Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli va notarif tartibga solish tizimini yanada samarali tashkil etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 1-apreldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar uchun:
eksport boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
import boj poshlinalari stavkalari 2-ilovaga muvofiq joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati bilan tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari boʻyicha yetkazib berilayotgan tovarlardan;
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan davlatlardan keltirilayotgan tovarlardan;
respublika Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga keltirilayotgan tovarlardan;
davlat ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berish hajmi doirasidagi tovarlardan (markazlashtirilgan eksport);
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln. AQSH dollaridan ortiq miqdorda bevosita investitsiyalar qoʻygan xorijiy yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan, basharti keltirilayotgan tovarlar ularning oʻzlari ishlab chiqargan mahsulot hisoblansa;
Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga vaqtincha olib kelinayotgan va undan vaqtincha olib ketilayotgan tovarlardan, tranzit tovarlardan va “boj ombori” tartibida tashilayotgan tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga belgilangan tartibda olib kelinayotgan va uning boj hududidan olib ketilayotgan:
xorijiy sherikning xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona ustav sarmoyasiga mulk sifatida qoʻshgan ulushidan;
muruvvat va texnik yordamdan;
koʻrgazmalar, reklama va prezentatsiya eksponatlaridan;
sanoat yoʻli bilan qayta ishlash va undan tayyorlangan mahsulotni olib ketish (olib kelish) uchun olib kelinayotgan (olib ketilayotgan) xom ashyo, materiallar va butlovchi materiallardan boj poshlinalari olinmaydi. Qayta olib ketish (olib kelish)da, koʻrsatib oʻtilgan xom ashyo, materiallar va butlovchi materiallarni qayta ishlash qiymatidan boj poshlinalari olinadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 2 va 4-bandlariga muvofiq ikki hafta muddatda:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishdan korxonalar tomonidan olinadigan foyda (daromad)ni hisoblab chiqish va undan soliq undirish tartibini;
eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish uchun eksport qiluvchi korxonalar foydalangan moddiy resurslar uchun ularning mahsulot yetkazib beruvchilar hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha davlat budjeti bilan hisob-kitobi tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat soliq qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mol-mulk, buyumlarni poshlinasiz olib kelish va olib chiqib ketishning vaqtinchalik roʻyxati va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi berilsin.
5. “Oʻzdavstandart” markazi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda eksport mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishga oid chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarorining 3 va 13-bandlari hamda unga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-mart,
114-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Import boj poshlinalari
stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
| Tovar guruhi raqami |
Tovarning qisqacha nomi |
Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi | Poshlina stavkalari (kontrakt qiymatiga nisbatan foizlarda) |
| | Tovarlar import qilish (ishlar va xizmatlar)ning barcha turlariga, quyidagilardan tashqari: | | |
