Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2006 22.11.2001 yildagi 456-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2006
Hujjat 22.11.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHALAR ROʻYXATINI ANIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ–386-sonli “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni texnologiya jihatidan yangilash va zamonaviylashtirish, mahalliy xomashyodan hamda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shu asosda zamonaviy, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga tovarlar importini maqbullashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish asosida amalga oshiriladigan mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlayotgan ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari roʻyxatini aniqlashtirish va unga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishilgan takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategiya jihatidan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturining bajarilishi, respublikaning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yoʻlidan borishi natijalarini har oyda tahlil qilsin va umumlashtirsin. Bunda ishlab chiqarish umumiy xarajatlarini qisqartirish, valyuta resurslarini tejash, respublika iqtisodiyoti barqarorligini taʼminlash va uning tashqi omillarga bogʻliqligini kamaytirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish kabi strategik vazifalarni hal qilishga mahalliylashtirishning taʼsirini baholashga alohida eʼtibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishning strategik ahamiyatini hisobga olib, Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2000-yil 5-sentabrdagi 342-son qarorining 2-bandi, shuningdek ushbu qarorga 2, 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456-son