1-ILOVA
|
Milliy vazifalar |
Masʼul ijrochilar | |
|
1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam taʼminlanganlik darajasini pasaytirish. |
1.1-vazifa. 2030-yilgacha fuqarolarning oʻta qashshoqlik shaklini bartaraf etish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
1.2-vazifa. 2030-yilgacha kam taʼminlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning ulushini kam taʼminlanishning barcha koʻrinishlarida ikki barobarga qisqartirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markaziy bank, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi | |
|
1.3-vazifa. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ijtimoiy himoya qilish xizmatlari sifatini oshirish, ijtimoiy himoya qilish choralari doirasiga muhtojlarning barchasi toʻliq qamrab olinishiga erishish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy bank, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha | |
|
1.4-vazifa. 2030-yilgacha butun aholining, jumladan kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bazaviy zaxiralar (yer uchastkalari, yangi texnologiyalar, bank kreditlari va b.)dan foydalanishlari uchun qulay iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlar, yangi texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar, shu jumladan mikromoliyalashtirish bilan taʼminlash. |
Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |
|
1.5-vazifa. 2030-yilgacha aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning iqlim oʻzgarishi yuzaga keltirgan kutilmagan holatlar va boshqa iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik larzalar va musibatlar oldidagi himoyalanmaganligi va zaifligini kamaytirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | |
|
1.a-vazifa. Aholining kam taʼminlanganligini uning barcha shakllarida tugatish boʻyicha dasturlar va strategiyalarni amalga oshirishga yetarli va prognoz qilinadigan mablagʻni taʼminlash uchun turli manbalardagi, jumladan, rivojlanish maqsadida hamkorlikni faollashtirish asosidagi salmoqli zaxiralarning safarbar etilishiga erishish. |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | |
|
1.b-vazifa. Aholining kam taʼminlanganligini tugatish boʻyicha tadbirlarga tezkor sarmoya kiritilishiga koʻmaklashish uchun kam taʼminlangan fuqarolarning manfaatlarini hamda gender jihatlarni inobatga oladigan rivojlanish, monitoring va baholashni strategik prognozlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi | |
|
2-maqsad. Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish. |
2.1-vazifa. 2030-yilgacha zarur hajmda ovqatlanishning yuqori sifati va balanslashganligini taʼminlash hamda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, goʻdaklar bilan bir qatorda, ijtimoiy zaif kishilarning hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan yil boʻyi erkin foydalanishlariga erishish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
2.2-vazifa. 2030-yilgacha toʻyib ovqat yemaslikning barcha shakllariga barham berish, jumladan, 2025-yilgacha besh yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻsishi va vaznidagi kech�kishga qarshi kurashishga oid xalqaro darajada kelishilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish hamda oʻsmir qizlar, homilador va emizuvchi xotin-qizlar, keksa odamlarning ovqatlanishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
2.3-vazifa. 2030-yilgacha qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning oʻrtacha samaradorligini hamda qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat yetishtiruvchilarining daromadini ancha oshirish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
|
2.4-vazifa. 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning barqaror tizimlari yaratilishini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligin� oshirish imkonini beradigan qishloq xoʻjaligini yuritish usullarini joriy qilish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi | |
|
2.5-vazifa. Urugʻ va madaniylashtirilgan ekinlarning, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarining hamda ularning tegishli yovvoyi turlarining genetik rangbarangligi saqlanishini, jumladan urugʻ va ekinlarning turli-tuman zaxiralarini tegishli tarzda saqlash orqali, taʼminlash. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | |
|
2.a-vazifa. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasidagi salohiyatni mustahkamlash maqsadida qishloq infratuzilmasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari va agrotashviqot, texnologiyalarni rivojlantirish hamda oʻsimlik va hayvonlarning genetik zaxiralarini yaratishga sarmoya kiritilishini, jumladan, xalqaro hamkorlikni faollashtirish yoʻli bilan, koʻpaytirish. |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi | |
|
2.b-vazifa. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining jahon bozorlarida savdo cheklovlari kiritilishi va xatolar yuzaga kelishini bartaraf etish hamda bunga yoʻl qoʻymaslik. |
Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | |
|
2.c-vazifa. Oziq-ovqat mahsulotlari va ularni qayta ishlash mahsulotlari bozorlarining tegishli tarzda faoliyat yuritishini taʼminlash choralarini koʻrish, oziq-ovqat narxlarining keskin oʻzgarishini cheklashga yordam berish maqsadida bozor maʼlumotlaridan, jumladan oziq-ovqat zaxiralari haqidagi maʼlumotdan oʻz vaqtida foydalanishga koʻmaklashish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank | |
|
