30.11.2018 yildagi PQ-4041-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumeʼtirof etilgan xalqaro talab va standartlarga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq qurilish, arxitektura, elektrotexnika va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda oliy maʼlumotli malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Adju universitetining (Koreya Respublikasi) Toshkent shahrida Adju universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va fan uzviyligi va uzluksizligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlim hamda ilmiy hamjamiyatiga integratsiyalash asosida rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorida mavjud muammo va ehtiyojni hisobga olgan holda qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalarida va boshqa talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, oʻqitishning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlar, avvalo, Koreya Respublikasining yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Adju universiteti (Koreya Respublikasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning mutaxassislari va professor-oʻqituvchilari tarkibining, shu jumladan chet elda malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-texnikaviy adabiyotlar bilan toʻldirish, shuningdek, Adju universiteti (Koreya Respublikasi) resurslar bazasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan holda zamonaviy axborot-resurs markazini tashkil etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda oʻqitishning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlarini inobatga olgan holda Adju universitetining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni moliyalashtirish talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriyalari, manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan texnik koʻmak mablagʻlari (grantlar), shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga 2019/2020 oʻquv yili uchun qabulni tashkil etish, shu jumladan bino va inshootlarni oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha taʼmirlash-qurilish ishlari, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va moslashtirish, oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni xarid qilish, oʻqitish boʻyicha zarur axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish, shuningdek, professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 va 2020/2021 oʻquv yillarida oʻqishga qabul qilingan talabalar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ular Universitetni tamomlaguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat oliy taʼlim muassasalarida tegishli taʼlim yoʻnalishlarida oʻqitish qiymati miqdoridan ortiq qismini toʻlab berish koʻrinishida davlat koʻmagi (keyingi oʻrinlarda — davlat koʻmagi) taqdim etiladi, kontrakt yuridik shaxslar — salohiyatli ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi hollari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻmagi taqdim etilgan Universitet bitiruvchilari respublikaning davlat tashkilotlarida kamida uch yil ixtisosligi boʻyicha ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahridagi Adju universiteti Vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha Adju universiteti (Koreya Respublikasi) rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlashga doir grafiklarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavr va magistrlar tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2019/2020 oʻquv yilida va keyingi yillarda Universitetga qabul qilish kvotalarini va oʻqish uchun kontrakt summasini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun xayriya mablagʻlari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, Universitetning ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni, eng avvalo, yetim bolalardan va ota-ona vasiyligisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash, iqtidorli talabalarni oʻqitish uchun stipendiyalar ajratish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning yashash joylarida boʻsh vaqtlarini foydali tashkil etish, shuningdek, talabalarning dam olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus stipendiyalar berish orqali Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) va sohaga ixtisoslashgan xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim muassasalariga stajirovka oʻtashga yuborish uchun eng istiqbolli talabalarni tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vasiylik kengashi Adju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet Ustavini tasdiqlasin, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar Universitetni Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasalarida foydalaniladigan zarur oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adju universitetining (Koreya Respublikasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda 2019/2020 oʻquv yilida bakalavriatning “Arxitektura”, “Elektrotexnika” va “Qurilish injiniringi” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining (Koreya Respublikasi) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Iqtisodiyot va biznes oliy maktabini ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Universitetga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Adju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishgan holda bakalavriat va magistraturaning yangi istiqbolli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini, shu jumladan Adju universiteti (Koreya Respublikasi) standartlari asosida koʻp tarmoqli klinika, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va diagnostika markaziga ega tibbiyot fakultetini belgilangan tartibda ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga oʻqituvchilik qilish va ilmiy ish olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professorlar va oʻqituvchilarning yashashi hamda transport xarajatlariga tuziladigan shartnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda Toshkent shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlaridan birining bino va inshootlarini Universitetga bepul foydalanish uchun berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Universitet 2021-yil 1-dekabrga qadar muddatga Universitetni jihozlash va faoliyatini taʼminlash, shuningdek, uning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, kompyuter va orgtexnikalar, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmanomalariga binoan Universitetning xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Abduhakimov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4041-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4041-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Adju universitetining Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

Jey Ik Lim

Adju universiteti (Koreya Respublikasi) vitse-prezidenti (kelishilgan holda) Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

Djung-xun Cho

Adju universiteti (Koreya Respublikasi) Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi professori (kelishilgan holda)

A.X. Toʻxtayev

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

A.K. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

A.Ya. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

U.M. Mustafoyev

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

M.R. Yunusov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

lavozimi boʻyicha

Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 07/18/4041/2247-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)