Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELERADIOESHITTIRISH SOHASIDA RADIOCHASTOTA SPEKTRIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash, fuqarolarning maʼnaviy ehtiyojlariga, zamonaviy texnik talablar va standartlarga javob beradigan sifatli va badiiy jihatdan yuksak teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2005-yil 1-fevraldan boshlab radiochastotalarni taqsimlash hamda televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki:
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish uchun tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaga yuklanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, taʼsis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan yuridik shaxslar tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyiladi;
mazkur qaror chiqqunga qadar berilgan litsenziyalar asosida televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar koʻrsatib oʻtilgan litsenziyalar muddati tamom boʻlgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar;
teleradioeshittirish sohasida radiochastotalarni berish yuzasidan tanlov oʻtkazish va uning yakunlari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Asosiy faoliyati davlat tele va radiodasturlarni tuzish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlovdan tashqari asosda amalga oshiriladi.
3. Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (A.N. Aripov) tanlovni oʻtkazish davomida:
taqdim etilgan hujjatlar va talabgor faoliyatining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining tegishli xulosasini hisobga olgan holda har tomonlama oʻrganib chiqilishini taʼminlasin;
teleradiodasturlarning janri, mazmunan xilma-xilligi jamiyatning maʼnaviy ehtiyojlariga, rejalashtirilayotgan setka va eshittirish hajmlariga muvofiqligini, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan zarur tele va radiouskunalar mavjudligini, shuningdek litsenziya talabgorining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini talabgor tomonidan taklif etilayotgan eshittirish konsepsiyasini baholash uchun asosiy mezonlar sifatida qabul qilsin;
tanlov qatnashchilari teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya talablariga, yongʻin normalariga, shuningdek qoʻriqlash va xavfsizlik rejimi taʼminlanishiga muvofiqligini hisobga olsin.
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mazkur qarorga muvofiq radiochastotalar taqsimlanishi va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi yetkazilishi va tushuntirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-dekabr,
592-son
Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom radiochastotalarni berishga va teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar olishga tanlov oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash va yuqori sifatli teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida oʻtkaziladi.
2. Muayyan radiochastotada (radiotoʻlqinda) telekoʻrsatuvlar yoki radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziya berish tanlovning mavzusi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Asosiy faoliyati davlat televideniye radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi 50 foizdan tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradieshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
4. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining taklifi asosida Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlovni oʻtkazish va yakka tartibdagi litsenziyalarni berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilova).
II. Tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
5. Tanlovni oʻtkazish muddatlarini Komissiya belgilaydi.
6. Komissiya tanlov oʻtkaziladigan sanadan kamida 60 kun oldin ommaviy axborot vositalarida tanlov toʻgʻrisidagi bildirishnomani eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) tanlovning oʻtkazilish sanasi, vaqti, joyi va shartlari;
b) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) uchun berilayotgan radiochastota kanali (radiochastota nominali) va qamrab olish hududi koʻrsatilgan holda undan foydalanish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) buyurtmanomalarni qabul qilishning boshlanishi va tamom boʻlishi muddati hamda tanlovda qatnashish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
g) tanlovda qatnashishga buyurtmanoma blankasi shakli va buyurtmanomaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
d) quyidagilarni:
tanlov takliflari koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoridagi yigʻim summasini;
Keyingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat bojining yillik summasiga teng boʻlgan zakolat summasini oʻtkazish uchun tegishli bank hisob raqami rekvizitlari;
Keyingi tahrirga qarang.
e) buyurtmanomalar va hujjatlar qabul qilinadigan joyning manzili;
j) litsenziya talablari va shartlari.
III. Tanlovda qatnashish shartlari
7. Tanlovda qatnashishga Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, oʻz vaqtida buyurtmanoma bergan va mazkur Nizomga muvofiq zarur darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etgan yuridik shaxslar qoʻyiladi.
Shu bilan birga litsenziya talabgorlari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishlari, shuningdek vakolatli organlarning teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya, yongʻin normalari va xavfsizlik rejimi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarini taqdim etishlari kerak.
8. Ilgari berilgan litsenziyalar asosida teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziya muddati tamom boʻlgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar.
