11.10.2018 yildagi O‘RQ-497-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.01.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1591-moddaning nomidagi va matnidagi “ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga” degan soʻzlar “davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1971-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokat soʻroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazish —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 283-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 1971-moddasida nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilingan taqdirda, advokat maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzmasdan oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 480-moddaning birinchi qismi “va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 488-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 574-moddaning uchinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak” degan soʻzlar “davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 603-moddaning ikkinchi qismidagi “notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak” degan soʻzlar “davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2-modda. Oʻzbekiston Respublikasida notarius
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi notarius boʻlishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius yordamchi va stajorga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslarga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 21-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notarius yordamchisiga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-modda. Notariusning mustaqilligi va betarafligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz faoliyatida mustaqil va betaraf boʻlib, uni amalga oshirishda notariat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Notarial harakatlarning maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek amalga oshirilayotgan notarial harakatlar toʻgʻrisida oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻiga koʻra amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar munosabati bilan ularning talabiga binoan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organiga — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organiga — koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organiga — avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga — boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit byurosiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik tashkilotiga uning soʻroviga koʻra — bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarga vasiyat qiluvchining vafotidan keyin — vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi maqsadida uning soʻroviga koʻra taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) taqdim etish axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notariuslar oʻz kasbiy malakasini davriy oshirishi yakunlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi. Notariuslar almashtirish (rotatsiya qilish) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 16-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy yoki yuridik shaxs notarial harakatni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqli, bundan ushbu Qonunning 37, 51, 52, 59, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 17-modda quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik shaxslarning rahbar organlari yigʻilishlarida ularning taklifiga koʻra ishtirok etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18-modda. Notariusning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi hamda ularning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik jihatdan bexabarlikdan jismoniy va yuridik shaxslarning zarariga foydalanilmasligi uchun ularni amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ogohlantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonuniylik buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida ularning talabiga binoan maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini, mol-mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, shuningdek meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, ushbu vositalarni boshqa shaxsga oʻtkazish, ijaraga berish, ulardan tekin foydalanish, ularning garov, lizing shartnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni ichki ishlar organiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning kadastr raqami toʻgʻrisidagi va oluvchi haqidagi maʼlumotlarni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tuman (shahar) filialiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki ushbu obyektga nisbatan xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) rieltorlik tashkilotining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiyat qiluvchining vafotidan keyin manfaatdor shaxslarga vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-bob. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga aloqador davlat organlari bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan notarial idoraga yuborilgan elektron murojaatni olish uchun ham foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslarning kirishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritilishi notarial harakatlarni amalga oshirishning maxfiyligini oshkor etish hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-modda. Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish notariuslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga notariuslar tomonidan kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bunday harakatlar amalga oshirilgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-modda. Elektron murojaat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar notarius qabuliga oldindan yozilish, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash hamda notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun axborot tizimlari orqali notarial idoralarga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Agar huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlanmagan boʻlsa, bitimlar va arizalarning elektron shakldagi loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisidagi elektron murojaat koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimlari orqali notarial idoralarga kelib tushadigan elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 23-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 121-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandidagi “arizalarini” degan soʻz “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26-modda. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “vasiyatnomalari va ishonchnomalari” degan soʻzlar “vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “Vasiyatnomalar va ishonchnomalarni” degan soʻzlar “Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 27-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27-modda. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni notarial idoraga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar oʻzlari tasdiqlagan vasiyatnomalarning va notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vasiyat qiluvchining yoki ishonch bildiruvchining Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlmasa yoki ularning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma yoxud ishonchnoma uni qaysi tashkilotning mansabdor shaxsi tasdiqlagan boʻlsa, oʻsha tashkilot joylashgan yerdagi notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani va ishonchnomani tekshirib koʻrishi hamda ularning qonunga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, bu haqda vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish, shuningdek ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini ushbu moddada belgilangan tartibda kechiktirmay notarial idoraga berishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 28-modda birinchi qismining 1-bandidagi “ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan va Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan mol-mulkni” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan koʻchmas mol-mulkni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 29-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notarial harakatni amalga oshirish chogʻida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 31-moddaning toʻrtinchi qismi “notarial harakatni amalga oshirish” degan soʻzlardan keyin “bir marotaba” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 32-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 35-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz boʻlsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 37-moddadagi “shuningdek mazkur notarial idoraning xodimlari nomiga va ularning nomidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 44-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 62-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotin (er) tomonidan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani olish haqida yozma ariza berilmasa, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulush ajratilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) 65-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“65-modda. Hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalaga oid qarorlar mavjud boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatlar koʻchirma nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlar ekan, hujjat mazmunining qonuniyligini, unda bayon qilingan faktlarning haqiqatga mosligini, uni imzolagan jismoniy shaxslarning shaxsini, muomalaga layoqatliligi va vakolatlarini, hujjatni yuborgan yuridik shaxsning huquq layoqatini tasdiqlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir qismi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasini ifodalagan bir necha varaqdan iborat hujjat aslining koʻchirma nusxasi yoki hujjatning aslidan olingan koʻchirma toʻgʻriligi shahodatlanayotgan boʻlsa, tasdiqlov yozuvida bu haqda belgi qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) 67-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“67-modda. