01.11.2018 yildagi 902-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq joylarda yashovchi aholi uchun koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tibbiy xizmat koʻrsatish koʻlamini oshirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tizimi faoliyatini kasalliklarning oldini olish, aholi oʻrtasida profilaktika va patronaj ishlariga yoʻnaltirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash orqali ularning surunkali holga oʻtishi xavfini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-son qaroriga muvofiq mavjud qishloq vrachlik punktlari negizida 793 ta qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etilganligi va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun 2017-yil 16-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 25 yil muddatga 45,0 mln. AQSh dollariga teng miqdorda qarz olish Kredit bitimining loyihasi tasdiqlanganligi va muzokaralar bayonnomasi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi hissasi 12,8 mln. AQSh dollari ekvivalentida, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari tarzida 11,0 mln. AQSh dollariga tengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish 3 yil (2018 — 2021) muddatga belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlarini maqsadli sarflash hamda loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish va foiz toʻlovlarining prognoz jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-2 ilovalar rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini imzolashga vakolat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi imzolangan qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga quyidagilarni taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida xarid qilinishi koʻzda tutilgan tibbiy asbob-uskunalarni yetkazib berishdan oldin qishloq oilaviy poliklinikalarida jihozlash uchun tegishli xonalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni vakolatli vazirliklar va idoralarga oʻz vaqtida taqdim etilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi va loyihani amalga oshirish davrida loyihada ishtirok etadigan tibbiyot muassasalari ishlarini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda loyiha amal qilish davri uchun umumiy shtatlar soni 22 kishidan iborat boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin, guruh faoliyatini Osiyo taraqqiyot bankining qarzlari va budjet (Budjet kodeksiga koʻra) mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda moliyalashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini uzluksiz suv, gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki qarzi hisobiga yetkazib beriladigan tovarlarni xarid qilish va joylariga yetkazib berish xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun nazarda tutilgan tasdiqlangan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyihani amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirishni, shuningdek, amalga oshirish jarayonining muntazam ravishda koʻrib chiqilishini, zarur hollarda, loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
902-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/902/2152-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)