07.11.2018 yildagi 921-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni faol jalb uchun etish shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni va texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini taʼminlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida koʻp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish va uning hududida mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga tegishli boʻlgan, Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Koʻkcha darvoza koʻchasi, 27-uy manzilidagi boʻsh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar boʻlgan qismini “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi — “PSBCapital” MCHJga koʻp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga va “PSBCapital” MCHJga, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-sentabrgacha koʻp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida obyektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida loyihalash va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB “PSBCapital” MCHJ bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda tashkil etilayotgan koʻp tarmoqli “Oqlon” texnologiya parki hududida sifatli, raqobatbardoshli, importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun loyihalar tashabbuskorlari jalb etilishini va bankning hamda loyihalar tashabbuskorlarining investitsiyalari kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
921-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 09/18/921/2170-son)