Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Coliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-noyabr,
908-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-noyabrdagi 908-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son va “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq”;
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti,” soʻzlari “prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son,”Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda sud organlari deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi”;
ikkinchi xatboshiga “sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi)” soʻzlaridan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
2-bandga “sudyalarga” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
5-bandning birinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
7-bandga “sudyalarga” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
71-bandga “Ipoteka kreditlari” soʻzlaridan keyin “sudyalarga, sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “Sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzlaridan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
II bob nomida “Sudyalarning” soʻzidan keyin “va sud organlari xodimlarining” soʻzlari qoʻshilsin;
11-bandga “sudyaning” soʻzidan keyin “sud organlari xodimining” soʻzlari qoʻshilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan dastlabki badalni oʻtkazish uchun sudya, sud organlari xodimi ish joyida tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktori (keyingi oʻrinlarda sud organi rahbari deb ataladi) nomiga qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Sudya, sud organlari xodimi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
sudyaning, sud organlari xodimining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar yoki sudyaning, sud organlari xodimining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
sudyaning, sud organlari xodimining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
sudyani, sud organlari xodimini tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qaror (buyruq)ning nusxasi”;
13-banddagi “sud raisi” soʻzlari “sud organi rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“14. Sud organi rahbarining iltimosnomasi va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) oʻrganish va tekshirish natijalariga koʻra Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashiga dastlabki badal uchun qarz berish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa kiritadi.
15. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi sud organi rahbarining iltimosnomasini, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani, unga ilova qilingan barcha hujjatlarni va Departamentning xulosasini koʻrib chiqib arizani qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Departament tomonidan xulosa berish va Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan qaror qabul qilish muddati sud organi rahbari tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar ilova qilingan iltimosnoma taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak”;
16-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Departament bu toʻgʻrida zudlik bilan sud organi rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi va sudya yoki sud organi xodimi bilan qarz shartnomasi tuziladi”;
birinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “yoki sud organi xodimining” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “yoki sud organi xodimi” soʻzlari qoʻshilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz berish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda Departament bu toʻgʻrida zudlik bilan sud organi rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi. Xabarnomada mablagʻ berishni rad etish sabablari koʻrsatilishi kerak.
Quyidagilar rad etish sabablari boʻlishi mumkin:
sudya yoki sud organi xodimi tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilsa;
sudya yoki sud organi xodimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Jamgʻarma mablagʻlari yetishmasa.
Sud organi rahbari Departamentdan xabarnoma olingan kundan boshlab bir kun muddatda sudyaga yoki sud organi xodimiga Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi qarorini yetkazadi”;
birinchi xatboshiga “Sudya” soʻzidan keyin “yoki sud organi xodimi” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “yoki sud organi xodimining” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshiga “Sudyalar” soʻzidan keyin “va sud organlari xodimlari” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi tegishli qarorning” soʻzlaridan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
21-bandga “Sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
23-bandga “sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshiga “sudyani” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
27-bandga “sudyaga” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“28. Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun ipoteka krediti berish tijorat banki tomonidan sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish hamda ushbu hisob raqamidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi nusxasi ilova qilingan holda sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yozma topshiriqnomasi asosida, sotuvchining (mulkdorning) omonat hisob raqamiga pul mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda memorial order vositasida oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshiga “Sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshiga “sudyaning” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshiga “Sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
30-bandning birinchi xatboshiga “sudyalar” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
31-bandga “sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin;
32-bandga “Sudya” soʻzidan keyin “sud organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 2-ilovada:
nomida “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bandining birinchi xatboshisida “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Sudyaga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga pul kompensatsiyasi toʻlash sudya, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimi tayinlangan joyga kelgandan (saylangandan) keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi”.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Sudyaga va sud organlari xodimiga tayinlangan (saylangan) joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki ular uy-joy sotib olganda ular bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha tegishli hududiy boʻlimi (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimiga xizmat turar joyi berilgan yoki u Toshkent shahrida turar joy sotib olgan taqdirda u bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi moliya-xoʻjalik departamentiga (keyingi oʻrinlarda tegishli organ deb ataladi) pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza beradi.
Prokuratura organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan (saylangan) joyida uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturasi hamda ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Davlat soliq xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri Davlat soliq boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Davlat bojxona xizmati organlari xodimiga xizmat uy-joyi berilganda yoki u tayinlangan joyda uy-joy sotib olganda u bir hafta muddatda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi (keyingi oʻrinlarda tegishli organlar deb ataladi) buxgalteriyasiga pul kompensatsiyasi toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berishi shart”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari xodimlari va prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sudyani, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimini tayinlash (saylash) toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi, sud organlari xodimini, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2018-y., 09/18/908/2159-son)