09.10.2018 yildagi 811-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
811-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirilgan summalar (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan tashqari), shu jumladan, penyalar hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 40 foizi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllanilgan jarimalar summasining 40 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 25 foizi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan maxsus shaxsiy hisobvaragʻida jamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Maxsus jamgʻarmaga mablagʻlarni oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat muassasalari uchun tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus jamgʻarma tushumlarining prognoz koʻrsatkichlari yil boshida kutilayotgan Maxsus jamgʻarmadagi qoldiq mablagʻlar hamda oxirgi ikki yildagi tushumlar dinamikasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu jamgʻarmadan moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan xarajatlar boʻyicha ehtiyojdan kelib chiqib, budjet tasnifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklari jadvali tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanib, moliya organlariga moliya yilining 15-yanvariga qadar roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya organlari tomonidan Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalarining Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi ularning har biri boʻyicha alohida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Maxsus jamgʻarma hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalari uchun mablagʻlar ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus jamgʻarma boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qoʻshimcha mablagʻ talab etilganda, unga oʻzgartirishlar tushumlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasidan ortiqcha haqiqiy tushumlarni xarajat qilish smetalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va taʼlim muassasalarining rahbarlari, ular boʻlmagan taqdirda esa — ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tegishli ravishda Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq tekshiruvlari natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar, yigʻimlar va (yoki) moliyaviy jarimalar summalarining 10 foiziga qadar miqdorida mukofotlash;
(12-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq toʻlovchilar bilan ish olib borish boʻyicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan oʻtkazilishi asosida berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maxsus ragʻbatlantiruvchi ustamalarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetiga toʻlovlar tushumlari prognozi bajarilganligi, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari natijalari boʻyicha har chorakda lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish uchastkasining murakkabligi va muhimligini hisobga olib, shuningdek, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qoʻshgan, mehnatda yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan rahbar va xodimlarga lavozim maoshining besh baravari miqdorigacha shaxsiy ustamalar berish;
(12-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhim topshiriqlarni bajarganliklari uchun yakka tartibda lavozim maoshining besh barobari miqdorigacha mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram sanalarida — Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Xotin-qizlar kuni, Navroʻz, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Roʻza hayit” (Iyd-al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adha)) hamda kasb bayramlarida xodimlarni oylik lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarida kamida 5 yil ishlab pensiyaga chiqishi munosabati bilan pensiyaga chiqayotganda xodimga lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha qimmatbaho sovgʻalar berish yoki shu miqdorda pul mukofoti toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mukofotlari va respublika ahamiyatidagi faxriy yorliq bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining faxriy yorligʻi bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining bir barobari miqdorigacha ragʻbatlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining idoraviy koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni lavozim maoshining toʻrt barobari miqdorigacha ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining yuridik xizmat xodimlarini har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat soliq xizmati organi foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablagʻning 5 foizi, biroq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda mukofotlash;
(12-band “a” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlanmagan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun oʻrnatilgan tartibda har oylik kompensatsiya toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transportidan (marshrut va yoʻnalishli taksilardan tashqari) foydalanish xarajatlari uchun har oyda jamoa shartnomasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun jamoa shartnomasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash;
(12-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim vafot etganda xodimning oylik lavozim maoshining oʻn barobaridan oshmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush oʻrtogʻiga toʻlab beriladi, agar xodimning turmush oʻrtogʻi boʻlmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga toʻlanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan boʻlsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari oʻrtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida zaruratga koʻra (yubiley sanalarida, xodimlar 50, 55 va 60 yoshga toʻlganda, baxtsiz hodisa, ogʻir kasalligi sababli davolanish, sogʻligʻini tiklash, oilaning kam taʼminlanganligi va moliyaviy holatining ogʻirligi) lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marta mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining besh barvari miqdorigacha moddiy yordam berish;
(12-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarida ishlab pensiyaga chiqqan xodimlarga bayramlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorigacha va sogʻligʻini tiklash uchun bir yilda bir marotaba mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
(12-band “b” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va mehnatini muhofaza qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda va taʼlim muassasalarida tajriba oʻrganishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tijorat bankidan ipoteka kreditlari olish uchun sotib olinadigan yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp kvartirali uydagi, kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi foizsiz va qaytarish sharti bilan dastlabki badalni oʻtkazib berish xarajatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining bino va inshootlarini mukammal va joriy taʼmirlash, qoʻshimcha obyektlarni (maʼmuriy binolar va boshqa obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish, sotib olish hamda obyektlarni saqlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari ish faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq maʼmuriy va xoʻjalik sarf-xarajatlarini, jumladan kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, kompyuter va tashkiliy texnikani sotib olish, taʼmirlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot vositalari xarid qilish va xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari toʻplamlarini, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va poligrafiya mahsulotlarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlarining faoliyati uchun inventarlar va xoʻjalik jihozlari, avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va boshqalarni sotib olish, shuningdek, ularni joriy va mukammal taʼmirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun kiyim-bosh (jumladan sport kiyimlari va formalari) sotib olish;
(12-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiya, simpozium, seminar, trening, yigʻilish, uchrashuv, bayram, madaniy va sport tadbirlarini tashkil qilish hamda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat soliq xizmati organlarining idoraviy xarajatlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va chet el xizmat safarlari xarajatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarlarining xorijiy davlatlarga amalga oshiradigan xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlari hamda bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobarigacha miqdorida esdalik sovgʻalari xarid qilish;
(12-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, maʼnaviy va maʼrifiy sohalarga oid maʼruza qiluvchi mutaxassislar, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish bilan bogʻliq boʻlgan (mehmonlarni kutib olish, transport, tarjimonlarni yollash va boshqa) xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan, davlat daromadiga oʻtkaziladigan tovar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash, baholash, ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, sud xarajatlari bilan bogʻliq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish doirasida nazorat xaridlarini amalga oshirish xarajatlari.
(12-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) soliq toʻlashdan qochish holatlarini oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlariga koʻrsatilgan amaliy yordamlar uchun fuqarolarning manfaatdorligini taʼminlash, jumladan, tovarlarni yashirin ishlab chiqarish, kontrabanda va kontrafakt tovarlarni tashish va sotish faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar (obyektlar), tushumlarni kamaytirib koʻrsatish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari toʻgʻrisida fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar asosida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha budjetga tushgan soliqlar va majburiy toʻlovlar yoki undirilgan moliyaviy jarimalarning 5 foiziga qadar, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,52 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Maxsus jamgʻarma hisobidan mukofot puli toʻlashga;
(12-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Davlat soliq qoʻmitasining Hayʼati qaroriga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun.
(12-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 12-bandi “a” kichik bandining ikkinchi, beshinchi va oltinchi hamda “b” kichik bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi toʻlovlarning aniq miqdori va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan yoki jamoa shartnomasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, maxsus unvon va koʻp yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʻlashga oid Yagona tarif setkasi boʻyicha oshirilgan tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasidan ustamalar, shaxsiy ustamalarni belgilashda esa ularning yigʻindisi miqdorlari qoʻshib hisob-kitob qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyalari tomonidan Maxsus jamgʻarmaga tushirilgan umumiy tushumning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar va Maxsus jamgʻarmaning vaqtinchalik boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga qoʻyishdan olingan foiz tarzidagi daromadlarning 25 foizi miqdorigacha har chorakda Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu mablagʻlar Maxsus jamgʻarmaning tasarruf etuvchilari tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus jamgʻarma mablagʻlaridan davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlarga yuklatilgan hududlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida sarflanishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni va penyani hisoblash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan davlat soliq xizmati organlarining qarori, shuningdek, moliyaviy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarori bekor qilingan taqdirda Maxsus jamgʻarmaga undirib olingan mablagʻlar. tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tegishli xulosalariga asosan toʻlovchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga olib qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus jamgʻarmaning hisoboti va nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlar belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining shakllantirilishi va maqsadli foydalanilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari va taʼlim muassasasining rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)