| 06 | Guldastalar yasash yoki bezash maqsadlari uchun yaroqli boʻlgan yangi uzilgan, quritilgan, boʻyalgan, oqartirilgan, shimdirilgan yoki boshqacha usul bilan ishlov berilgan terilgan gullar va gʻunchalar, shuningdek, barglar, novdalar va oʻsimliklarning gulsiz va gʻunchalarsiz boshqa boʻlaklari | 0603-0604 | 30 |
| 07 | Sabzavotlar va baʼzi bir boshqa ildizmevali oʻsimliklar: | | |
| Yangi va sovitilgan tomatlar | 070200 | 30 | |
| | Boshpiyoz | 070310000 |
20 |
| | Sarimsoq | 070320000 |
20 |
| | bodring | 0707 | 20 |
| | Qisqa muddatli saqlash uchun konservalangan sabzavotlar va quritilgan sabzavotlar | 0711—0712 |
|
| 08 | Yeyiladigan mevalar va yongʻoqlar; sitrus va poliz ekinlari poʻsti va poʻchoqlari | 0802 11, 0806,0807, 0814 00 000 |
5 |
| 09 | Sof sigʻimi 3 kilogrammdan oshmaydigan bevosita idishlardagi (fermentlanmagan) koʻk choy | 0902 10 000 |
10 |
| | Sof sigʻimi 3 kilogrammdan oshmaydigan bevosita idishlardagi fermentlangan qora choy | 090230000 |
|
| 17 | Saqich | 170410 |
30 |
| 20 | Sabzavot, meva, yongʻoq yoki oʻsimliklarning boshqa boʻlaklarini qayta ishlash mahsulotlari: | ||
| | Bodringlar va mayda bodringlar (kornishonlar) | 2001 10 000 |
30 |
| | Boshpiyoz | 2001 20 000 |
30 |
| Sirka yoki sirka kislotasi qoʻshmay tayyorlangan yoki konversalangan tomatlar | 2002 | 30 | |
| | Boshqa sabzavot va yongʻoqlar | 2004—2008 |
30 |
| | Meva sharbatlari | 200950—200990 | 30 |
| Meva sharbatlari (sitrus va boshqalar) | 200911—200940 | 20 | |
| 21 | Boshqa har xil oziq-ovqat mahsulotlari: | ||
| Ketchup va boshqa tomat souslari | 210320000 | 30 | |
| 22 | Mineral suvlar | 2202 | 30 |
| 23 | It va mushuklar uchun chakana savdo maqsadida qadoqlangan ozuqalar | 230910 | 30 |
| 24 | Sigaralar (jumladan, uchi qirqilgan sigaralar), sigarillalar (ingichka sigaralar) va tamaki yoki uning oʻrnini bosuvchilardan tayyorlangan sigaretlar | 2402 |
30 |
| 25 | Osh tuzi | 250100910 |
10 |
| 27 | Dizel yonilgʻisi | 271000590 |
30 |
| 33 | Attorlik mollari | 3303—3307 | 20 |
| 34 | Avtokosmetika | 340530 340540 340590 |
30 |
| 37 | Foto va kinotovarlar | 3705 | 10 |
| 39 | Kiyim-boshlarni bezash uchun buyumlar va ularning plastmassadan tayyorlangan aksessuarlari | 392620 | 30 |
| 42 | Charm va charm oʻrnini bosuvchi materialdan tayyorlangan buyumlar | 4202 | 10 |
| | Tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan kiyim-boshlar va ularga tegishli narsalar | 4203 | 10 |
| 43 | Tabiiy va sunʼiy moʻynadan tayyorlangan kiyim-boshlar | 430310, 4304 | 10 |
| 46 | Toʻqish uchun poxol, alfa va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar | 46 |
20 |
| 49 | Reklama materiallari, tovar kataloglari va shunga oʻxshash mahsulotlar | 491110000 |
20 |
| 52 | Kalava ip va ip gazlama | 52 |
30 |
| 53 | Boshqa oʻsimlik toʻqima tolalari | 53 | 10 |
| 54 | Sintetik iplardan gazlama | 5407—5408 | 30 |
| 55 | Sintetik shtapel tolalardan toʻqilgan gazlamalar | 5513—5516 | 10 |
| 56 | Momiq, namat va notoʻqima materiallar | 56 |
5 |
| 57 | Gilamlar va yerga toʻshaladigan boshqa toʻqma buyumlar | 5701—5705 | 40 |
| 58 | Tukli va baxmal ipdan tayyorlangan gazlamalar | 5801 | 10 |
| 59 | Linoleum | 5904 |
10 |
| 60 | Mashinada va qoʻlda toʻqilgan trikotaj polotnolar | 60 |
10 |
| 61 | Trikotaj kiyim-boshlar (bolalar kiyim-boshlaridan boshqa) va ularga tegishli narsalar* | 6101—6110, 6112—6114, 6116, 6117 | 10 |
| 62 | Toʻqima kiyim-boshlar (bolalar kiyim-boshlaridan boshqa) va ularga tegishli narsalar | 61 | 10 |
| 63 | Boshqa tayyor toʻqima buyumlar Sochiq-dasturxon, pardoz-andoz, oshxona sochiqlari Ilgari isteʼmolda boʻlgan kiyim-boshlar va ilgari isteʼmolda boʻlgan boshqa buyumlar* |
630240—630299000 6309 |
20 30 |
