07.03.1992 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.03.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHET EL DIPLOMATIK VAKOLATXONALARINI JOYLASHTIRISH UCHUN MAʼMURIY BINOLARNI TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI IXTIYORIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Toshkentda ishbilarmonlar uchrashuvini oʻtkazish yakunlari toʻgʻrisida” 1991-yil 10-oktabrdagi 254-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida chet el diplomatik vakolatxonalari uchun binolar qurish va ajratish, ularning faoliyatini zarur sharoitlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1992-yil 11-yanvardagi R-122-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar chet el diplomatik vakolatxonalarini joylashtirish uchun maʼmuriy binolarni shahar hokimligi bilan 1-ilovaga* muvofiq kelishilgan muddatlarda Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻchirilayotgan tashkilotlar, vazirliklar, idoralarning apparatlarini joylashtirish uchun 2-ilovaga* muvofiq yotoqxonalarning binolari, shuningdek, Rus tili va adabiyoti institutining Furqat koʻchasida va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi respublika metodika markazining Lohutiy koʻchasida qurilayotgan binolari Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Toshkentboshqurilish”, Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarni ularni zichlashtirish hisobiga joylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, Oʻrta Osiyo tibbiyot fanlari akademiyasi apparatlari Rus tili va adabiyoti institutining Furqat koʻchasida qurilayotgan binosiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika urush va mehnat faxriylari Kengashi, Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik hisobidagi “Sayyoh-Intur” birlashmasi, DOSAAF MQ, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishni nazorat qiluvchi Davlat nazorati apparatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi respublika metodika markazining Lohutiy koʻchasida qurilayotgan binosiga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 44-uydagi respublika Poyabzal modellari uyi binosiga joylashtirilsin, shu munosabat bilan boʻshab qolgan joylarga esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Juravlev) “Mineral” ilmiy-tadqiqot institutining 60 kishilik xodimlarini joylashtirish uchun shahar hokimligi bilan kelishilgan muddatlarda, xonalar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkentboshqurilish” Rus tili va adabiyoti instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi respublika metodika markazining qurilayotgan obyektlarini 1992-yilning birinchi yarmida foydalanishga topshirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovada sanab oʻtilgan barcha korxonalar va tashkilotlarning boshqaruv apparatlarini (3, 4, 5, 6 va 7-bandlarda nazarda tutilganlardan tashqari) 2-ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligiga berilayotgan yotoqxonalar binosiga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan muddatlarda respublika qurilish tashkilotlarining kuchlari bilan boʻshayotgan binolarni qayta qurish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirishga doir ishlarning bajarilishini va ularni 3-ilovaga* muvofiq chet el vakolatxonalarini joylashtirish uchun berishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchib oʻtilgandan keyin bir oy muddat ichida vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar bilan shartnomalar tuzsin, binolarni ijaraga olish uchun tegishli orderlar bersin va maʼmuriy binolardan foydalanish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq komplekslariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-son