Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019 24.03.1992 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MATBUOT QOʻMITASIGA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh MANBALARINI NAZORAT QILISh FUNKSIYALARINI BERISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingandan buyon sobiq SSSRning hududida geosiyosiy va iqtisodiy makonda jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan millatlar tashkiloti va Xavfsizlik hamda hamkorlik boʻyicha Umumyevropa Kengashi aʼzosi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalarining asosiy eʼtibori respublikaning mustaqilligini shakllantirishga qaratilishidan manfaatdor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga soʻnggi paytlarda respublikada ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning barqarorlashishidan manfaatdor boʻlmagan alohida shaxslar va tashkilotlar mablagʻlari hisobiga chiqarilayotgan nashrlar MDH davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari oʻrnatilishiga yordam bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu kabi hollarni istisno qilish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini nazorat qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ushbu vazifani Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi va ularning joylardagi organlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son