9. Tanlovda qatnashish uchun litsenziya talabgori mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklga binoan buyurtmanoma taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yuridik shaxs taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
v) tanlov takliflarining koʻrib chiqilishi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
g) litsenziya talabgori tomonidan zakolat toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
d) teleradiodasturlarni tarqatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
e) ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni koʻrsatish va eshittirishning rejalashtirilayotgan setkasini, oʻz dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini oʻz ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
j) tegishli organlarning teleradioeshittirishlar obyektlarining sanitariya, yongʻin normalari va obyektni qoʻriqlash tadbirlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun moʻljallangan asbob-uskunalardan foydalanishga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli boʻlgan taqdirda (ijara shartnomasi va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Buyurtmanomalarni ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga qabul qilish tanlov eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma chop etilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshiriladi.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bevosita yoxud pochta aloqasi vositasi orqali yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya olish uchun yuborilgan hujjatlar Komissiyaning ishchi guruhi rahbari tomonidan roʻyxatga muvofiq qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi bilan litsenziya talabgoriga yuboriladi (taqdim etiladi).
14. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
15. Belgilangan muddat tugagandan keyin buyurtmanomalarni qabul qilish toʻxtatiladi. Tanlovda qatnashishga qoʻyilgan litsenziyalar talabgorlariga tanlovda qatnashish toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
Agar belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun faqat bitta litsenziya talabgoridan buyurtmanoma tushsa, u holda buyurtmanomalar qabul qilish muddati 15 kunga uzaytiriladi.
IV. Tanlovni oʻtkazish tartibi
16. Buyurtmanomalar va tanlov takliflari Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
17. Faqat bitta qatnashchi ishtirok etgan tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi.
18. Ommaviy axborot vositalari va telekomunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek litsenziya talablariga hamda Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan shartlarga javob beradigan eng yaxshi ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflar taqdim etgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflarni baholashda Komissiya quyidagilarni hisobga oladi:
a) talabgorning oʻz dasturlarini eshittirish hajmi, eshittirish vaqti (har kuni, sutka davomida), eshittirishning tillar boʻyicha nisbati, davlat tilidagi eshittirishlarni uzatishning rejalashtirilayotgan vaqti;
b) turli usullar va vositalardan foydalangan holda axborotlarni uzatish imkoniyatining mavjudligi (telematn, ikki tilda ovozli uzatish va boshqalar);
v) zamonaviy, yuqori texnologiyali studiya va eshittirish asbob-uskunalaridan foydalanish;
g) yuqori sifatli ovoz va tasvirli teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) majburiyatlari;
d) eshittirish tarmoqlarini borish qiyin boʻlgan hududlargacha uzaytirish majburiyatlari;
e) texnik-iqtisodiy maʼlumotlar (moliyalashtirish manbalari va ularning ishonchliligi, xarajatlar, daromadlar);
j) efirga uzatish uchun moʻljallanayotgan teleradioeshittirishlarning mavzu yoʻnalishlari va ularning janr boʻyicha nisbati;
z) jalb etilayotgan ommaviy axborot vositalari mutaxassislari va texnik xodimlarning kasb boʻyicha tayyorgarlik darajasi;
i) oʻz dasturlari va retranslyatsiya nisbati (retranslyatsiya shartnomasi);
k) tanlov qatnashchisida teleradioeshittirishlarni tarqatishning ilgaridan mavjud tarmoqlarining bor boʻlishi imkoniyati.
Agar tanlovning ikki va undan koʻp qatnashchilarining takliflari qoʻyilgan talablarga teng darajada javob bersa, ustunlik litsenziya olish uchun eng koʻp haq toʻlanishini taklif qilgan qatnashchiga beriladi.
Litsenziya olish uchun toʻlovning taklif etilayotgan miqdori teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilgan butun muddat uchun davlat boji summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Litsenziyalarni berish, berishni rad etish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror taqdim etilgan hujjatlarni puxta tahlil qilish natijalariga koʻra hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, protokol Komissiya raisi, kotibi va tanlov gʻolibi (litsenziat) tomonidan imzolanadi.
Tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi protokolda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
a) Komissiya aʼzolari majlisida qatnashganlar roʻyxati;
b) tanlov qatnashchilari roʻyxati;
v) talabgorlar takliflarini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Tanlov qatnashchilariga protokoldan koʻchirma beriladi.
Tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma aynan uning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar qilingan nashrlarda, tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi protokol imzolangandan keyin 15 kundan kechikmay eʼlon qilinadi.
20. Protokol imzolangandan keyin, tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakolat u litsenziya olish uchun taklif qilgan toʻlov hisobiga oʻtkaziladi. Tanlovning boshqa qatnashchilari zakolati tanlov gʻolibi protokolni imzolagandan keyin 10 kun mobaynida qaytarib beriladi.
Tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda toʻlangan zakolat qatnashchiga tanlovni oʻtkazish uchun belgilangan sanadan keyin 10 kun mobaynida qaytarib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Agar tanlov gʻolibi tanlov oʻtkazilgandan keyin 10 kun mobaynida protokolni imzolashni rad etsa Komissiya tanlov yakunlariga koʻra gʻolibdan keyingi oʻrinni egallagan qatnashchini gʻolib deb eʼlon qilishga haqlidir.
Bu holda protokolni imzolashni rad etgan tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakolat qaytarib berilmaydi.
V. Litsenziyani va litsenziyalanayotgan faoliyat bilan bogʻliq boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish tartibi
22. Imzolangan protokol asosida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida tanlov gʻolibiga ommaviy axborot vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyani rasmiylashtirish va berish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan, tanlov gʻolibi tanlov buyurtmanomasida litsenziya olish uchun oʻzi taklif qilgan summaning qolgan qismini toʻlagandan keyin va litsenziyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda litsenziya bitimi imzolangandan keyin amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Agar tanlov gʻolibi protokol imzolangan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya olish uchun toʻlovning qolgan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa Komissiya tanlov natijalarini bekor qilishga haqlidir. Bu holda toʻlangan zakolat summasi qaytarib berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyada faoliyatning aniq turi, radiochastota (radiotoʻlqin), teleradioeshittirish qamraydigan hudud, shuningdek litsenziyaning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berilgandan keyin Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi radiochastotalardan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tanlov gʻolibi tomonidan litsenziya olish uchun toʻlangan summa davlat boji sifatida qabul qilinadi va belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziyalovchi organ tanlov gʻolibining oʻzi taklif etgan tanlov takliflari boʻyicha hisobotini vaqti-vaqti bilan eshitib borish, ular bajarilmagan taqdirda esa Komissiyaga chastota ajratish va litsenziyaning amal qilishi toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish toʻgʻrisida taklif kiritish huquqiga ega.
VI. Yakuniy qoidalar
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya dublikatini qayta rasmiylashtirish va berish Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish boʻyicha tanlov oʻtkazish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Teleradioeshittirish sohasida radiochastotalardan foydalanish uchun tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma
| Umumiy maʼlumotlar: | |||
| 1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi _________________________________________________ | |||
| 2. Yuridik manzil: ____________________________________________________________ | |||
| 3. Telefon, faks raqamlari: ____________________________________________________ | |||
| 4. Ommaviy axborot vositalari nomi: ____________________________________________ | |||
| 5. Eshittirishlar mavzu yoʻnalishi va nomi: _______________________________________ | |||
| 6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari: | |||
| Umumiy ____________________________________________________________________ | |||
| Oʻzi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar ________________________ | |||
| __________________________________________________________________ | |||
| 7. Eshittirishlar hajmlari: | |||
| davlat tilida ________________________________________________________________ | |||
| rus tilida __________________________________________________________________ | |||
| boshqa tillarda ______________________________________________________________ | |||
| 8. Reklamaning moʻljallanayotgan hajmlari va davriyligi ____________________________ | |||
| Texnik maʼlumotlar: | |||
| 9. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonga muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali: __________________________________________________________________ | |||
| 10. Turgʻun studiya asbob-uskunalarning mavjudligi: ________________________________ ___________________________________________________________________________ | |||
| 11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt: ____________________________________________ | |||
| 12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli: ___________________________________________________________________________ | |||
| 13. Uzatuvchi stansiyani oʻrnatish joyi: ___________________________________________ | |||
| 14. Antennaning taxminiy balandligi koʻrsatilgan holdagi oʻrnatish joyi, m: ___________________________________________________________________________ | |||
| 15. Rejalashtirilayotgan xizmat koʻrsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni: ______________________________________________________________________ | |||
| 16. Teleradioeshittirishlar sohasida chastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar koʻrsatishning | |||
| kafolatlangan muddati: _______________________________________________________ | |||
| Ilova qilinayotgan hujjatlar: | |||
| 1. _________________________________________________________________________ | |||
| 2. _________________________________________________________________________ | |||
| 3. _________________________________________________________________________ | |||
| Birinchi rahbar imzosi __________________ | |||
|
|
200_ yil “___”________________ | ||
Ariza koʻrib chiqish uchun 200_ yil “___”____________da qabul qilindi. | |||
| ___________________________________________________________________________ | |||
|
(Masʼul shaxsning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi) | |||
| | | | |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 515-modda; 2005-y., 32-33-son, 255-modda; 2006-y., 41-son, 415-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 26-son, 338-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.09.2023-y., 09/23/485/0719-son; 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)