1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, shu jumladan havo kemalari parkini yangilash, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlash, aeroportlar infratuzilmasini, havo harakatini boshqarish va malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha izchil choralar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizning fuqaro aviatsiyasida uning jahon aviatashishlar bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash va ushbu tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun tarkibiy islohotlarni yanada amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, oʻzida davlat tomonidan tartibga solish hamda tijorat faoliyatiga oid funksiyalarni mujassamlashtirgan boshqaruvning eskirgan va shaffof boʻlmagan tizimi tarmoq korxonalarida menejmentning zamonaviy tizimini joriy etish, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini taʼminlash imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatashishlarining, shu jumladan erdagi infratuzilmadan foydalanishning haddan ziyod monopollashuvi ushbu sohada xizmatlar koʻrsatishning jahon darajasidan ancha ortda qolib ketishiga, shuningdek mamlakatdagi ayrim aeroportlarning norentabelligiga sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqaruvning zamonaviy shakllari va usullarini jadal joriy etish, tarmoqdagi korxonalarni jahon tendensiyalari va standartlariga muvofiq tarkibiy oʻzgartirish, aviatashishlar bozorida raqobatni rivojlantirish va tarmoqqa investitsiyalarni faol jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK deb yuritiladi) quyidagi usullarda qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, shuningdek, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi” davlat unitar korxonalari negizida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Airways” AJ deb yuritiladi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalarini masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga 1-ilovaga muvofiq aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Airports” AJ deb yuritiladi) unga 2-ilovaga muvofiq xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushini oʻtkazish yoʻli bilan tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK negizida “Uzbekistan Nelicopters” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzaeronavigatsiya” markazi” davlat korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Oʻzaeronavigatsiya” DK deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyoriga oʻtkazish.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Uzbekistan Airways” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari parkidan, shu jumladan parvozlarning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirish va geografiyasini kengaytirish yoʻli bilan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizim va texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviaparkni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari bortida yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan servis xizmatlari, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarning aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniyaning raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida yoʻlovchilar, yuk, pochta va bagaj tashish sohasida qulay tarif siyosatini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini, shu jumladan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi xavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish sifatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviakompaniyani xalqaro aviatashuvchilar hamjamiyatiga integratsiya qilish, aviatashishlar sohasida mintaqaviy yetakchi darajasiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Uzbekistan Airports” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik va yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish mexanizmlaridan foydalangan holda jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarda aviatashuvchilar yoʻlovchilariga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar tegishli xizmatlarining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, yoʻlovchilar, yuk, pochta va bagajga xizmat koʻrsatish jarayonini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aerodromlarni parvozlarga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash, parvozlarning muntazamligi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, aerodromlarni taʼminlash va ularni taʼmirlashning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalariga yoqilgʻi quyish va xizmat koʻrsatish uchun foydalaniladigan yoqilgʻi va boshqa yoqilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, ularning sifatini qatʼiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
logistika sohasida xizmatlarni sifatli koʻrsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yoʻlovchilarga bank va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy obyektlar tarmogʻini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Uzbekistan Airways” AJ Jahon banki guruhi va boshqa xalqaro maslahatchilarni jalb qilgan holda aviakompaniyaning rentabelligini taʼminlovchi aktivlarning maqbul tuzilmasini hisobga olgan holda oʻz faoliyatining barqaror biznes-modeli ishlab chiqilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways” AJ shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi” davlat unitar korxonalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar boʻyicha tegishli ravishda qayta tuzilayotgan davlat korxonalarining huquqiy vorislari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzaeronavigatsiya” DK shartnomalar, huquqlar va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning aeronavigatsiya qismi doirasida huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airways” AJ ustav kapitali qayta tuzilayotgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasi, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatextaʼminot” moddiy-texnik taʼminot majmuasi” davlat unitar korxonalarining mol-mulkini qoldiq qiymati, shuningdek, tashkil etilayotgan “Uzbekistan Nelicopters”, “Uzbekistan Air technics”, “Oʻquv-mashgʻulot markazi” va “Ketring” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining davlat ulushini nominal qiymat boʻyicha oʻtkazish hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Airports” AJ ustav kapitali mazkur Farmonning 2-ilovasida koʻrsatilgan korxonalarning ustav kapitalidagi nominal qiymat boʻyicha oʻtkazib beriladigan davlat ulushlari hisobiga shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va qayta tashkil etilayotgan davlat unitar korxonalarining qonun hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan mol-mulki qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalarga tasarruf etish