3-maqsad. Sogʻlom turmush tarzini taʼminlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga koʻmaklashish |
3.1-vazifa. 2030-yilgacha onalar oʻlimi koʻrsatkichini uchdan bir baravarga qisqartirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, |
|
3.2-vazifa. 2030-yilgacha yangi tugʻilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar orasidagi oʻlimni ikki baravarga kamaytirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
3.3-vazifa. Aholining tuberkulyoz va OIV bilan zararlanish darajasini kamaytirish hamda suv orqali yuqadigan gepatit va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
3.4-vazifa. 2030-yilgacha aholi oʻrtasida yurak-tomir, onkologik, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklar tufayli bevaqt oʻlimni 30 foizga qisqartirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
3.5-vazifa. Ruhiy faollashtiruvchi moddalarga qaramlik, shu jumladan, giyohvand moddalar va alkogolli ichimliklarni suiiste�mol qilishning profilaktikasi va davolanishini yaxshilab borish (alkogolning zararli isteʼmol qilinishini 10 foizga kamaytirish). |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
3.6-vazifa. 2025-yilgacha yoʻl-transport hodisalari sonini, jumladan, piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga keladigan YTH holatlarini ikki baravar qisqartirish. |
Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi | |
|
3.7-vazifa. 2030-yilgacha jinsiy va reproduktiv salomatlikni asrash boʻyicha xizmatlardan, shu jumladan, oilani rejalashtirish va oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan qizlar uchun nikoh yoshini uzaytirish xizmatlaridan umumiy foydalanishni hamda milliy strategiya va dasturlarda reproduktiv salomatlikni asrash masalalarining hisobga olinishini taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi �azirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi | |
|
3.8-vazifa. Sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan umumiy qamrab olishni, shu jumladan, sogʻliqni saqlashga sarflanayotgan katta xarajatlar tufayli himoyalashni, asosiy sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish va barcha uchun xavfsiz, samarali, sifatli va arzon asosiy dorivor va emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi | |
|
3.9-vazifa. Xavfli kimyoviy moddalarning taʼsiri, havo va suvning ifloslanishi natijasida, jumladan kimyoviy ishlab chiqarish hamda zararli moddalar koʻmilgan joylarda, oʻlim va kasallanish holatlarini qisqartirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | |
|
3.a-vazifa. Zaruratga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash Hadli konvensiyasi (2003-yil may oyida qabul qilingan xalqaro bitim) amalga oshirilishini faollashtirish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
3.b-vazifa. Yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarni davolash uchun emlash va dorivor vositalar boʻyicha tadqiqotlar va ishlanmalarga koʻmaklashish; Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari boʻyicha bitimining aholi salomatligini asrash maqsadida moslashishini namoyon etish va, xususan, barcha uchun dorivor vositalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha qoidalardan rivojlanayotgan mamlakatlarning toʻliq hajmda foydalanishi koʻzda tutilgan “TRIPS boʻyicha bitim va jamoatchilik sogʻligʻini saqlash” Doxa deklaratsiyasiga (Jahon savdo tashkiloti (JST) homiyligidagi muzokaralar turkumiga) muvofiq, arzon asosiy dorivor hamda emlash vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Intellektual mulk agentligi | |
|
3.c-vazifa. Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishni izchil oshirish, kadrlarni tayyorlash va tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, munosib ish haqi bilan taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | |
|
3.d-vazifa. Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTSQ JSTning bazaviy hujjati, qoidalarning hozirgi tahriri Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 2005-yil 25-maydagi 58 sessiyasida qabul qilingan) joriy qilinishi hamda umumiy sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlikni taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi | |
|
4-maqsad.Umumqamrovli va adolatli sifatli taʼlimni taʼminlash hamda barchaga butun umri davomida taʼlim olish imkoniyatini ragʻbatlantirish. |
4.1-vazifa. 2030-yilgacha boshlangʻich va umumiy oʻrta taʼlimni, umumiy qamrovni saqlab qolgan holda, oʻqitishning dolzarb va samarali natijalariga erishishni taʼminlaydigan yangi sifat bosqichiga koʻtarish. |
Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
4.2-vazifa. 2030-yilgacha barcha oʻgʻil bolalar va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha oʻqitishning sifatli tizimlaridan ular boshlangʻich taʼlimni olishga tayyor boʻlishlari maqsadida bemalol foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi | |
|
4.3-vazifa. 2030-yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklar uchun arzon va sifatli oʻrta maxsus, oliy, kasb-hunar hamda qoʻshimcha taʼlimdan teng foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat test markazi | |
|
4.4-vazifa. 2030-yilgacha ishga joylashish, munosib ishga ega boʻlish va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun mehnat bozorida talab katta boʻlgan koʻnikmalarga, shu jumladan, kasbiy-texnik koʻnikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsi�larini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi | |
|
4.5-vazifa. Taʼlim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga oladigan darajada yaxshilash bilan nogironlar uchun barcha darajadagi taʼlim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali oʻqitish muhitini taʼminlash. |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Nogironlar jamiyati | |
|
4.7-vazifa. 2030-yilgacha barcha oʻquvchilar va talabalarning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashlarini taʼminlash. |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | |
|
4.a-vazifa. Oʻquv muassasalarining barcha uchun xavfsiz va samarali oʻquv muhitini taʼminlaydigan shart-sharoitlarini yaxshilash. |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi | |
|
4.b-vazifa. 2020-yilgacha oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish uchun kreditlar va grantlar, shu jumladan xalqaro miqdorini jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi | |
|
4.c-vazifa. 2030-yilgacha malakali oʻqituvchilarning sonini, jumladan oʻqituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish orqali, jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi | |
|
5-maqsad. Gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish. |
5.1-vazifa. H�mma joyda barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat qoʻmitalari va idoralar |
|
5.2-vazifa. Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatatsiyaning boshqa shakllarini tugatish. |
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi, | |
|
5.3-vazifa. Erta nikohlar va zoʻrlab nikohlashni tugatish. |
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi | |
|
5.4-vazifa. Kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etish orqali parvarishlash va uy xoʻjaligini yuritish boʻyicha haq toʻlanmaydigan mehnatni tan olish va qadrlash, milliy sharoitlarni hisobga olgan holda oilada xoʻjalik yuritish uchun umumiy masʼuliyat tamoyilini ragʻbatlantirish. |
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
5.5-vazifa. Xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishlarini hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
5.6-vazifa. Reproduktiv salomatlikni asrash sohasida umumqamrovli tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish uchun sogʻliqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanishni taʼminlash. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi | |
|
5.a-vazifa. Xotin-qizlarni ularning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishlarida qoʻllab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytirish. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi | |
|
5.b-vazifa. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish maqsadida yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faolroq foydalanish. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
|
5.c-vazifa. Gender tenglik tamoyillarini boshqaruvning turli bosqichlarida davlat dasturlarini qabul qilish jarayoniga toʻla singdirish. |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi | |
|
6-maqsad. Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash. |
6.1-vazifa. 2030-yilgacha barcha uchun toza ichimlik suvidan umumiy va teng huquqli foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
6.2-vazifa. 2030-yilgacha tegishli sanitariya-gigiyena vositalaridan umumiy va teng huquqli foydalanish imkoniyatini taʼminlash, aholining ijtimoiy zaif qatlami ehtiyojlariga alohida eʼtibor qaratish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
6.3-vazifa. 2030-yilgacha suv muhitining har qanday, jumladan, quruqlikdagi faoliyat natijasida ifloslanishini sezilarli ravishda kamaytirish hamda oqova suvlarni xavfsiz tarzda qayta ishlatish hajmini oshirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
6.4-vazifa. 2030-yilgacha iqtisodiyotning barcha sektorlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli oshirish. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
6.5-vazifa. 2030-yilgacha barcha darajalarda suv resurslarining kompleks, shu jumladan, zaruratga koʻra trans-chegaraviy hamkorlik asosida boshqarilishini taʼminlash. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi | |
|
6.6-vazifa. 2030-yilgacha suv bilan bogʻliq ekotizimlar, shu jumladan, togʻlar, oʻrmonlar, suvli-botqoqli hududlar, daryolar, suvli qatlamlar va koʻllarning qoʻriqlanishi va tiklanishini taʼminlash. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
6.b-vazifa. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining suv xoʻjaligi va sanitariyani yaxshilash ishidagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi | |
|
7-maqsad. Arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
7.1-vazifa. 2030-yilgacha arzon, ishonchli va zamonaviy energiya taʼminotidan umumiy foydalanishni taʼminlash. |
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ |
|
7.2-vazifa. 2030-yilgacha jahon energetika muvozanatida tiklanuvchan manbalardan olinadigan energiya ulushini jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ | |
|
7.3-vazifa. 2030-yilgacha energiya samaradorligini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatkichni ikki baravar oshirish. |
“Oʻzbekenergo” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar | |
|
7.b-vazifa. 2030-yilgacha zamonaviy va barqaror energiya bilan taʼminlash uchun infratuzilmani kengaytirish va texnologiyalarni modernizatsiya qilish. |
“Oʻzbekenergo” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar | |
