06.11.2018 yildagi PQ-4004-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni hamda referendumni ochiq, shaffof va mustaqillik prinsiplari asosida oʻtkazishda xalq hokimiyati va siyosiy plyuralizmning huquqiy asoslarini mustahkamlash va saylov tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov tizimi nafaqat davlat hokimiyati organlarini demokratik shakllantirish tizimining elementi, balki fuqarolik jamiyatining davlat boshqaruvida ishtirok etish darajasi koʻrsatkichiga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, davlat organlarini shakllantirish jarayonini yanada demokratlashtirish siyosati saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha toʻplangan tajriba, zamonaviy xalqaro saylov standartlarini va saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni hisobga olgan holda saylov tizimining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda, zamonaviy shart-sharoitlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy saylov komissiyasi) axborot-tahliliy, uslubiy va maslahat ishlarini tashkillashtirishga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etishga, saylov komissiyalari aʼzolarining professional mahoratini yuksaltirishga talablar oshib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan — saylov va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish, shuningdek, fuqarolar konstitutsiyaviy saylov huquqlarini amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda, saylov tizimi va qonunchiligini bosqichma-bosqich liberallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan — saylov komissiyalarining faoliyati samaradorligini oshirish, Markaziy saylov komissiyasining saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish jarayonida, tashkiliy, axborot-tahliliy, uslubiy, maslahat funksiyalarini kuchaytirish, uning maqomini mustahkamlash hamda optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan — saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, saylovlarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish, saylov jarayonida axborot xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan — saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish va oʻqitish tizimini joriy etish, saylovchilar hamda saylov jarayoni boshqa subyektlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan — saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan — saylov komissiyalari faoliyatining moddiy-texnik taʼminotini yanada yaxshilash, munosib sharoit yaratish, saylov komissiyalari aʼzolari va xodimlari samarali faoliyat yuritishlari uchun ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan — saylov qonunchiligi meʼyorlarini unifikatsiyalash va takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda demokratik tamoyillarga hamda xalqaro standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda saylov jarayoniga “bitta saylovchi — bitta ovoz” tamoyilini amalga oshirishni taʼminlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatini joriy etish boʻyicha ish olib borilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy saylov komissiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini 1-ilovaga muvofiq qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi 7 nafar aʼzosi shu jumladan, rais, rais oʻrinbosari va kotibi ishini tashkil etish, shuningdek, 26 nafar masʼul xodimdan iborat Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati shtat birligini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markaziy saylov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Oʻquv markazining vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov komissiyasi aʼzolarini tizimli oʻqitish, malakasini oshirish, ularning saylov qonunchiligi sohasida mukammal bilimlarini, saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda professional koʻnikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish amaliyoti, shuningdek, milliy saylov qonunchiligining umumeʼtirof etilgan xalqaro prinsiplari va standartlariga muvofiqligini tizimli ravishda monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov tizimining muammolarini chuqur oʻrganishni taʼminlash, ushbu sohadagi dolzarb muammolar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov jarayonini tashkil etish boʻyicha ilmiy-amaliy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish, saylovchilarni saylovda ovoz berish tartibi, saylov kampaniyasi jarayonlari bilan tanishtirish boʻyicha zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv-uslubiy materiallarni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019-yil 1-yanvardan Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va Kotibiyat xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha ish haqi razryadlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalarida doimiy asosda ishlovchi kotiblarga Yagona tarif setkasi boʻyicha 12-chi ish haqi razryadi tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan Markaziy saylov komissiyasida doimiy asosda ishlovchi komissiya aʼzolari va Kotibiyat xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya idora va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvon-martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari va koʻp yillik xizmatlari uchun ustama va qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish beruvchilarga saylovlarni va referendumni oʻtkazish davrida jamoatchilik asosida ishlab kelayotgan tuman va shaharlar saylov komissiyalari raisi, uning oʻrinbosari yoki kotiblariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar saylov komissiyalarining tavsiyalariga koʻra, oylik maoshiga asosiy ish joyi moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan 50 foiz miqdorida ustama belgilash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari daxlsizlik maqomi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Markaziy saylov komissiyasini majlislar oʻtkazish, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiyalar va kuzatuvchilarni qabul qiladigan zallar, shuningdek, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan xonalardan iborat alohida binoga joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolariga xizmat uylari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari saylov komissiyalari va referendumni oʻtkazish boʻyicha komissiyalarga saylov va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish, qoʻyilgan vazifalarni bajarishlari uchun axborot, hujjatlar, bino va inshootlar, zarur moddiy-texnika vositalarini oʻz vaqtida taqdim etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning moliyaviy mustaqilligini va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda transport vositalari bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining majburiy joʻnatmalari roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 9-sentabrdagi 387-son qarorining 2 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4004-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qonunchiligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish

muddati

Masʼul ijrochilar

I. Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik vakillari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, saylov huquqi sohasidagi olim va mutaxassislar, xorijiy ekspertlar ishtirokida keng muhokamadan oʻtkazish, shuningdek, loyihani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirish.

2018-yil

15-noyabrgacha

Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), siyosiy partiyalar, QR MSK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OAV

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasining muhokamasi jarayonida uning matni boʻyicha kelib tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtirish hamda Kodeks matnini takomillashtirish.

2018-yil

1-dekabrgacha

Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MSK (M. Abdusalomov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini qabul qilish.

2018-yil

noyabr-dekabr

Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov)

4.

Markaziy saylov komissiyasining normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish.

2019-yil

yanvar-fevral

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksini oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida zarur miqdorda chop etish.

2019-yil

1-martgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (J. Kuchkarov)

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida Markaziy saylov komissiyasining qoidalarini, shu jumladan, saylovlarni moliyalashtirishning aniq tartibi, saylov komissiyalari faoliyatining xavfsizligini taʼminlash va boshqa jihatlarini ochib beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-martgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

II. Saylov komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirish

7.

Saylov komissiyalari vakillarini saylov qonunchiligiga muvofiq saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari bilan ishlash, shuningdek, SYAER tizimidan foydalanish tartiblari boʻyicha oʻqitishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishlari uchun imkon qadar qulay sharoitlar yaratish maqsadida saylov komissiyalari joylashtiriladigan bino va inshootlarning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazini saylov komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2019-yil

1-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishda jamiyat hayotining turli soha vakillari, ayollar, avvalgi saylovlarda saylov komissiyalari tarkibida faoliyat koʻrsatgan, huquqiy va kompyuter savodxonligiga ega boʻlgan shaxslarni jalb etish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasining tavsiyalarini qabul qilish.

2019-yil

1-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Markaziy saylov komissiyasi tavsiyalari asosida saylov komissiyalari aʼzolarining yagona elektron roʻyxatini, shuningdek, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga kadrlar zaxirasini shakllantirish.

2019-yil

15-fevralgacha

MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, saylovchilarga interaktiv xizmatlar koʻrsatish imkoniyatini kengaytirish, shu jumladan, ularni SYAERdagi saylovchilar roʻyxati bilan tanishtirish, muddatidan oldin va saylov kuni ovoz berish tartibi boʻyicha uslubiy va video materiallar tayyorlash va hokazolarni hisobga olgan holda, MSK www.elections.uz veb-saytini modernizatsiya qilish.

2019-yil

1-iyungacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Saylov jarayoni ishtirokchilarining elektoral madaniyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

13.

Jamoatchilikni saylov qonunchiligi yangiliklari bilan keng tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mohiyati va ahamiyati, fuqarolar, jamoat tashkilotlarining saylov huquqlarini, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlarini yoritish kafolatlarini taʼminlashni nazarda tutuvchi aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan dasturni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish.

2019-yil

mart —
dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), OʻzA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) va boshqa OAV

14.

Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov instituti muhimligi, jamiyatda fikrlar plyuralizmi, koʻp partiyaviylikni rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish, davlat va jamiyat boshqaruvida har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirishga bagʻishlangan hududiy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish.

2019-yil

mart — dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), DBA (R. Qosimov), OʻzA (A. Kuchimov), MTRK (A. Xadjayev) boshqa OAV

15.

Saylov jarayoni ishtirokchilariga saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini yorituvchi, jumladan, saylovchilar va saylov tashkilotchilari uchun SYAER boʻyicha oʻquv video materiallar ssenariysini tayyorlash.

2019-yil

1-maygacha

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni yoritish masalalari hamda saylovoldi targʻibot-tashviqoti va boshqa saylov jarayonlarida ularning ishtiroki boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning roli va ahamiyatini tushuntirish, fuqarolarni saylov kampaniyasining borishi va ovoz berish tartib-qoidalari bilan tanishish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Yergeodezkadastr qoʻmitasi

(A. Abdullayev), MTRK (A. Xadjayev)

18.

SYAER axborot tizimi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), DBA (R. Qosimov)

IV. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash

19.

Saylov kodeksi loyihasining muhokamasiga, shuningdek, saylov jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish istiqbollariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish.

2018-yil

1-dekabr

MSK (M. Abdusalomov), Oliy Majlis palatalari (N. Yoʻldoshev, N. Ismoilov), Adliya vazirligi (R. Davletov), TIV (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Markaziy saylov komissiyasining xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini mustahkamlash.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

21.

Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini xalqaro oʻquv kurslarda xalqaro kuzatuvchilarni tayyorlash va saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha oʻqitish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

22.

Saylov qonunchiligi sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida xalqaro hamjamiyatga yetkazish.

2018-2019 yy.

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov)

23.

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda saylov jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish.

2019-yil

davomida

MSK (M. Abdusalomov), TIV (A. Kamilov), AKT vazirligi (Sh. Sadikov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va Kotibiyat xodimlarining ish haqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RAZRYADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Ish haqi razryadlari

Tarif koeffitsiyentining

miqdori

Rais

21

14,706

Rais oʻrinbosari

19

13,415

Komissiya kotibi — Kotibiyat boshligʻi

18

11,931

Komissiya aʼzosi

18

10,226

Boʻlim boshligʻi

18

10,226

Bosh buxgalter

18

12,783

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

16

9,236

Bosh maslahatchi

16

9,236

Yetakchi maslahatchi

15

8,750

Rais yordamchisi

15

8,750

Buxgalter

15

10,938

Yetakchi mutaxassis

10

6,434

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 07/18/4004/2162-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 29.10.2020-y., 07/20/4872/1423-son; 23.01.2024-y., 06/24/19/0059-son; 17.06.2026-y., 07/26/229/0610-son)