Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qarorining ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-oktabr,
857-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 857-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 19-sentabrdagi745-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1.2-ilovada:
a) 11-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “interfaol” soʻzidan keyin “va trening” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “suhbat va ilmiy munozaralar” soʻzlari “suhbat, ilmiy munozaralar va trening” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandda:
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“mamlakatda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish zaruriyati, iqtisodiyotni tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari, makroiqtisodiy darajada monetar, fiskal va boshqa usullardan tashabbuskorlik hamda yetakchilikda foydalanish toʻgʻrisidagi tasavvurlarni shakllantirishi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
v) 20-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bosqichli nazorat — oʻquv rejasiga muvofiq ravishda oʻquv fanlari doirasida tinglovchilar oʻrtasida test-sinovlarini, yozma, ogʻzaki imtihonlarni, kafedralar tomonidan berilgan loyiha ishini ishlab chiqishni hamda tashqaridan jalb etilgan mutaxassislar yordamida suhbatlarni tashkil qilish”.
2. 3-ilovada:
a) 22-bandning birinchi xatboshisidan “va ularning malakasini oshirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi 221-band qoʻshilsin:
“221. Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy talablarga quyidagilar kiradi:
a) quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallash:
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini;
mahalliy boshqaruvning tashkiliy-huquqiy asoslarini;
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimi va faoliyat yoʻnalishlarini;
hududlarni rivojlantirishda zamonaviy innovatsion menejment usullaridan foydalanishni;
davlat boshqaruvida gorizontal va vertikal munosabatlar tizimini samarali tashkil etishni;
rahbar kadrlarning axloq-odob qoidalari va ularga qoʻyilayotgan talablarni;
b) boshqaruvni taʼminlovchi asosiy koʻnikmalarni;
v) tashkilotda zamonaviy tashkiliy va korporativ madaniyatni shakllantirish va mehnat munosabatlarini samarali tashkil etish usullarini amalda qoʻllashni;
g) muammoli vaziyatlarni aniqlay olish, vaziyatni tahlil qilish va qaror qabul qilishning ilgʻor texnologiyalarni qoʻllashni;
d) tashkilotda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirishni;
e) ustuvorliklarni aniqlash va shu asosda maqsadlarni belgilash hamda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni sifatli bajarishni, qoʻl ostidagilarga ish yuklamasini samarali taqsimlashni, vakolatlarni uzatishni;
j) jamoada uygʻun muhitni shakllantira olish va konstruktiv hamkorlik oʻrnatishni;
z) muloqotda boshqalarga taʼsir etish va ishontirish, murakkab vaziyatlarda muzokara olib borishni.”.
3. 5-ilovada:
a) 4-banddagi “kurslarda oʻqishi” soʻzlaridan keyin “davlat granti va” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Masofaviy kurslar boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchilarga Akademiya Oʻquv-uslubiy boʻlimi tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi. Tinglovchilar oʻziga berilgan login va parol yordamida “Masofaviy kurslar” boʻlimiga kiradi va tizimda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi.
Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi”;
v) 10-bandning uchinchi xatboshisidan “onlayn kirish test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 11-banddagi “tinglovchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi” soʻzlari “Oʻquv-metodik boʻlim tomonidan belgilanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 12-banddagi “onlayn maʼruzalar” soʻzlaridan keyin “(vebinar)” soʻzi qoʻshilsin;
e) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Onlayn maʼruzalar (vebinarlar) oʻtkazilishidan 3 kun oldin tizimda Oʻquv-metodik boʻlim tomonidan onlayn maʼruza oʻtkaziladigan sana, vaqt, maʼruza mavzusi hamda maʼruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan eʼlon beriladi.
14. Tinglovchining oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun kurs davomida tinglovchi oʻquv rejasidagi har bir fan mavzulari boʻyicha assesment (joriy nazorat) topshiriqlarini bajaradi.
Assesment topshiriqlari har bir fan mavzulari toʻliq oʻzlashtirsagina (56 % dan oshsa) navbatdagi mavzuga oʻtadi va ularni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga navbatdagi fanlarni oʻzlashtirishga ruxsat beriladi.
Assesment topshiriqlari test yoki professor-oʻqituvchi tomonidan tekshirib baholanadigan vazifa tarzida berilishi mumkin.
Oʻquv rejasidagi barcha fanlar boʻyicha tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari ularning elektron reyting daftarchasida qayd etilib boriladi”;
j) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Oraliq (chiqish) onlayn test sinovlari masofaviy kurs dasturi doirasida tayyorlangan savollar asosida, belgilangan reja boʻyicha tashkil etiladi.
Tinglovchiga test topshiriqlarini bajarish uchun 100 ta test savoli beriladi. Test sinovlarining natijalari shu vaqtning oʻzida eʼlon qilinadi.
Bunda tinglovchilarga oraliq (chiqish) onlayn test sinovlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda tegishli markazlarda, belgilangan vaqtda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yakunida oʻtkaziladigan test sinovlarida qatnashayotgan boshqa tinglovchilar bilan birgalikda topshirishga ruxsat beriladi”;
z) 19-banddagi “boshqaruv kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti” soʻzlari “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash fakulteti” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
4. 6-ilovada:
a) 5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Shartnoma shartlariga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari malakasini oshirish Akademiyaning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
b) 6-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Akademiya va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomalar tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy boʻladi. Bir shartnoma doirasida ikki va undan ortiq guruh tinglovchilariga taʼlim xizmatlari bir vaqtda yoki turli vaqtda koʻrsatilishi mumkin”;
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Akademiya taʼlim xizmatini koʻrsatish davomida oʻquv jarayoni uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi va malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/857/2094-son)