|
8-maqsad. Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan taʼminlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish. |
8.1-vazifa. 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmining aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda ikki baravar oʻsishini taʼminlash. |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
|
8.2-vazifa. Diversifikatsiya, texnik modernizatsiyalash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish vositasida iqtisodiyotda samaradorlikning oʻsishiga erishish, bunda yuqori qoʻshilgan qiymat va mehnat talab sektorlarga alohida eʼtibor qaratish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari | |
|
8.3-vazifa. Mehnat bozorida faol va sust chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza qilish, kichik va yirik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va tezkor rivojlantirishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlar, nogironlarni mun�sib ish bilan taʼminlash va samarali bandlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan qulay shart-sharoit yaratish. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi | |
|
8.4-vazifa. 2030-yilning oxirigacha boʻlgan butun muddat davomida isteʼmol qilish va ishlab chiqarish tizimlarida resurslardan foydalanishning global samaradorligini asta-sekin oshirib borish hamda Isteʼmol va ishlab chiqarishning oqilona modellaridan foydalanishga oʻtish boʻyicha oʻn yillik harakatlar strategiyasida koʻzda tutilganidek, iqtisodiy oʻsish atrof-muhit holatining yomonlashuvi bilan birga kechmasligiga intilish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | |
|
8.5-vazifa. 2030-yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironlarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish bilan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi toʻlanishini taʼminlash. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Nogironlar jamiyati | |
|
8.6-vazifa. 2020-yilgacha ishlamayotgan, oʻqimayotgan va kasbiy malakalarni egallamayotgan yoshlarning ulushini jiddiy ravishda qisqartirish. |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
8.7-vazifa. Bolalar mehnati hamda majburiy mehnatning eng yomon shakllariga yoʻl qoʻymaslikni nazorat va monitoring qilishni kuchaytirish. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar | |
|
8.8-vazifa. Ishchi xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va ular uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi | |
|
8.9-vazifa. 2030-yilgacha yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda mahalliy mahsulotga boʻlgan talabni kuchaytirishga koʻmaklashuvchi turizmning barqaror rivojlanishini taʼminlash. |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi | |
|
8.10-vazifa. Milliy moliyaviy muassasalarning barchaning bank, sugʻurta va moliyaviy xizmatlardan bemalol foydalanishini ragʻbatlantirish va kengaytirish qobiliyatini mustahkamlash. |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi | |
|
8.b-vazifa. 2020-yilgacha yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha global strategiyani ishlab chiqish va amalga kiritish hamda Xalqaro mehnat tashkilotining ish oʻrinlari haqidagi Global paktini (2009-yil 19-iyulda Xalqaro mehnat konferensiyasida qabul qilingan) amalga oshirish. |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | |
|
9-maqsad. Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga koʻmaklashish. |
9.1-vazifa. Iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzon va teng huquqli foydalanishni taʼminlash. |
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ |
|
9.2-vazifa. Umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga koʻmaklashish va ishlov beruvchi tarmoqlarning jadal rivojlanishi, resurs tejovchi i ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qoʻllash orqali mavjud korxonalarni modernizatsiyalash hamda yangilarini tashkil etish yoʻli bilan 2030-yilgacha sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga yetkazish. |
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻztoʻkimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, xoʻjalik boshqaruvi organlari | |
|
9.3-vazifa. Mayda sanoat korxonalari va kichik korxonalarning moliyaviy xizmatlardan, shu jumladan arzon kreditlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish bosqichlarida qoʻshilgan qiymatni hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi | |
|
9.4-vazifa. 2030-yilgacha infratuzilmani modernizatsiyalash va sanoat korxonalarini qayta jihozlash, resurslardan foydalanish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlaridan keng foydalanish hisobiga ularni barqaror qilish, bunda barcha manfaatdor mamlakatlarning ularning individual imkoniyatlariga muvofiq ishtirokini taʼminlash. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, xoʻjalik boshqaruvi organlari | |
|
9.5-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlarining texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni, jumladan innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratish va ilmiy tadqiqot hamda konstruktorlik sohasidagi xodimlar sonini jiddiy ravishda koʻpaytirish orqali jonlantirish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi | |
|
