Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Qarori
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1525-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 28-yanvardagi 01-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2026-yil 26-yanvardagi 01-13-282-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1525-3, 30.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2005-yil 30-sentabrdagi 01-1/54, 1-son qarori (roʻyxat raqami 1525, 2005-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
49-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-oktabr,
323-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018-yil 22-oktabrdagi 49, 323-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarish vositalariga va xalq isteʼmoli mollariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 9-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “nusxalari taqdim etiladi.” degan soʻzlar “nusxalari;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“aynan bir xil mahsulot bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan hollarda ushbu tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) nusxasi taqdim etiladi.”.
2. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa — 3 yil muddatga, chetdan olib kelinayotgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
Bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida chetdan olib kelinayotgan aynan bir xil mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa — bir kalendar yilidan oshmagan muddatga beriladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari N. SHARIPOV
2018-yil 18-oktabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2018-yil 18-oktabr
Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi B. NORKOBILOV
2018-yil 19-oktabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi I. ERGASHEV
2018-yil 19-oktabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/1525-2/2171-son)