Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz ishlab chiqarishini muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkonini beradigan ilgʻor zamonaviy uskunalar bilan taʼminlashga qaratilgan samarali ragʻbatlantirish tizimini yaratish maqsadida:
1. 2020-yilning 1-yanvariga qadar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1-ilovaga muvofiq olib kiriladigan ayrim turdagi tovarlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-oktabr,
PQ-3970-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-oktabrdagi PQ-3970-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan ayrim turdagi tovarlar
ROʻYXATI
|
T/r |
Tovarlar nomi |
TIF TR kodi |
|
1. |
tuyaqushlar |
0106 33 001 0, 0106 33 009 0 |
|
2. |
birlamchi shakldagi etilen polimerlari |
3901 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-oktabrdagi PQ-3970-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarorining 4-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy tumanlarida, Xorazm viloyatining Yangiariq va Qoʻshkoʻpir tumanlarida joylashgan sanoat sohasida (avtomobillarga gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalaridan tashqari) yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar — 2027-yilning 1-yanvariga qadar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tumanlarida — 2022-yilning 1-yanvariga qadar muddatga yagona soliq toʻlovidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida joylashgan tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va faqatgina ushbu tumanlarda foydalaniladigan maxsus texnika, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan holda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Belgilansinki, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tovarlardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda (sotish, bepul berib yuborish yoki oʻzgaga berishning boshqa shakli), bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 07/18/3970/2049-son)