huquqisiz bepul foydalanish uchun oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat tarkibda aviatsiya tarmogʻini isloh qilish masalalari boʻyicha shoʻba tuzilsin, uning zimmasiga quyidagilarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish vazifalari yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy tashuvchilarning havo qatnovlari milliy bozoriga kirish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar infratuzilmasini va aeronavigatsiyaviy xizmat koʻrsatishni rivojlantirish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni talab qiluvchi subsidiyalanadigan aviayoʻnalishlarni tanlash siyosati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar xizmatlarini koʻrsatishda xususiy sektor ishtiroki va raqobat muhitini taʼminlashga doir mexanizmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarning aviatsiya va noaviatsiya xizmatlari narxlarini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro aviatsiyasi sohasida isteʼmolchilar va atrof-muhitni himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aviatsiya tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni tuzish va ularning shartlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va amaliy koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya (A.N. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki hafta muddatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan davlat korxonalarini qayta tashkil etish boʻyicha tadbirlar rejasini unda har bir tadbir oʻtkaziladigan aniq muddatlar va masʼul shaxslarni koʻrsatgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 15-yanvarga qadar transport tarmogʻini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solishga oid barcha kompleks masalalar uchun masʼul Transport vazirligini tashkil etish yuzasidan taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-mayga qadar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalar ustav kapitali (fondi)ga oʻtkaziladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan hamda qayta tashkil etilayotgan va yangi tashkil etilayotgan korxonalarga tasarruf etish huquqisiz bepul foydalanish uchun oʻtkaziladigan mol-mulki roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2019-yil 1-iyunga qadar aviatashishlar bozoridagi qoʻshimcha kompaniyalar, shuningdek, kam budjetli aviakompaniyalar (loukosterlar) va tijorat aviatsiyasi xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, ushbu Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning soʻzsiz bajarilishini muvofiqlashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — aviatashishlar bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini boshqarishning yangi tarmoq siyosatini ishlab chiqish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga — potensial investorlarni izlash va aviatsiya transporti sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — aviatsiya transporti sohasidagi loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish mexanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan birgalikda Ishchi komissiya tomonidan mazkur Farmonning 6-bandida koʻrsatilgan roʻyxatlar tasdiqlanganidan keyin olti oy muddatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalar qayta tashkil etilishini oxiriga yetkazishni, shuningdek, ularning ustav kapitallari shakllantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki guruhi oʻrtasida Aviatsiya transportini isloh qilish va mazkur sohaga investitsiyalarni jalb qilishga doir uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga koʻmaklashish toʻgʻrisida bitim tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-mayga qadar Jahon banki guruhi tomonidan oʻtkazilgan ishlar yakunlari boʻyicha 2019 — 2030-yillarda aviatsiya transporti sohasini isloh qilish va aeroportlarni rivojlantirishga xususiy, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini keng jalb qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ Jahon banki guruhini jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-aprelga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalar amalga oshiriladigan aeroport yoki aeroportlar guruhi aniqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvarga qadar tanlangan aeroport yoki aeroportlar guruhida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun tanlovlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davavianazorat):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aerodrom atrofidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishga oid vakolatlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ishchi komissiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq, “Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi” DUK tomonidan foydalanilayotgan AN-2 havo kemalarini va tegishli aviatsiya mol-mulkini qoldiq qiymati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzaeronavigatsiya” davlat korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun xorijiy aviakompaniyalarning kechiktirilgan debitor qarzdorligini aeronavigatsiya xizmatlari koʻrsatilganligi tasdiqlangan vaqtdan boshlab 12 oy davomida undirish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlari soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonga muvofiq tuziladigan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik jamiyatlari) ijro etuvchi organlarining aʼzolari yetakchi aviakompaniyalarda yetarlicha ish tajribasiga hamda korporativ boshqaruv, menejment va moliya sohasida zarur malakaga ega boʻlgan mutaxassislar, shu jumladan chet el fuqarolari orasidan tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonga muvofiq tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi aksiyalari davlat paketi boʻyicha aksiyadorning huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonga muvofiq oʻtkaziladigan va qabul qilinadigan mol-mulkning qiymati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqishda soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yildan boshlab xoʻjalik jamiyatlarining moliyaviy hisoboti xalqaro standartlar asosida shakllantiriladi, yetakchi xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda yillik mustaqil tashqi auditdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davavianazorat, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq pulli xizmatlar koʻrsatishdan, shu jumladan aerodrom atrofidagi parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablagʻlar summasining 100 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya xavfsizligi uchun undiriladigan yigʻimlar summasining 3 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarmaning mablagʻlaridan faqat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini moddiy-texnik taʼminlash, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya qilish, oʻqitish va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-mayga qadar xorijiy kreditlar (qarzlar) boʻyicha “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK direksiyasining toʻlov majburiyatlari yuzasidan avval taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-iyunga qadar aeroportlarni rivojlantirish va havo transporti qatnovini boshqarish uchun avval jalb qilingan kreditlarni “Uzbekistan Airports” AJ va “Oʻzaeronavigatsiya” DKga qayta rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-mayga qadar chegirmalarning qulay tizimini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga aeronavigatsiya va aeroport xizmatlarini koʻrsatish uchun yagona stavkalar hamda yigʻimlarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-martga qadar rentabelligi past boʻlgan ichki yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar uchun zararlarni kompensatsiya qilishni moliyalashtirishning barqaror mexanizmini shakllantirishga oid takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davavinazorat Adliya vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtqi boʻlimlarda taʼlim olgan fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarining maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy, shu jumladan ishlab chiqaruvchilar sertifikatlarini tan olishni nazarda tutuvchi tajribadan kelib chiqib, havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash uchun olib kiriladigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, detallarni sertifikatlashtirish tartibini soddalashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi tizimi (IATA Clearing Nouse) va oʻzaro hisob-kitoblarning boshqa xalqaro tizimlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzaeronavigatsiya” davlat korxonasiga Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini taʼminlash tashkiloti (EUROCONTROL) orqali xorijiy aviakompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan tranzit foydalanishda koʻrsatilgan aeronavigatsiya xizmatlari uchun oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va uning tarkibiga kiradigan korxonalarga taqdim qilingan imtiyoz va preferensiyalar mazkur Farmonga muvofiq tashkil etilayotgan xoʻjalik jamiyatlariga tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samolyotlar (TIF TN boʻyicha kodi: 8802, 8803 va 8805), shu jumladan olib kirilgan vaqtga qadar ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan samolyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchungina foydalaniladigan servis inventari va jahon brendidagi alkogol ichimliklari uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlardan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan va tuzilayotgan korxonalarning avtotransport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan va tuzilayotgan korxonalarning koʻchmas mulkiga oid kadastr hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan korxonalarning taʼsis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yigʻimlar va bojlarni undirmasdan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemalari ekspluatantlariga bir martalik parvozlar uchun ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining xodimlarini uch baravar tarif koeffitsiyentini joriy etishni nazarda tutuvchi moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruv va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi mustaqil, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ ijro etuvchi organlari tashkiliy tuzilmalari, shuningdek, kuzatuv kengashlari tarkiblarining tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga fuqaro aviatsiyasi sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni koʻrib chiqish funksiyalarini davlat organlariga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davavianazorat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5584-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladigan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK davlat unitar korxonalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
“Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi” DUK
2.
“Ketring” DUK
3.
“Oʻquv-mashq markazi” DUK
4.
“Andijon” xalqaro aeroporti” DUK
5.
“Buxoro” xalqaro aeroporti” DUK
6.
“Qarshi” xalqaro aeroporti” DUK
7.
“Navoiy” xalqaro aeroporti” DUK
8.
“Namangan” xalqaro aeroporti” DUK
9.
“Nukus” xalqaro aeroporti” DUK
10.
“Samarqand” xalqaro aeroporti” DUK
11.
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” DUK
12.
“Termiz” xalqaro aeroporti” DUK
13.
“Urganch” xalqaro aeroporti” DUK
14.
“Fargʻona” xalqaro aeroporti” DUK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatiga oʻtkaziladigan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
“Andijon” xalqaro aeroporti” MChJ
2.
“Buxoro” xalqaro aeroporti” MChJ
3.
“Qarshi” xalqaro aeroporti” MChJ
4.
“Navoiy” xalqaro aeroporti” MChJ
5.
“Nukus” xalqaro aeroporti” MChJ
6.
“Namangan” xalqaro aeroporti” MChJ
7.
“Samarqand” xalqaro aeroporti” MChJ
8.
“Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” MChJ
9.
“Termiz” xalqaro aeroporti” MChJ
10.
“Urganch” xalqaro aeroporti” MChJ
11.
“Fargʻona” xalqaro aeroporti” MChJ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoniga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKni qayta tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Aripov A.N.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi komissiya raisi
2.
Ramatov A.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari
3.
Qoʻchqorov J.A.
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri
4.
Xolmurodov S.R.
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
5.
Abduhakimov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari
6.
Raxmatov F.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi
7.
Maqsudov D.S.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masʼul xodimi
8.
Davletov R.K.
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
9.
Igamov D.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari
10.
Abdullayev A.X.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
11.
Sharipov N.Sh.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
12.
Burxanov A.J.
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri oʻrinbosari
13.
Mahkamov I.R.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
14.
Musayev B.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
15.
Akkulov A.U.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi
16.
Mamadjanov Sh.T.
—
Toshkent aviatsiya transport prokurori
17.
Uljayev T.E.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi
18.
Xakimov B.I.
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori vazifasini bajaruvchi
19.
Obidov A.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.