9.b-vazifa. Mahalliy texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar, tadqiqotlar va innovatsiyalarni, jumladan sanoatning diversifikatsiyasi uchun qulay boʻlgan siyosiy iqlimni yaratish va xomashyo sohalarida qoʻshilgan qiymatni koʻpaytirish orqali qoʻllab-quvvatlash. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodi�t vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi | |
|
9.c-vazifa. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda kengaytirish hamda Internet tarmogʻidan umumiy va arzon foydalanishni taʼminlash. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
|
10-maqsad. Mamlakat ichida tengsizlikni uning barcha koʻrinishlarida qisqartirish. |
10.1-vazifa. 2030-yilgacha aholining eng kam taʼminlangan 40 foizi daromadlarining mamlakat boʻyicha oʻrtacha darajadan oshishiga erishish va daromadlari oʻsishini qoʻllab-quvvatlash. |
Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10.2-vazifa. Barcha odamlarning, ularning yoshi, jinsi, nogironligi mavjudligi, millati, dini va ijtimoiy maqomidan qatʼi nazar, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishini qonunchilik yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish. |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlis palatalari (kelishilgan holda), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
10.3-vazifa. Qonunchilikning kamsitishga qarshi meʼyor va qoidalarining amalda, ayniqsa aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga nisbatan toʻliq va soʻzsiz bajarilishini taʼminlash. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Bosh prokuratura | |
|
10.4-vazifa. Tegishli siyosatni, ayniqsa, budjet-soliq siyosatini hamda ish haqi va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha siyosatni qabul qilish, asta-sekin koʻproq tenglik taʼminlanishiga erishish. |
Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | |
|
10.7-vazifa. Tartibga solingan, xavfsiz, boshqariladigan mehnat migratsiyasi va samarali migratsiya siyosatiga koʻmaklashish. |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi | |
|
11-maqsad. �aharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini taʼminlash. |
11.1-vazifa. 2030-yilgacha barcha uchun turar joy va uy-joy kommunal xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11.2-vazifa. 2030-yilgacha yoʻl harakati xavfsizligini oshirish, xususan, jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish asosida barchaga xavfsiz, arzon, qulay va ekologik barqaror transport vositalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari ehtiyojlariga alohida eʼtibor qaratish. |
Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzavtotrans” agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
11.3-vazifa. 2030-yilgacha barchaga ochiq boʻlgan va ekolog�k barqaror urbanizatsiya koʻlamini hamda aholi yashash punktlarini kompleks va barqaror rejalashtirish hamda ularni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish. |
Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
11.4-vazifa. Madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda saqlash boʻyicha xatti-harakatlarni jonlashtirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
11.5-vazifa. 2030-yilgacha falokatlarda halok boʻlganlar va jabrlanganlar, ayniqsa xotin-qizlar va bolalar sonini jiddiy ravishda qisqartirish hamda falokatlar natijasida kelib chiqadigan toʻgʻridan toʻgʻri iqtisodiy zararni sezilarli tarzda qisqartirish, bunda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari himoyasiga alohida eʼtibor qaratish. |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
11.6-vazifa. 2030-yilgacha shaharlar ekologiyasining aholiga salbiy taʼsirini kamaytirish, bunda havoning sifatiga hamda shahar chiqindilari va boshqa chiqindilarning chiqarib tashlanishiga alohida eʼtibor qaratish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
11.7-vazifa. 2030-yilgacha shaharlar va aholi yashash punktlarida yashil hududlar, istirohat bogʻlari, bolalar uchun oʻyin maydonchalari maydonini kengaytirish, bunda nogironlarning dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish. |
Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
12-maqsad. Isteʼmol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga oʻtishni taʼminlash. |
12.1-vazifa. Isteʼmol va ishlab chiqarishning oqilona modellaridan foydalanishga oʻtish boʻyicha Oʻn yillik harakatlar strategiyasini amalga oshirish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
12.4-vazifa. 2030-yilgacha, kelishilgan xalqaro tamoyillarga muvofiq, kimyoviy moddalar va barcha chiqindilardan ularning butun hayotiy sikli davomida ekologik jihatdan oqilona foydalanishga erishish hamda ularning odamlarga va atrof-muhitga salbiy taʼsirini eng kam darajaga yetkazish uchun havoga, suvga va tuproqqa tushishini jiddiy ravishda qisqartirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ | |
|
12.5-vazifa. 2030-yilgacha chiqindilar hosil boʻlishining oldini olish, qayta ishlash va takroriy foydalanish boʻyicha choralarni qabul qilish orqali ularning hajmini jiddiy ravishda qisqartirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
12.6-vazifa. Korxonalarga, ayniqsa yirik korxonalarga, ishlab chiqarishning barqaror usullarini qoʻllash va oʻz hisobotlarida resurslardan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirishni tavsiya qilish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi | |
|
12.7-vazifa. Davlat xaridlarini amalga oshirish davomida ekologik standartlarning qoʻllanishini kengaytirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi | |
|
