Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Shahar yoʻlovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi faqat:
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʻlmish harbiy xizmatchilar;
1941—1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
(1-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi OʻRQ-238-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻzi ojiz nogironlar va koʻzi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs uchun saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagi qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 29-modda) 52-moddasi toʻrtinchi qismining;
1993-yil 7-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Sogʻlom avlod uchun” ordeni toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda) 4-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisining va 5-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisining;
1994-yil 5-mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 113-modda) 6-moddasi ikkinchi qismining;
1995-yil 24-fevralda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari faoliyatining taʼminoti toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 4, 30-modda) 9-moddasi birinchi qismining;
1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 114-modda) 27-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarining shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishga doir qismlari.
3. Ushbu Qonun matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
278-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 141-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 03.03.2025-y., 03/25/1041/0209-son; 17.04.2026-y., 03/26/1129/0375-son)