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni ifodalovchi hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) quyidagi mazmundagi 701-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“701-modda. Yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi yigʻilishini chaqiruvchi organning yoki shaxsning iltimosiga koʻra ushbu yigʻilish oʻtkazilishi chogʻida hozir boʻladi va yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida hamda ushbu qarorni qabul qilish chogʻida hozir boʻlgan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) tarkibi haqida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini belgilash uchun yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshiradi, yuridik shaxs rahbar organining qaror qabul qilish borasidagi vakolatini, yigʻilishda kvorum mavjudligini va ovozlarni sanab chiqish asosida qaror qabul qilish uchun kerakli ovozlar soni mavjudligini qonun hujjatlariga va yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq aniqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) 12-bobning nomidagi “arizalarini” degan soʻzlar “arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) 73-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“73-modda. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) oʻzga hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlar ularning topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarni topshirish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning iltimosiga koʻra notarius arizalar va (yoki) boshqa hujjatlarning topshirilganligi haqida guvohnoma beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan” degan soʻzlar “rasmiylashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “rasmiylashtirilmagan” degan soʻzdan keyin “yoki apostil qoʻyilmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokat quyidagilardan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va pedagogik faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “olti” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “bir yildan” degan soʻzlar “olti oydan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 4-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻninchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlik firmasining yoki advokatlar hayʼatining joylashgan yeri yashash uchun moʻljallanmagan joyda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablagʻlari (daromadlar) hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminot oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq oʻzining alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati alohida boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi qarori haqida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni oldindan xabardor qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 5-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi “fuqarolik” degan soʻzdan keyin “iqtisodiy va maʼmuriy” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 6-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazish va ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik taʼminlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71-modda. Advokat soʻrovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat soʻrovini (bundan buyon matnda advokat soʻrovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning koʻchirma nusxalari advokat soʻrovi olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa, ular oʻzlariga murojaat etgan advokatga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat tomonidan ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi toʻgʻrisida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, soʻrovda koʻrsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat soʻrovini qayd etish daftaridagi advokat soʻrovining roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat kimning manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan boʻlsa, oʻsha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot (hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta joʻnatmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻroviga orderning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar advokatlik soʻrovini olgan subyekt soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa yoki maʼlumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir mavjud boʻlsa, shuningdek advokat soʻrovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) koʻrsatilmagan boʻlsa, soʻralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻrovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat soʻroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi “u yoki bu tarzda” degan soʻzlardan keyin “bevosita yoki bilvosita” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi boʻlishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 13-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “advokatga guvohnoma bergan adliya organining” degan soʻzlar “malaka komissiyalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taʼlim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganda — oʻqish davriga, biroq koʻpi bilan uch yilga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha taʼtillar berilganda — taʼtil vaqtiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat yoki uning yaqin qarindoshi ogʻir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sogʻayguncha, biroq koʻpi bilan bir yilga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shugʻullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga toʻxtatib turilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “uchinchi va toʻrtinchi” degan soʻzlar “uchinchi — beshinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qoʻzgʻatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “birinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilariga” degan soʻzlar “ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisidagi “birinchi qismining toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilariga” degan soʻzlar “ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari boʻyicha esa, advokat tomonidan nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yil oʻtganidan keyin qoʻllanilishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga koʻra maʼmuriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni adliya organiga taqdim etmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 31-moddasining yettinchi qismida va 131-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish maʼmuriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham maʼmuriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 27-moddaning birinchi qismidagi va 28-moddaning matnidagi “mazkur fuqarolarga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga” degan soʻzlar “mulkdorlarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 32-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki ijaraga, arendaga berish kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolarining va kvartirani yoki uyni xususiylashtirish uchun rozilik bergan shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxsning turar joydan foydalanish huquqi uning vafotidan keyin ochiladigan meros tarkibiga kirmaydi. Xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorining voyaga yetmagan oila aʼzolari manfaatlarini ularning ota-onasi, ular boʻlmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organlari ifodalaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi, 2-moddasi, 3-moddasining 2 — 29-bandlari, 5-moddasining 2 va 3-bandlari 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-497-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/4972044-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)