1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga va chet davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari (keyingi oʻrinlarda — oliy darajadagi tashriflar) davomida imzolash uchun hujjatlarni tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar (keyingi oʻrinlarda — strategik korxonalar) ishtirokidagi investitsiya loyihalarini toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni, ularning asosliligini va ijro etish imkoniyatlarini tahlil qilgan holda tayyorlashda vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda koʻmaklashish, tegishli tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlab, tizimli tahlil qilgan holda, yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etishda, shu jumladan, joyiga chiqqan holda zarur yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan monitoring va doimiy nazoratni amalga oshirish hamda ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi axborotlarining asoslanganligini birlamchi maʼlumotlar asosida oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik hamkorlar va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan “telekoʻprik” tashkil etish orqali oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini muntazam muhokama qilish, ularning asoslantirilgan hisob-kitoblarga ega, aniq, tashabbuskor investitsiya loyihalarini taqdim etish borasidagi faoliyati samaradorligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashish va ularning ijrosini nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari lavozimi qoʻshimcha ravishda joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 12 kishidan iborat Oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga koʻmaklashish shuʼbasi tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 8 kishidan iborat Strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish shuʼbasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 10 ta shtat birligini optimallashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi shtat birliklarining kamaytirilishi hisobiga qoʻshimcha 11 ta shtat birligi ajratish orqali amalga oshiriladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.02.00 Oliy darajada kutib olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oliy darajadagi tashriflar muddatlari aniqlanishiga qarab bir kun muddatda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini yozma ravishda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun, shu jumladan, investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlarni tayyorlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalari tashrif boshlanishidan bir oy avval Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birga batafsil koʻrib chiqilganidan soʻng Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi. Bunda hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga kiritilayotganda parallel ravishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tuzilmalariga ham kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi har oyda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni va imzolangan hujjatlarni ijro etish uchun tuzilgan idoralararo hayʼat organlarini (komissiyalar, guruhlar) tugatgan holda Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash masalalari boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini yakuniy natijalarga erishgan holda taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonga muvofiq yuklatilgan qoʻshimcha funksiyalarni tezkorlik bilan bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga koʻmaklashish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi tuzilmalari bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan asosiy huquqiy muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi tuzilmalari bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, investitsiyaviy va tashqi savdo siyosatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan tizimli muammolarni aniqlash yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun tashqi siyosiy hamkorlik sohasidagi hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, ularni kelgusida ijro etish masalalari yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflarga tayyorgarlikni tashkil etish, shu jumladan tashrif davomida imzolash uchun hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, ularni kelgusida ijro etish masalalari yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan — xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan — oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan aniq investitsiya loyihalari, xalqaro moliya institutlarining qarzlari, kreditlari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb qilish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bilan — tegishli hududlarda investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yuzaki (aniq amaliy natijalarga erishilmasdan) ijro etilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) orqali oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosining borishi, shuningdek, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda koʻrib chiqilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ijro etishda byurokratizm va masalalarni hal qilish muddatlarining choʻzilishi holatlarini bartaraf etish orqali doimiy ravishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va boshqa masʼul idoralar ikki hafta muddatda 2017-yildan boshlab oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan, ularning ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan elektron materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda taqdim etilayotgan materiallarning toʻliqligi, sifati, ularni yangilab borish tezligi va har bir idora boʻyicha maʼlumotlar bazasining mavjudligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini nazorat qilish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini, kelgusida ularning “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining “Ijro.gov.uz” tizimiga monitoring rejimida kirish imkoniyatini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda xorijiy hamkorlar oʻrtasida videokonferens-aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi “telekoʻprik” ishga tushirilishini bepul asosda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi (Ikramov)ga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosiga koʻmaklashish va uni nazorat qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Tashqi savdo vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmuradov) va boshqa manfaatdor vazirliklar rahbarlariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarda avvaldan qoʻyilgan maqsadlarga erishish va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha koʻtarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ushbu Farmonga muvofiq materiallarni oʻz vaqtida, asoslantirilgan holda va toʻliq taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni ijro etish doirasida qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, shu jumladan, investorlar va tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda koʻmaklashish uchun.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.02.00 Oliy darajada kutib olish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar bilan bir xilda shaxsiy javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi tegishli ravishda hukumat va idoralararo darajada xalqaro tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning maʼlumotlar bazasini yaratsin hamda kelgusida uning “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5565-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini taʼminlash masalalari boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, guruh rahbari
2.
Z.Sh. Nizomiddinov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, guruh rahbari oʻrinbosari
3.
I.B. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, guruh rahbari oʻrinbosari
4.
O.B. Murodov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
5.
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri
6.
S.R. Xolmuradov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi
7.
V.V. Mahmudov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi
8.
M.M. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi
9.
B.M. Mavlonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari
10.
E.M. Ganiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari
11.
G.K. Saidova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari
12.
M.B. Nurmuratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi
13.
A.X. Kamilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
14.
J.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri
15.
lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, guruh kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5565-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi boshqaruv xodimlarining umumiy soni xizmat koʻrsatish va texnik xodimlardan tashqari 81 shtat birligini tashkil etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi PF-5831-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 06/19/5831/3773-son)