ijarachilar tomonidan uning faoliyat koʻrsatgan davri uchun ijara shartnomasida koʻrsatiladigan ijara toʻlovini toʻlash jadvalini tuzish orqali toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vakolatli davlat organi tomonidan tegishli rejim oʻrnatilgan hudud va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun toʻlov va yigʻimlar oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarining cheklangan hududlariga turistlarning tashrif buyurishi uchun toʻlov va yigʻimlar tegishli rejim oʻrnatilgan hudud va inshootlardan foydalanuvchi organlar va tashkilotlar bilan kelishilgan holda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan auksion gʻolibining majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Suv omborlariga tutash hududlarda ekoturizmni tashkil qilish yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Nizomning qoʻllanilishida kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida ekoturizmni tashkil etish uchun yer uchastkalarini elektron auksion orqali uzoq muddatli ijaraga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish
‎ boʻyicha elektron auksion tashkil etish uchun elektron buyurtmanoma

‎‎20____ yil “______” ______________da Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK oʻrtasida tuzilgan _________-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, 20 yil “_____” ________________dagi qarorga binoan _____________________________quyidagi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron auksionda realizatsiya qilish uchun ushbu buyurtmanomani taqdim etadi:

1. Yer uchastkasining maydoni _____________ga;

2. ‎‎Yer uchastkasi joylashgan joy ______________________________________________________________________;

‎‎3. Maqsadi _______________________________________________________________________________________;

4. Elektron auksion shakli _________________________________________________________________________;‎‎

‎‎5. Yer uchastkasining eng kam ijara toʻlovi miqdori (soʻmda)________________________________________________;

6. Elektron auksion gʻolibining majburiyatlari:

‎‎6.1. Bino va inshootlarni qurish muddati_______________________________________________________________

‎‎6.2. Uzoq muddatli ijaraga olish huquqi egasiga vakolatli tashkilotlarning xulosalariga muvofiq qoʻyiladigan talablar:
‎________________________________________________________________________________________________;

‎‎6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar
________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________;

‎‎7. Yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga olish huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank hisob raqamining rekvizitlari:

‎‎Bank nomi‎

‎‎Bank MFOsi

‎‎‎Bankning hisob raqami

‎‎8. Masʼul shaxsning manzili va aloqa maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar.)

‎‎Buyurtmanoma berilgan sana 20____ yil “_____” _____________________

‎‎Masʼul shaxs _______________________________________(F.I.O., lavozimi)

‎‎ERIsi _________________________

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 978-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida nizomning 11-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11- bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“katta suv omborlari va boshka suv havzalari (sigʻimi 1,1 dan 10 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 200 — 250 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,6 dan 1 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 150 — 200 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik suv omborlari va boshqa suv havzalari (sigʻimi 0,2 dan 0,5 kub kilometrgacha boʻlgan) atrofida — 100 — 150 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
juda kichik suv omborlari va suv havzalari (sigʻimi 0,1 kub kilometrdan kam boʻlgan) atrofida — 50 metrgacha”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/978/2270-son; 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)