Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-oktabr,
811-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida
nizom
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
2. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlar, shu jumladan penyalardan tashqari) hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 40 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan jarimalar summasining 40 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 25 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Maxsus jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan maxsus shaxsiy hisobvaragʻida jamlanadi.
Bunda Maxsus jamgʻarmaga mablagʻlarni oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalari uchun tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Maxsus jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish
4. Maxsus jamgʻarma tushumlarining prognoz koʻrsatkichlari yil boshida kutilayotgan Maxsus jamgʻarmadagi qoldiq mablagʻlar hamda oxirgi ikki yildagi tushumlar dinamikasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu jamgʻarmadan moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan xarajatlar boʻyicha ehtiyojdan kelib chiqib, budjet tasnifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklari jadvali tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanib, moliya organlariga moliya yilining 15-yanvariga qadar roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Moliya organlari tomonidan Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalarining Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi ularning har biri boʻyicha alohida tuziladi.
Bunda Maxsus jamgʻarma hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalari uchun mablagʻlar ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qoʻshimcha mablagʻ talab etilganda, unga oʻzgartirishlar tushumlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
10. Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasidan ortiqcha haqiqiy tushumlarni xarajat qilish smetalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalarining rahbarlari, ular boʻlmagan taqdirda esa — ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tegishli ravishda Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
a) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun:
kameral nazorat natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, bir oy mobaynida xronometraj va pasportlashtirish natijasi boʻyicha aniqlanib soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq hamda soliq tekshiruvlari natijasi boʻyicha undirilgan soliq summalarining 10 foiziga qadar miqdorida mukofotlash;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan oʻtkazilishi asosida berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni toʻlash;
Davlat budjetiga toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari natijalari boʻyicha har chorakda lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qoʻshgan, ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan malakali, tashabbuskor rahbar va xodimlarga lavozim maoshining bir barobari miqdorigacha ustamalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida muhim topshiriqlarni bajarganliklari uchun yakka tartibda lavozim maoshining besh barobari miqdorigacha mukofotlash;
bayram sanalarida — Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Xotin-qizlar kuni, Navroʻz, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Roʻza hayit” (Iyd-al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adha)) hamda kasb bayramlarida xodimlarni oylik lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlarida kamida 5 yil ishlab pensiyaga chiqishi munosabati bilan pensiyaga chiqayotganda xodimga lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha qimmatbaho sovgʻalar berish yoki shu miqdorda pul mukofoti toʻlash;
Davlat mukofotlari va respublika ahamiyatidagi faxriy yorliq bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining bir barobari miqdorigacha ragʻbatlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni lavozim maoshining toʻrt barobari miqdorigacha ragʻbatlantirish;
davlat soliq xizmati organining yuridik xizmat xodimlarini har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat soliq xizmati organi foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablagʻning 5 foizi, biroq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlash;
Keyingi tahrirga qarang.
b) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlanmagan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun oʻrnatilgan tartibda har oylik kompensatsiya toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
jamoat transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish xarajatlari uchun eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorigacha oylik yoʻl kartochkalari berish yoki kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobarigacha boʻlgan kompensatsiya toʻlovlari toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
xodim vafot etganda xodimning oylik lavozim maoshining oʻn barobaridan oshmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush oʻrtogʻiga toʻlab beriladi, agar xodimning turmush oʻrtogʻi boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
alohida zaruratga koʻra (yubiley sanalarida, xodimlar 50, 55 va 60 yoshga toʻlganda, baxtsiz hodisa, ogʻir kasalligi sababli davolanish, sogʻligʻini tiklash, oilaning kam taʼminlanganligi va moliyaviy holatining ogʻirligi) lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marotaba lavozim maoshining bir barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Keyingi tahrirga qarang.
xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
davlat soliq xizmati organlarida ishlab pensiyaga chiqqan xodimlarga bayramlarda eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorigacha va sogʻligʻini tiklash uchun bir yilda bir marotaba eng kam oylik ish haqining oʻn barobari miqdorigacha moddiy yordam berish, istisno tariqasida, Maxsus jamgʻarmaning tasarruf etuvchilari tomonidan moddiy yordam toʻlovlari miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn barobarigacha belgilanishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va mehnatini muhofaza qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda va taʼlim muassasalarida tajriba oʻrganishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tijorat bankidan ipoteka kreditlari olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi, kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi foizsiz va qaytarish sharti bilan dastlabki badalni oʻtkazib berish xarajatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
v) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun:
davlat soliq xizmati organlarining bino va inshootlarini mukammal va joriy taʼmirlash, qoʻshimcha obyektlarni (maʼmuriy binolar va boshqa obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish, sotib olish hamda obyektlarni saqlash xarajatlari;
davlat soliq xizmati organlari ish faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq maʼmuriy va xoʻjalik sarf-xarajatlarini, jumladan kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, kompyuter va tashkiliy texnikani sotib olish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot vositalari xarid qilish va xizmat koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari toʻplamlarini, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va poligrafiya mahsulotlarini sotib olish;
davlat soliq xizmati organlarining faoliyati uchun inventarlar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va boshqalarni sotib olish, shuningdek, ularni joriy va mukammal taʼmirlash;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun maxsus kiyim-bosh formalari (jumladan sport kiyimlari va formalari) sotib olish;
Keyingi tahrirga qarang.
konferensiya, simpozium, seminar, trening, yigʻilish, uchrashuv, bayram, madaniy va sport tadbirlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish;
g) davlat soliq xizmati organlarining idoraviy xarajatlari uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va chet el xizmat safarlari xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarlarining xorijiy davlatlarga amalga oshiradigan xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlari hamda eng kam oylik ish haqining ellik barobarigacha miqdorida esdalik sovgʻalari xarid qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiy, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarga oid maʼruza qiluvchi mutaxassislar, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash;
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish bilan bogʻliq boʻlgan (mehmonlarni kutib olish, transport, tarjimonlarni yollash va boshqa) xarajatlar;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan, davlat daromadiga oʻtkaziladigan tovar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash, baholash, ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, sud xarajatlari bilan bogʻliq xarajatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) soliq toʻlashdan qochish holatlarini oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlariga koʻrsatilgan amaliy yordamlar uchun fuqarolarning manfaatdorligini taʼminlash, jumladan, tovarlarni yashirin ishlab chiqarish, kontrabanda va kontrafakt tovarlarni tashish va sotish faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar (obyektlar), tushumlarni kamaytirib koʻrsatish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari toʻgʻrisida fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha budjetga tushgan soliqlar va majburiy toʻlovlar yoki undirilgan moliyaviy jarimalarning 5 foiziga qadar, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Maxsus jamgʻarma hisobidan mukofot puli toʻlashga;
Keyingi tahrirga qarang.
e) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizomning 12-bandi “a” kichik bandining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilardagi toʻlovlarning aniq miqdori va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyalari tomonidan Maxsus jamgʻarmaga tushirilgan umumiy tushumning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar va Maxsus jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlarning 5 foizi miqdorida har chorakda Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu mablagʻlar Maxsus jamgʻarmaning tasarruf etuvchilari tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani hisoblash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan davlat soliq xizmati organlarining qarori, shuningdek, moliyaviy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarori bekor qilingan taqdirda Maxsus jamgʻarmaga undirib olingan mablagʻlar. tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tegishli xulosalariga asosan toʻlovchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Maxsus jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga olib qoʻyilmaydi.
5-bob. Maxsus jamgʻarmaning hisoboti va nazorati
17. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlar belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
18. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining shakllantirilishi va maqsadli foydalanilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari va taʼlim muassasasining rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakunlovchi qoida
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.