22.10.2018 yildagi 850-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmatlari markazlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlarni Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga qatʼiy amal qilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatidan chiqarilayotgan faoliyat turlari bilan shugʻullanish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta roʻyxatdan oʻtishlarida koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
850-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 850-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat turining nomi

I.

Chakana savdo:

1.

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, alkogolli
va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

2.

Koʻchma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, ish kuni tamom boʻlgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va koʻchirilishini talab etuvchi obyektlarda)

3.

Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

4.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

5.

Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, oʻsimlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno), bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan

II.

Qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmandchilik faoliyati.

III.

Maishiy xizmatlar, II boʻlimda nazarda tutilganlaridan tashqari:

6.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar

7.

Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari

8.

Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash

9.

Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik

10.

Hayvonlar terilari, moʻyna, toʻqimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va boʻyash

11.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash

12.

Attorlik buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash

13.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash

14.

Kalitlar tayyorlash

15.

Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʼmirlash

16.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

17.

Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash

18.

Yogʻochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar (mebeldan tashqari) tayyorlash

19.

Inventarni (xoʻjalik, sport, baliqchilik va hokazo) taʼmirlash va tayyorlash

20.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

21.

Tayyor mebelni yigʻish, taʼmirlash va drapirovka qilish

22.

Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash

23.

Yakka buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini taʼmirlash

24.

Optika, soatlarni taʼmirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda oʻymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish)

25.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish

26.

Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signalizatsiyalarini taʼmirlash va oʻrnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari)

27.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari

28.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish

29.

Binolarga oyna oʻrnatish xizmatlari

30.

Jamoat hojatxonalari xizmatlari

31.

Hammom va sauna xizmatlari

32.

Turar joylarni yigʻishtirish xizmatlari

33.

Hovlilar va bogʻlarga qarash xizmatlari, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish ishlari

34.

Bogʻlar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish

35.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

36.

Xoʻjalik mollari va uy-roʻzgʻor buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xoʻjalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar
va boshqalarni) ijaraga berish

37.

Oilaviy mehmon uylarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish

IV

Faoliyatning boshqa turlari:

38.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish

39.

Milliy non va patir tayyorlash va sotish

40.

Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va goʻja tayyorlash va quyib sotish

41.

Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

42.

Oʻlchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish

43.

Aholi uchun turar va noturar joylarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar

44.

Repetitorlik xizmatlari

45.

Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari

46.

Bolalarning oʻyinchoq avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlar

47.

Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, taʼmirlash va ulardan foydalanish

48.

Dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik sanʼati

49.

Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter oʻyinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar

50.

Tashrif qogʻozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish

51.

Muqovalash ishlari

52.

Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish

53.

Sugʻurta agentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar

54.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish

55.

Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (toʻy, yubiley, tugʻilgan kun va hokazolar)

56.

Koʻylak va kostyumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish

57.

Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)

58.

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari

59.

Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish

60.

Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati

61.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

62.

Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari

63.

Mol soʻyish xizmatlari

64.

Uy hayvonlariga qarash xizmatlari

65.

Veterinariya faoliyati

66.

Yuklarni avtomobil transportida tashish

67.

Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish

68.

Oʻsimlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xomashyoni yetishtirish, yigʻishtirish, tayyorlash va sotish

69.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay sanʼati)

70.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish

71.

Shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatlari (metall ch�qindilaridan tashqari)

72.

Rieltorlik faoliyati

73.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish

74.

Tashkilotlar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash boʻyicha xizmatlar

75.

Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish

76.

Matritsali printyerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun boʻyovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash

77.

Qogʻozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash

78.

Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provaydyerlariga vositachilik xizmatlari koʻrsatish (abonentlar yoki xizmatlar koʻrsatuvchilarga maʼlumot-axborot xizmati koʻrsatish, xizmat koʻrsatuvchilarning xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish)

79.

Paxta (ilgari isteʼmolda boʻlgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari

80.

Ekskursiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha turistik faoliyat

81.

Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari boʻyicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish)

82.

Metallni taʼmirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy taʼmirlash)

83.

Yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

84.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Agar yakka tadbirkor faoliyatning asosiy turiga nisbatan yordamchi hisoblangan faoliyatni amalga oshirsa, qatʼiy belgilangan soliq faoliyatning bir turi uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxatga kiritilgan faoliyat turlari yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxat doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/850/2085-son)