12.8-vazifa. 2030-yilgacha aholini barqaror rivojlanish va tabiat bilan uygʻun turmush tarzi haqida tegishli maʼlumot bilan taʼminlash. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi | |
|
12.b-vazifa. Ish oʻrinlarini tashkil etish, mahalliy madaniyat va mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqishga koʻmaklashuvchi barqaror turizm tomonidan barqaror rivojlanishga koʻrsatiladigan taʼsir monitoringining vositalarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | |
|
12.c-vazifa. Qazilma yoqilgʻining behuda sarflanishiga olib keladigan samarasiz foydalanishga subsidiyalar ajratishni — milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bozor nomutanosibliklarini, jumladan soliqqa tortish tizimini isloh qilish orqali bartaraf etish va ular mavjud boʻlgan joylarda zararli subsidiyalardan asta-sekin voz kechish, bunda ularning ekologik oqibatlari hisobini yuritish, ayni paytda aholining muhtoj va ijtimoiy zaif qatlamlari manfaatlarini himoya qilish uchun ular rivojlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni eng kam darajaga keltirish orqali optimallashtirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi | |
|
13-maqsad. Iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash boʻyicha tezkor choralarni qabul qilish. |
13.2-vazifa. Iqlim oʻzgarishiga aks-taʼsir choralarini milliy darajada siyosatga, strategiyaga va rejalashtirishga kiritish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Oʻzgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
13.3-vazifa. Odamlar va muassasalar, tashkilot va korxonalarning iqlim oʻzgarishi oqibatlarining oldini olish, ularga moslashish va xavfli iqlim hodisalarining tavakkalchiligidan erta ogohlantirish boʻyicha xabardorligi, maʼlumotlarning tarqatilishini hamda imkoniyatlarini yaxshilash. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, OAV | |
|
15-maqsad. Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga koʻmaklashish, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, choʻllanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini toʻxtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yoʻqolib ketishi jarayonini toʻxtatish. |
15.1-vazifa. Xalqaro bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, yer usti va ichki chuchuk suvli ekotizimlar, jumladan oʻrmonlar, suvli-botqoqli hududlar, togʻlar va qurgʻoqchil yerlarni saqlash, tiklash va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
15.2-vazifa. Oʻrmonlarning barcha turlaridan oqilona foydalanish usullarini joriy etishga koʻmaklashish, oʻrmonlarning yoʻqolib ketishini toʻxtatish, yemirilgan oʻrmonlarni tiklash hamda oʻrmonzorlar va oʻrmonlarni tiklash koʻlamini jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi | |
|
15.3-vazifa. 2030-yilgacha sahrolanishga qarshi kurash, yemirilgan yerlar va tuproqlarni, shu jumladan, sahrolanish, qurgʻoqchilik va suv toshqiniga uchragan yerlarni tiklash va yerlarning yemirilishining neytral balansiga erishish. |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” gidrometeorologiya xizmati markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatl�r va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
15.4-vazifa. 2030-yilgacha togʻ ekotizimlarining, shu jumladan ularning bioxilmaxilligi, saqlanishini barqaror rivojlanish uchun zarur boʻlgan neʼmatlarni yaratish salohiyatini kuchaytirish maqsadida taʼminlash. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | |
|
15.5-vazifa. Hayvonlarning tabiiy yashash muhiti yemirilishini cheklovchi jiddiy choralarni koʻrish, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan biologik turlarning sonini kamaytirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi | |
|
15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qoʻriqlanadigan turlarining kontrabanda savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar koʻrish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi | |
|
15.8-vazifa. Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv ekotizimlariga taʼsirini jiddiy qisqartirish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ustuvor turlar miqdorining qisqarishi yoki yoʻq qilinishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
15.9-vazifa. Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilmaxillik qimmatining hisobga olinishini taʼminlash. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
15.a-vazifa. Biologik xilmaxillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyaviy resurslarning barcha manbalarini safarbar etish va jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi | |
|
16-maqsad. Barqaror rivojlanish maqsadlari yoʻlida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga koʻmaklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni taʼminlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish. |
16.1-vazifa. Zoʻravonlikning barcha turlari tarqalishini qisqartirish va ushbu hodisa sababli oʻlish koʻrsatkichlarini kamaytirish. |
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
16.2-vazifa. Bolalar va ayollarga nisbatan zoʻravonlikning barcha turlarini tugatish. |
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi | |
|
16.3-vazifa. Qonun ustuvorligiga koʻmaklashish hamda barcha uchun odil sudlovdan foydalanish boʻyicha teng imkoniyatlarni taʼminlash. |
Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi | |
|
