Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kasb-hunar taʼlimi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2011-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 391-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-sentabr,
10/qq-son
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-sentabr,
7-mh-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-sentabr,
23-2018-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2018-yil 17-sentabrdagi, 10/qq, 7-mh va 23-2018-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-band ikkinchi xatboshisidagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Kasb-hunar taʼlimi markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Akademik litseylarda muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.
Kasb-hunar kollejlarida muayyan mutaxassislik (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.”
3. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻining (vazirlik, idora yoki oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun shu vazirlik, idora yoki oliy taʼlim muassasasi rahbarining), DAK aʼzolari esa, taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.”.
4. 34-banddagi “Markaz” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qishloq xoʻjalik vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 25-avgust
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
2018-yil 25-avgust
Madaniyat vaziri B. SAYFULLAYEV
2018-yil 25-avgust
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. NABIYEV
2018-yil 25-avgust
Qishloq xoʻjalik vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 25-avgust
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMROYEV
2018-yil 25-avgust
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2018-yil 25-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. MUSAYEV
2018-yil 25-avgust
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
2018-yil 25-avgust
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2011-3/2062-son)