Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish toʻgʻrisida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yigʻilishida 2018-yil 1-iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul markaziy vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi oʻziga taalluqli qismi boʻyicha masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida va uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar haqida tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-noyabr,
PQ-4016-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2018-y., 07/18/4016/2185-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)