16.4-vazifa. 2030-yilgacha noqonuniy pul va qurol-yarogʻ oqimlarini jiddiy ravishda qisqartirish, oʻgʻirlangan aktivlarni izlab topish va qaytarish boʻyicha ishlarni jonlantirish, uyushgan jinoyatchilikning barcha shakllariga qarshi kurash olib borish. |
Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi | |
|
16.5-vazifa. Korrupsiya, ekstremizm va poraxoʻrlik koʻlamlarini ularning barcha shakllarida jiddiy ravishda qisqartirish. |
Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi | |
|
16.6-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida davlat organlarining samaradorligi, hisobdorligi va shaffof�igini oshirish. |
Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oliy sud, Bosh prokuratura | |
|
16.7-vazifa. Boshqaruvning barcha bosqichlarida qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish. |
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi | |
|
16.10-vazifa. Fuqarolarning axborotga boʻlgan huquqini amalga oshirishlari uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot oshkoraligini kuchaytirish hamda fuqarolarning asosiy erkinliklari himoyasini taʼminlash. |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar | |
|
16.a-vazifa. Zoʻravonlikning oldini olish, terrorchilik, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish ishida milliy va xalqaro darajalarda hamkorlikni kengaytirish orqali tegishli milliy muassasalarni mustahkamlash. |
Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi, Bosh prokuratura, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar | |
|
17-maqsad. Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish. |
17.1-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning talab qilinadigan darajasini taʼminlash uchun ichki va tashqi manbalar resurslarining safarbar etilishini kuchaytirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar |
|
17.3-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish. |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Markaziy bank | |
|
17.4-vazifa. Davlat qarzdorligi darajasini mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy holati barqarorligini taʼminlaydigan darajada ushlab turish. |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi | |
|
17.6-vazifa. Fan, texnika va innovatsiyalar sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tuzilmalar islohotlarini kuchaytirish manfaati yoʻlida oʻzaro bilim almashinuvini ragʻbatlantirish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Intellektual mulk agentligi | |
|
17.8-vazifa. 2019-yilgacha texnologiyalar banki va fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish mexanizmining toʻliq koʻlamda amal qilishini taʼminlash hamda yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini | |
|
17.13-vazifa. Global makroiqtisodiy barqarorlikni, jumladan, siyosatni muvofiqlashtirish va siyosatning izchilligini taʼminlash orqali, kuchaytirish |
Iqtisodiyot vazirligi | |
|
17.14-vazifa. Qabul qilinayotgan qarorlar, ishlab chiqilayotgan va amalga oshirilayotgan strategiyalar hamda dasturlarga barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiya qilishning uzoq muddatli mexanizmlarini shakllantirish. |
Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
|
17.17-vazifa. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda davlat bilan xususiy sektor oʻrtasida, fuqarolik jamiyati tashkilotlari oʻrtasidagi samarali sheriklikni ragʻbatlantirish. |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi | |
|
17.18-vazifa. 2020-yilgacha daromadlar darajasi, jinsi, yoshi, irqi, millati, fuqaroligi, ijtimoiy maqomi, geografik joylashuvi va milliy sharoitlarni hisobga olgan holda ahamiyatli boʻlgan boshqa xarakteristikalari boʻyicha taqsimlangan yuqori sifatli, dolzarb va ishonchli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini jiddiy ravishda koʻpaytirish. |
Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi | |
|
17.19-vazifa. Hozirgi tashabbuslarga asoslangan holda, 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichiga qoʻshimcha tarzda barqaror rivojlanish sohasida taraqqiyotni oʻlchash boʻyicha boshqa oʻlchov koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, statistika sohasidagi salohiyatni oshirish. |
Davlat statistika qoʻmitasi |
2-ILOVA
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — Moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari |
|
B.A. Xoʻjayev |
— |
Iqtisodiyot vaziri |
|
A.K. Shadmanov |
— |
Sogʻliqni saqlash vaziri |
|
Sh.D. Kudbiyev |
— |
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
|
Sh.X. Shermatov |
— |
Xalq taʼlimi vaziri |
|
I.U. Majidov |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
D.X. Nabiyev |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vaziri |
|
A.V. Shin |
— |
Maktabgacha taʼlim vaziri |
|
Dj.A. Xodjayev |
— |
Tashqi savdo vaziri |
|
B.T. Kuchkarov |
— |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
|
B.A. Begalov |
— |
Davlat statistika qoʻmitasining raisi |
|
K.M. Rafikov |
— |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
|
kelishilgan holda |
— |
Bosh prokurorning oʻrinbosari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A.Y. Xaydarov |
— |
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
B.K. Roʻzibayev |
— |
Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
S.S. Xodjayev |
— |
Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
|
M.Sh. Istamov |
— |
Adliya vazirining oʻrinbosari |
|
Z.B. Maxkamova |
— |
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
