Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining sanoat salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
elektr energetikasi, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish, konchilik ishi, konchilik elektr mexanikasi, mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, kimyoviy texnologiya yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filialida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Navoiy davlat konchilik instituti rektoriga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan shtatdagi xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Filial tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Filial Navoiy davlat konchilik institutining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida zarur shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2019/2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalarini ishlab chiqishda Filialga 50 nafar talaba qabul qilinishini nazarda tutsin.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki hafta muddatda:
Filialning ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Filialning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
Filial uchun moslashtirilgan oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Filialda oʻquv-metodik jarayonni samarali tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
7. Filial Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston koʻchasi 24-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi zarurat boʻlganda Filialning toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun uni qoʻshimcha bino va inshootlar, yer maydonlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Filialga xizmat safariga yuborilgan pedagoglar va ularning oila aʼzolarini pedagoglar Filialda ishlagan davrda turar joy bilan taʼminlash, ularning farzandlarini maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga joylashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Quyidagilar Filialning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan parametrlarini shakllantirishda Filialni saqlash xarajatlari uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta shaxsiy va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan 2020-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, oʻquv-laboratoriya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash boʻyicha loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Filialda axborot va multimedia uskunalari qoʻllanilgan, shu jumladan, masofadan oʻqitishni nazarda tutgan holda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish boʻyicha aniq tadbirlar rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.S. Sultonov, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q.S. Sanaqulov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-noyabr,
925-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 925-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialining
TUZILMASI
Izoh: Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi 925-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Navoiy davlat konchilik institutining Nukus filialida bakalavrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari
ROʻYXATI
|
T/r |
Yoʻnalish shifri |
Taʼlim yoʻnalishi |
|
2019/2020 oʻquv yili uchun | ||
|
1. |
5311600 |
Konchilik ishi (faoliyat turlari boʻyicha) |
|
2. |
5320400 |
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha) |
|
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab* | ||
|
3. |
5320200 |
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish |
|
4. |
5311000 |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boʻyicha) |
|
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab* | ||
|
5. |
5312200 |
Konchilik elektr mexanikasi |
|
6. |
5321100 |
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yoʻnalishlar boʻyicha) |
* 2020/2021 va 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab qoʻshimcha ravishda tegishli taʼlim yoʻnalishlari nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.