Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2016 20.03.1996 yildagi 112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2016
Hujjat 20.03.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OBʼEKTLARIDA, ShAHARLARIDA, ShAHAR KOʻRINIShIDAGI ShAHARChALARIDA, TUMANLARNING MARKAZLARIDA VA AHOLI YaShAYDIGAN BOShQA JOYLARDA IChKI IShLAR VAZIRLIGINING YoNGʻIN SOQChILIGINI TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 200-sonli “Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi aholi yashash joylarini, obyektlarni yongʻinga qarshi ishonchli himoya qilishni taʼminlash, shuningdek, yongʻin soqchiligini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi alohida davlat ahamiyatiga ega boʻlgan yoki yongʻin chiqish va portlash xavfi koʻproq boʻlgan obyektlarda, shuningdek, aholisi 50 ming va undan ziyod boʻlgan shaharlar (roʻyxati ilova* qilinmoqda)da tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova keltirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligining xodimlari soni va tuzilmasi tasdiqlangan xodimlar soni va ularni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining professional yongʻin soqchiligi qolgan obyektlarda, shaharlarda, shahar koʻrinishidagi shaharchalarda, tumanlarning markazlarida va aholi yashaydigan boshqa joylarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional soqchilik tashkil etilishi lozim boʻlgan shaharlar, shahar koʻrinishidagi shaharchalar, tumanlarning markazlari hamda aholi yashash joylari roʻyxati va ushbu soqchilik xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi (yiliga bir marta 1-sentabrda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalq xoʻjaligi obyektlarini yongʻindan saqlash (Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi obyektlari bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar rahbarlarining Ichki ishlar vazirligi organlari bilan tuziladigan shartnomalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiylashtirilgan yoki professional yongʻin soqchiligi tashkil etilishi zarur boʻlgan xalq xoʻjaligi obyektlari roʻyxati va ushbu soqchilik xodimlari soni amaldagi normalar va qoidalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ichki ishlar vazirligining yongʻin soqchiligini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarni muhofaza qiluvchi harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi boʻyicha — respublika budjeti hisobiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarni, shahar koʻrinishidagi shaharchalarni, tumanlar markazlarini muhofaza qiluvchi professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — mahalliy budjet hisobiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalarining va boshqa obyektlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi harbiylashtirilgan va professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — tegishli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan tuziladigan shartnomalarga koʻra olinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻt oʻchiruvchilar deposi qurilishi shaharlarda, shahar koʻrinishidagi shaharchalarda, tumanlarning markazlarida va aholi yashash joylarida shaharlar hamda tumanlar hokimliklarining ijroiya apparatlari tomonidan mahalliy budjet, kapital qoʻyilmalar rejasi boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar va oldini olish chora-tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan davlat sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlardan ushlab qolinadigan mablagʻlar hisobiga, shuningdek, ulush asosida obyektlar tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga, sanoat va boshqa obyektlarda esa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ajratiladigan oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻt oʻchiruvchilar deposi binolaridan foydalanish va ularni jihozlash, oʻt oʻchirish, hisoblash va koʻpaytirish texnikalari, avtotransport, yonilgʻi-moylash materiallari, maxsus kiyim-bosh, aloqa vositalari, diagnostika apparatlari, jihozlar va yongʻindan saqlash boʻlinmalari uchun yongʻin-texnika asboblari sotib olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda tashkil etiladigan harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi boʻyicha — respublika budjeti hisobiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlarda, shahar koʻrinishidagi shaharchalarda, tuman markazlarida va aholi yashash joylarida tashkil etiladigan professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi vositalari va avtomat signallari boʻlgan xalq xoʻjaligi obyektlarida tashkil etiladigan harbiylashtirilgan va professional yongʻin soqchiligi boʻyicha — tuzilgan shartnomalarga muvofiq korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yongʻin soqchiligi boshqarmalari va boʻlimlari shtatiga — harbiylashtirilgan yongʻin soqchiligi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin soqchiligi boshqarmalari va boʻlimlari shtatiga, shuningdek, davlat yongʻin nazorati boʻlimlari (boʻlinmalari, inspeksiyalari) shtatiga — professional yongʻin soqchiligiga rahbarlik qiluvchi qoʻshimcha xodimlar lavozimlarini joriy etish tegishli ravishda harbiylashtirilgan professional yongʻin soqchiligi xodimlari soni va ish haqi fondi hisobiga amalga oshiriladi, lekin u soqchilikning har bir turi xodimlari umumiy sonining 4 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligiga mazkur qarordan kelib chiqadigan xarajatlar uchun mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻt oʻchirish deposi binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal tuzatish, xalq xoʻjaligi obyektlarini va aholi yashash joylarini yongʻin texnikasi, yongʻin-texnika jihozlari, yongʻinga qarshi himoya qurilmalari bilan taʼminlash va ularni soz holda saqlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalari talablarini bajarmaganlik va ularni buzganlik uchun rahbarlarni hamda mansabdor shaxslarni qattiq intizomiy javobgarlikka tortsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1966-yil 27-iyuldagi 384-son va 1977-yil 11-avgustdagi 525-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-son