01.11.2018 yildagi 895-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.11.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent viloyatining “Ohangaron” va Maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi hayoti darajasi va sifatini oshirish, chiqindilarning atrof muhitga va aholi sogʻligʻiga salbiy taʼsirini pasaytirish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida zamonaviy innovatsion yechimlar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) oʻrtasida “Toshkent viloyatining “Ohangaron” va Maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisida 2018-yil 14-sentabrda tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Investitsiya shartnomasiga muvofiq “Sejin G&E Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya Respublikasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hududida xorijiy kapital 100 foiz boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida xorijiy korxona (keyingi oʻrinlarda xorijiy korxona deb ataladi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillar mobaynida 55,0 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining “Ohangaron” (Ohangaron tumani) va “Maydontol” (Parkent tumani) maishiy chiqindilar poligonida hosil boʻladigan chiqindi gazidan (metandan) umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt (har birining quvvati 1 560 kVt boʻlgan 10 ta qurilma va har birining quvvati 500 kVt boʻlgan 2 ta qurilma) boʻlgan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 12 ta yangi zamonaviy generatorlar va yordamchi uskunalar oʻrnatish boʻyicha majburiyatlar olganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar 2021-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy korxonaga 2020-yil 1-yanvargacha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekenergo” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” DI bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uzatish uchun elektr tarmoqlariga ulanish yuzasidan texnik topshiriqlar ishlab chiqilishi va xorijiy korxonaga berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi doirasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi ulanishning maqbul shoxobchalari orqali elektr tarmoqlariga ulanishini, shuningdek, investitsiya shartnomasiga muvofiq elektr energiyasini xarid qilish yuzasidan xorijiy korxona bilan tegishli bitim tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzbekenergo” AJ bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda energiyaning muqobil manbalaridan yagona elektroenergetika tizimiga yetkazib beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy korxonaning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijiy korxonaning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyida vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijiy korxonaning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy loyihani amalga oshirishda qatnashadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
895-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2018-y., 09/18/895/2147-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)