| 65 | Bosh kiyimlar | 6501, 6502, 6503, 6504, 6505, 6506, |
10 |
| 66 | Soyabonlar, hassalar | 6601, 6602 |
10 |
| 67 | Sunʼiy gullar, barglar, mevalar va ularning boʻlaklari; ulardan tayyorlangan buyumlar | 6702 |
30 |
| 68 | Tosh, gips, sement, asbest, slyuda va shularga oʻxshash materiallardan tayyorlangan buyumlar | 68 |
30 |
| 69 | Keramik buyumlar: | ||
| Chinni va fayans idishlar | 6911 | 10 | |
| 70 | Shisha va undan tayyorlangan buyumlar: Butil, butilkalar, shisha bankalar va boshqa shisha idishlar (boʻsh) |
7010 |
20 |
| | Billur idishlar | 7013321 | 30 |
| 71 | Tabiiy yoki ishlov berilgan marvarid, qimmatbaho va arzonbaho toshlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, bijuteriya; tangalar: | ||
| | Qimmatbaho metallar, marvaridlar, toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari | 7113, 7114, 7116 | 30 |
| | Qimmatbaho metallar bilan qoplangan arzonbaho metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari | 711320000 711420000 | 30 |
| | Bijuteriya | 7117 | 30 |
| 74 | Mis va undan tayyorlangan buyumlar | 74 | 5 |
| 75 | Nikel va undan tayyorlangan buyumlar | 75 | 5 |
| 76 | Alyumindan tayyorlangan buyumlar | 7604—7616 | 5 |
| 78 | Qoʻrgʻoshin va undan tayyorlangan buyumlar | 78 | 5 |
| 79 | Rux va undan tayyorlangan buyumlar | 79 | 5 |
| 81 | Boshqa arzonbaho metallar | 8101, 8102, 8110 00, 8113,00 | 5 |
| 82 | Arzonbaho metallardan tayyorlangan asboblar, pichoq buyumlari, qoshiqlar vilkalar | 8201,8202, 8203 | 5 |
| 83 | Boshqa joylarda nomma-nom keltirilgan arzonbaho metallardan tayyorlangan boshqa buyumlar | 8301, 8302 8306, 8310 00 000 | 5 |
| 85 | Telefon apparatlari va faksimile aloqa vositalari (shu jumladan, termoqogʻoz) | 851710, 851781900 | 20 |
| Tovushni kuchaytirish uchun elektr qurilmalar | 8518 | 30 | |
| | Elektroproigrivatel qurilmalari | 8519 | 30 |
| Magnitofonlar (ovoz yozish apparaturasi) | 8520 | 30 | |
| Videoyozuv va qayta ishlash apparaturasi | 8521 | 30 | |
| | Radiopryomnik apparaturasi | 8527 |
30 |
| Televizion pryomniklar | 8528 | 30 | |
| 87 | Yerda yuradigan transport vositalari, harakatdagi temir yoʻl transporti va tramvaylardan tashqari; ularning qismlari va uskunalari: | ||
| | Gʻildirakli traktorlar, boshqalar | 870120100, 870190210—870190350 |
5 |
| Kamida 10 kishini tashishga moʻljallangan avtomobillar | 8702 | 10 | |
| 88 | Uchuvchi apparatlar, ularning qismlari: | | |
| | fuqaro samolyotlari (faqat transportlari) | 880240100lardan | 10 |
| 90 | Bir fazali oʻzgaruvchan tok uchun elektr schyotchiklari | 902830110 | 10 |
| 91 | Soatlar va ularning qismlari | 91 | 10 |
| 92 | Musiqa asboblari; ularning qismlari va ularga tegishli narsalar | 92 | 10 |
| 94 | Mebel | 940130—940180000 | 20 |
| | Yoritish jihozlari (qandillar) | 940510 | 20 |
| 95 | Koʻngil ochadigan oʻyinlar uchun buyumlar | 9504 | 30 |
| 96 | Termoslar | 961700 | 30 |
| | Har xil tayyor buyumlar | 9601—9603, 9606, 9618 | 20 |
| 97 | Sanʼat asarlari, kolleksiyalanadigan buyumlar va antikvariat | 97 | 30 |
ESLATMA:
*Yevropa Kengashi mamlakatlari bilan tuzilgan Toʻqimachilik va kiyim-boshlar bilan savdo qilish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq, koʻrsatib oʻtilgan pozitsiyalarga nisbatan, Bitimda qayd qilingan boj poshlinalari stavkalari amal qiladi.
Yangi yengil avtomobillar uchun import boj poshlinalari stavkalari — Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-sentabrdagi 304-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq.
Ilgari isteʼmolda boʻlgan avtomobillar uchun import boj poshlinalari stavkalari — Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 438-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.