14.11.2018 yildagi PF-5577-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini oʻrganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar borligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat maʼmuriy-boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud koʻrsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qoʻllashga toʻsqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmogʻi kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 1-dekabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha qurilish obyektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish majburiydir, qurilishi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari subyektlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari oʻrtasida konsorsium tashkil etish hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali “fast-track” usuli (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziyalar) tan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun yer uchastkalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri ajratilishi hamda qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga (bosh reja mavjud boʻlmaganda) bogʻlamasdan amalga oshirilishi uchun tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilmasligi yoki notoʻgʻri ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish faqat tanlov asosida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqishda, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish natijalari asosida Qurilish vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi;
(1-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilish standartlari, texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni taʼminlash “Oʻzstandart” agentligiga yuklanadi;
(1-band “b” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-martdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakaga ega boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy boʻlgan qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlash Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash faoliyatini amalga oshirishga shtatida tegishli sertifikatga ega va doimiy asosda ishlaydigan kamida ikki nafar muhandis mavjud boʻlgan yoxud Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki sertifikatga ega ekspert jalb qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan obyektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2020-yil 1-yanvardan boshlab uy-joy qurilishi obyektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya-tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi, shuningdek, ular foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak, BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya-samarador va ekologik loyihalashtirish boʻyicha qoʻllanma) xalqaro standartlari boʻyicha sertifikatga ega obyektlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ bazasini isloh qilish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorgarlik davri (2019 — 2021-yillar) — Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda amaldagi milliy qurilish normalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtish davri (2022 — 2026-yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni oʻzlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davr (2027-2028-yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish normalari hamda qoidalarini qoʻllash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda jadval boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun zarur ajratmalarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda jadvalning ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatovga — qurilish sohasiga zamonaviy bozor mexanizmlari va xalqaro standartlarni, ilgʻor texnologiyalar va nou-xauni joriy etish, shuningdek, tarmoqdagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning innovatsion metodologik dasturlarini ishlab chiqish uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariga — milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish uchun xalqaro moliya institutlari, hukumat va nohukumat tashkilotlar mablagʻlarini jalb qilish, shuningdek, xorijiy normativ-texnik standartlarni moslashtirish uchun.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Toʻxtayevga — 2021-yilning oxirigacha Jahon bankining “Biznes yuritish” guruhi hisobotida “qurilish uchun ruxsatnomalar olish” koʻrsatkichi boʻyicha respublika koʻrsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borgan holda respublikani jahonning eng ilgʻor 50 mamlakatlari qatoriga kirishiga erishishni qurilish sohasi faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlaridan biri etib belgilab, ushbu tarmoqning normativ-huquqiy bazasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish va yangilash uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarori 9-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazlarini va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida investorlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Business city” markazlarini va “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazini “fast-track” usuli (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilinadigan, shu jumladan, xorijiy pudratchilarga tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2018-yil 20-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni qabul qilish va moslashtirish uchun vakolatli xorijiy organlar va tashkilotlarning rasmiy ruxsatini olishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi va Oʻzbekiston arxitektorlar ittifoqi bilan birgalikda loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish dasturini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish uchun tanlov oʻtkazish reglamentini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ bilan birgalikda “Oʻzqurilishmateriallari” AJ faoliyatini hamda qurilish materiallari va buyumlari sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2019-yil 1-martga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mamlakat hududiga ilk marotaba olib kirilayotgan qurilish uskunasi, texnikasi, materiallari va buyumlarini sertifikatsiya qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining idoraviy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash institutlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish mexanizmlari va loyihaviy hujjatlarni ishlab chiqish muddatlarini belgilashni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarini moliyalashtirish tartibini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning har bir hududida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi amaldagi milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar va donorlarning mablagʻlarini jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga koʻmaklashsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari (buyurtmachi, loyihalovchi, pudratchi) uchun BIM texnologiyalarini qoʻllashga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi bilan birgalikda qurilish obyektlarini loyihalash, qurish, foydalanish va taʼmirlash sohasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini sertifikatlanganligi, akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi va litsenziyalanganligini qayta koʻrib chiqsin, quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihalash va qurilish sohasidagi faoliyatni akkreditatsiyadan oʻtkazish, sertifikatlash va litsenziyalash tartibini tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-martdan boshlab loyihalash va qurilish sohasidagi faoliyatni sertifikatlash vakolatlarini Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasiga, qurilish sohasidagi akkreditatsiya vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markaziga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasining loyihalash va qurilish sohasidagi sertifikatlash uchun masʼul xodimlarining malakasiga va tajribasiga talablar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq, batafsil litsenziya talablari va shartlarini, shuningdek, litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishning samarali mexanizmini koʻrsatgan holda litsenziya bitimini imzolashni bekor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilish sohasini nazorat qiluvchi inspeksiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish, shu jumladan, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularning xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish obyektlari konstruksiyalari va funksiyalari xavf-xatar toifalari boʻyicha obyektlarni tasniflash yuzasidan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari boʻyicha obyektlarning murakkablik toifalari Klassifikatorini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkazuvchi, qurilishning olib borilishi ustidan texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi, qurilayotgan obyektlarni tekshiruvchi shaxslarning malakasiga va ularni sertifikatlashga talablar qoʻyish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida uy-joy qurilish obyektlarini energiya nuqtai nazaridan samarador va energiya tejovchi uskunalar bilan jihozlashga majburiy talablar oʻrnatilishini nazarda tutuvchi tartibni 2019-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-aprelga qadar loyihalash va qurilish sohasidagi kadrlarning, shu jumladan, professor va oʻqituvchilarning xorijiy mamlakatlarda albatta amaliyot oʻtkazishini tashkil etgan holda uzluksiz, shu jumladan, masofaviy kasbga oʻqitish va malakasini oshirish uchun oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini ushbu Farmon talablariga muvofiq koʻrib chiqish yuzasidan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin, kodeksning oʻzida uni toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish mexanizmlarini, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy prinsiplari, funksiyalari va organlari, normativ-texnik hujjatlarni joriy etish va ularning kataloglarini yuritish, qurilish sohasidagi akkreditatsiya tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh rejalarni, batafsil joylashuv loyihalarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish uchun talabnomalarni kelishish, pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilish obyektlarining qurilish inspeksiyasini amalga oshirish va foydalanishga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va qurilish sohasida ishlaydigan arxitektorlar va muhandislar malakasiga talablar qoʻygan va ularning javobgarlik, shu jumladan, moddiy javobgarlik darajasini belgilagan holda qurilish tarmogʻini professional jihatdan tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtish davri qoidalari, shu jumladan, qurilish nazorati sifatini, konstruktiv xavfsizlikni, javobgarlik tartibga solinishini va sugʻurtani taʼminlaydigan, qurilish faoliyati subyektlarining raqobat muhiti rivojlanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5577-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2018-y., 06/18/5577/2187-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)