Sh.S. Javlonov |
— |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatinimuvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
J.A. Mamajanov |
— |
Vazirlar Mahkamasining YATD shuʼba mudiri, Muvofiqlashtiruvchi kengash masʼul kotibi |
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli/mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish | ||||
|
1. |
BRMni amalga oshirishda uygʻunlashgan yondashuvni sektorlararo muvofiqlashtirishni taʼminlash uchun “Iqtisodiy barqarorlik”, “Ijtimoiy himoya”, “Sogʻliqni saqlash”, “Taʼlim”, “Atrof muhit”, “Samarali boshqaruv” yoʻnalishlari boʻyicha ekspert guruhlar tarkiblarini shakllantirish |
Yoʻnalishlar boʻyicha ekspert guruhlarni tuzish |
2018-yil dekabr |
Muvofiqlashtiruvchi kengash |
|
2. |
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining har biri boʻyicha rivojlanish konsepsiyasini hamda maqsadlarning har birini amalga oshirish yuzasidan yillik rejalarni ishlab chiqish va Muvofiqlashtirish kengashiga kiritish |
Rivojlanish konsepsiyasi Tadbirlar rejalari |
2019-yil may |
Ekspert guruhlar rahbarlari |
|
3. |
Milliy BRM veb-saytini yaratish |
Veb-sayt yaratish |
2019-yil fevral |
Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
II. BRMga erishish mezon koʻrsatkichlari tizimini shakllantirish | ||||
|
4. |
Barqaror rivojlanishning milliy koʻrsatkichlari boʻyicha idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish |
Idoralararo ishchi guruhni tuzish |
2018-yil dekabr |
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
5. |
Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish holatini kuzatish uchun mezon koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish |
Tadbirlar rejasi |
2019-yil fevral |
Milliy BRMga erishi� mezon koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh |
|
6. |
Inson huquqlarini himoya qilish, sud-huquq islohotlari va davlat boshqaruvi sohalarida Milliy BRMga tegishli idoraviy statistik maʼlumotlarning hajmi va turlarini belgilash |
Idoraviy statistik maʼlumot roʻyxati |
2018-yil dekabr |
“Samarali boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha ekspert guruhi |
|
7. |
Milliy BRMni amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyalashtirish, xalqaro moliya institutlari, investitsiyalar, xususiy sektorni jalb etish |
Loyihalar portfelini shakllantirish, BRMni xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik dasturlariga kiritish |
Aniq loyihalarni amalga oshirish doirasida TITga muvofiq bajariladi |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini tayyorlash va koʻrib chiqishda Milliy BRMni hisobga olish va unda aks ettirishni taʼminlash |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlariga BRMni kiritish |
Davlat budjetini ishlab chiqish va tasdiqlash doirasida |
Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
III.Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish monitoringi va hisobdorlik | ||||
|
9. |
Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan Oʻzbekistonning yillik Milliy hisobotini tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga kiritish |
Milliy hisobotni tayyorlash |
2019-yildan boshlab |
Muvofiqlashtiruvchi kengash, Iqtisodiyot vazirligi, Ekspert guruhlari rahbarlari |
|
10. |
Jarayonga jalb qilingan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengashning Milliy BRMga erishish yuzasidan yillik majlislarini oʻtkazish |
Parlamentda koʻrish uchun alohida BRMga erishish natijalari boʻyicha material tayyorlash |
Zaruriyatga koʻra |
Iqtisodiyot vazirligi Oliy Majlis palatalari qoʻmitalari bilan hamkorlikda (kelishilgan holda) |
|
11. |
Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mezon koʻrsatkichlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni toʻplashni davlat statistika ishlariga qoʻshish va ularni Milliy BRM veb-portalida nashr etishni taʼminlash |
Statistik ishlarning yangilangan dasturi |
2019-yil fevral |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
12. |
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha yillik toʻplamlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etish, ularni Milliy BRM veb-portaliga joylashtirish |
Milliy BRMga erishish statistik koʻrsatkichlari toʻplami |
2019-yilning IV choragidan boshlab |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
13. |
BMTning Statistika komissiyasi hamda boshqa tuzilmalari bilan tajriba almashish, xalqaro ekspertlarni taklif etish, Milliy BRM mezon koʻrsatkichlari metodologiyasini ishlab chiqish, BMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari asosida statistik va BRMga erishish yuzasidan boshqa mavzuli hisobotlarni tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish |
Chora-tadbirlar majmuasi |
Alohida jadval boʻyicha |
Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
14. |
Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini qoʻllashga bagʻishlangan seminar va anjumanlarni tashkil etish (BMT, donor-mamlakatlar bilan hamkorlikda) |
Seminarlarni oʻtkazish jadvali |
Jadval boʻyicha |
Iqtisodiyot vazirligi yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikda |
|
15. |
Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Milliy BRMga erishish jarayonini yoritish hamda aholining ushbu masala yuzasidan xabardorligini muntazam oshirib borish tadbirlarini oʻtkazish |
Tadbirlar rejasi |
Jadval boʻyicha |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |