05.09.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining Qoʻshma bayonoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018-yil 5-sentabrda Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat rahbarlari oʻzaro doʻstona muhitda boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar va uchrashuvlar davomida ikki tomonlama keng koʻlamli hamkorlikning barcha jabhalarini muhokama qildilar va dolzarb xalqaro muammolar boʻyicha fikr almashdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar koʻrib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan qarashlari yaqin va oʻxshash ekanligini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezidentlar muqaddam erishilgan kelishuvlar va imzolangan ikki tomonlama hujjatlarning amalga oshirilish jarayonini muhokama qildilar, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va ilmiy-texnikaviy, turizm va madaniyat sohalarida oʻzaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini qayd etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar keng koʻlamli oʻzaro manfaatli hamkorlik va ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intilishlaridan kelib chiqib, turli darajalarda siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish va sheriklik aloqalarini mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi hozirgi kunda hayotga faol tatbiq etilayotgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasiga, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi hamda iqtisodiyotni liberallashtirishning barcha yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga yuqori baho berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Misr Arab Respublikasi Prezidentining siyosiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi yutuqlari hamda yoshlar bilan mamlakat kelajagi rivojiga qaratilgan muloqot yoʻlidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Misrda muvaffaqiyat bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalarning amalga oshirilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Prezidentlar mintaqaviy va global hamkorlarning qatʼiy qoʻllab-quvvatlashi bilan Afgʻoniston Islom Respublikasida afgʻon xalqi boshchiligida keng qamrovli tinchlik jarayonini tez fursatda amalga oshirish muhimligini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezidentlar Afgʻonistonni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha oʻz saʼy-harakatlari va oʻxshash yondashuvlarini mamnuniyat bilan qayd etib, birgalikda harakat qilish hamda Afgʻoniston masalalari boʻyicha koʻp tomonlama forumlar doirasida hamkorlikni kengaytirishga chaqirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, Rahbarlar 2018-yil 26-27-mart kunlari Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Afgʻoniston boʻyicha konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat rahbarlari turli nizolar va qarama-qarshiliklarni siyosiy muzokaralar, tinchlik tashabbuslari va vositachilik saʼy-harakatlari orqali xalqaro huquq va BMT Nizomi doirasida hal qilish tarafdori ekanliklarini yana bir bor taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Prezidentlar xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va boshqa mintaqaviy tahdidlarning kuchayib borayotganidan tashvishda ekanliklarini bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, ilmiy-texnikaviy, turizm va madaniyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasida ilgʻor tajriba va ilmiy izlanish natijalari bilan oʻzaro almashish orqali hamkorlik qilish muhimligini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, Prezidentlar Iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Misr hukumatlararo qoʻshma komissiyasining yigʻilishlarini va ikki tomonlama biznes-forumlarni muntazam va muvaffaqiyatli oʻtkazishni koʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Prezidentlar ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining oʻsishini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar. Savdo hajmini yaqin yillarda kamida oʻn barobarga oshirish uchun tomonlarda barcha imkoniyat va zaxiralar mavjudligini qayd etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomoni Misr bozorida yuqori talabga ega boʻlgan elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Misr tomoni Oʻzbekiston bozoriga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, gilamlar, mebellar, pardalar, neft-kimyo mahsulotlari, raqamli xizmatlar, marmar, keramika, teri va plastik mahsulotlarini eksport qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, ikki tomonlama savdo aylanmasiga qulay shart-sharoitlar yaratish, tovar ayirboshlash tuzilmasini toʻliq diversifikatsiya qilish va uning hajmini kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida ikki davlat masʼul idoralari oʻrtasida muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Prezidentlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish, Oʻzbekiston va Misrda oʻtkaziladigan koʻrgazma-yarmarkalarda ishtirok etish, ikki davlat mintaqalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik bitimlarini tuzishni ragʻbatlantirishga chaqirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy izlanishlar natijalari va ilgʻor tajriba bilan almashish borasida ishonchli hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Prezidentlar tashqi bozorlarga tez va samarali chiqishni taʼminlovchi transport va tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish mamlakatlar oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro savdo hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu oʻrinda, Tomonlar Xalqaro suv yoʻlagi sifatida Suvaysh kanali ahamiyatini taʼkidladilar. Suvaysh kanalidagi iqtisodiy zona Oʻzbekiston mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqishini yengillashtirish uchun qulay muhit yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda, Tomonlar aviakompaniyalarining mintaqalararo hamkorlik, erkin tadbirkorlik, turizm va madaniy aloqalarning rivojlanishiga kulay shart-sharoit yaratishiga asos boʻladigan ikki mamlakat oʻrtasida havo qatnovlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan saʼy-harakatlarini olkishladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan Misr Yoshlar va sport ishlari vazirligi oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishni va mazkur sohada ikki davlat oʻrtasida aloqalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tomonlar Oʻzbekiston va Misr xalqlari oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va maʼnaviy umumiylikni hisobga olib, gumanitar sohada, islom madaniy va ilmiy merosini oʻrganish va muhofaza qilish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanligini taʼkidladilar. Oʻzbekiston va Misrning ulkan tarixiy-madaniy va maʼnaviy merosi, ularning musulmon dunyosidagi oʻrni, islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasini inobatga olib, Tomonlar bagʻrikeng islomni targʻib qilishda hamkorlikni davom ettirish zarur deb hisoblaydilar va “Al-Azhar” majmuasining maʼrifatparvar islom gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlashdagi oʻrnini eʼtirof etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Prezidentlar mintaqaviy va global darajada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga intilishlarini yana bir bor taʼkidladilar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misr tomoni Oʻzbekiston tomonining BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” va “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyalarini tayyorlash va qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasini ishlab chiqish, shuningdek, Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar boʻyicha ikkinchi sammitini 2020-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha tashabbuslarini qullab-quvvatladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomoni Qohira shahrida Islom hamkorlik tashkiloti huzurida Xotin-qizlar faoliyatini rivojlantirish tashkilotini tashkil etish boʻyicha Misr Arab Respublikasining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Misr delegatsiyasi aʼzolariga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik va iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini oʻzi uchun qulay boʻlgan vaqtda Misr Arab Respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻlishga taklif qildi. Tashrif muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)