22.10.2018 yildagi 846-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.10.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatida tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatida tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tomorqa yer uchastkalarini uyma-uy yurib oʻrganish natijalariga koʻra, meva-sabzavot va bogʻdorchilik-dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning innovatsion shakllari va texnologiyalarini oʻzlashtirish, xususan, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, pakana va yarim pakana mevali daraxtlarning yuqori hosil beradigan navlarini ekish, yiliga 2-3 marotaba hosil olish imkoniyatini beruvchi agrotexnologiyalardan foydalanish, shuningdek, parranda, baliq, quyon, asalari va mayda shoxli mollarni intensiv usulda koʻpaytirish orqali tomorqa yer egalarining daromadini oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-2019-yillarda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi tomorqa yer egalariga imtiyozli kreditlar berish uchun Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan maqsadli mablagʻlar ajratishning prognoz koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi va tegishli hududlardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda imtiyozli kreditlarni mahallalar kesimida berish uchun manzilli dasturlarning shakllantirilishini va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq tijorat banklari orqali keyinchalik imtiyozli kreditlar berish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda manzilli dasturlarni mahallalar kesimida tasdiqlagan holda, ikki oy muddatda mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozli kreditlar berish amaliyotini Fargʻona viloyatining barcha tumanlarida joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Fargʻona viloyati Quva tumanida 395 gektar yer maydonida joylashgan Fargʻona ilmiy-amaliy stansiyasi mulkini mavjud ekinzorlar bilan birga (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga bepul foydalanish huquqi bilan berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Fargʻona viloyati hokimligi ushbu bandning birinchi xatboshida qayd etilgan obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirish va qabul qilishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mevali ekinlar va uzumning duplet kolleksiyalari hamda onalik bogʻlarini saqlab qolish va kengaytirishni taʼminlagan holda, berilayotgan mulk negizida Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2020-yillarda Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan Markaz ustav jamgʻarmasini toʻldirish uchun 8 mlrd. soʻm yoʻnaltirish hamda ushbu mablagʻlardan innovatsion texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, intensiv bogʻlarni koʻpaytirish va tegishli infratuzilmani rekonstruksiya qilish uchun maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini istiqbolli rivojlantirish maqsadida mamlakatimiz va jahon ilm-fani hamda amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan toʻliq foydalanishni hisobga olgan holda koʻchatchilik, urugʻchilik va naslchilikni koʻpaytirish, tomchilatib sugʻorishni joriy qilish, muqobil energiyadan foydalanish, tomorqa yerlarida baliq boqish uchun hovuzlar tashkil etish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish va kengaytirishga, ular tomonidan yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini keyinchalik sotish, jumladan eksport qilishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer egalarini sifatli urugʻlar va koʻchatlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari ishchilari, tomorqa yer egalari va qishloq xoʻjaligi sohasining boshqa mutaxassislarini, zarur boʻlganda, qishloq xoʻjaligi sohasida yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mutaxassisliklari boʻyicha oʻqiyotgan talabalar uchun malaka oshirish va amaliyot oʻtashni tashkil etishga, shuningdek, qishloq joylarda qishloq turizmi va dam olish turlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish korxonalarini hosildorligi yaxshilangan va moslashtirilgan limon, pakana va yarim pakana mevali daraxt koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha “in vitro” laboratoriyasini tashkil etish, fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalariga konsalting xizmatlarini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi, “Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasi, “Oʻzparrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasiga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun Markaz hududida namunali issiqxonalar, laboratoriyalar, hovuzlar va boshqa ishlab chiqarish maydonchalarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida Markazga qishloq xoʻjaligi sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekistonga taklif etish va ularga viza berish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
846-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 846-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-2019-yillarda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi tomorqa yer egalariga kredit berish uchun Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mablagʻ ajratishning prognoz parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(mln.sum)

Oltiariq tumanidagi mahallalar soni

Jami

Shundan:

Jumladan yoʻnalishlar boʻyicha:

yengil konstruksiyalardan foydalangan holda issiqxonalar qurish uchun

tok, yarimpakana (pakana) mevali daraxtlar ekish uchun

parranda, quyon, asalari, baliq, mayda chorva mollarini va boshqa hayvonlarni boqish uchun

2018 y.

2019 y.

2018 y.

2019 y.

2018 y.

2019 y.

2018 y.

2019 y.

22

2 375,6

950,2

1 425,4

360,0

540,0

105,8

158,8

484,4

726,6

21

1 825,3

730,1

1 095,2

442,0

663,0

54,3

81,5

233,8

350,7

19

1 441,4

576,6

864,8

380,0

570,0

14,6

21,8

182,0

273,0

10

1 860,6

744,2

1 116,4

434,0

651,0

94,6

142,0

215,6

323,4

72

7 502,9

3 001,2

4 501,7

1 616,0

2 424,0

269,4

404,0

1 115,8

1 673,7

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu prognoz parametrlarga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Fargʻona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/846/2082-son; 19.05.2020-y., 09/20/289/0601-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)