Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Tashqi savdo operatsiyalarining toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash hamda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vakolatli banklarga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Import operatsiyalar boʻyicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Nizomga (1-ilova) muvofiq 1996-yil 1-apreldan boshlab import kontrakt (shartnoma)larining kompleks hisobi yuritilishini joriy etish;
1996-yil 1-aprelgacha Bitishuv pasporti joriy etilishi bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish chora-tadbirlarini qoʻrish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
import kontraktlarini hisobga qoʻyish (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) vakolatli banklarda ikki ish kunida, import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida — ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli banklar va bojxona organlari hududiy boʻlinmalarining rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan muddatlarga qatʼiy rioya qilinishi hamda import kontraktlarni hisobga olishda sansalorlikka va byurokratizmga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklariga:
eksport-import kontrakt (shartnoma)larini hisobga olish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
avans toʻlovlari tuzilgan import kontraktlariga muvofiq oʻtkazilsin;
qolgan summa import qiluvchi korxona tomonidan bankka tovarlar tushganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatining tegishli yozuvlari qayd etilgan holda tovarlar olib kelinishi kartochkalari taqdim etilgandan keyin oʻtkazilsin;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 245-sonli qarori tahririda —OʻR QHT, 2003-y., 14-son, 115-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzinvestloyiha” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda loyihalash va tadqiqot tashkilotlari bazasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda bir oy muddatda import texnologiyalar, mashina va uskunalarni xarid qilishda eng maqbul variantlarni tanlash yuzasidan maslahat berish va xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tegishli maʼlumotlar bankiga ega boʻlgan tarmoq va tarmoqlararo mustaqil konsalting firmalari tarmogʻini tashkil etsin.
Adliya vazirligi “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda ixtisoslashtirilgan konsalting firmalari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansiki, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markazi isteʼmol tovarlari, xomashyo, materiallar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotlarga talab va taklifning holati toʻgʻrisidagi tahliliy ishlarni amalga oshiradi, konsalting xizmatlari koʻrsatadi va import qiluvchilar bilan yetkazib beruvchilar oʻrtasida (import qilish belgilangan tartibda litsenziyalanishi kerak boʻlgan tovarlar va mahsulotlardan tashqari) import kontraktlari tuzishning maqbul variantini tanlashga oid tavsiyalar tayyorlaydi.
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan ixtisoslashuvni hisobga olgan xolda Markaz toʻgʻrisidagi Nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash uchun kiritsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 317-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 14-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Belgilab qoʻyilsinki, import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda import qiluvchilar Oʻzbekiston Respublikasining boj hududida tovarlarni qabul qilishda tovarlar “Oʻzdavstandart” markazida akkreditatsiya qilingan ixtisoslashtirilgan firmalar tomonidan muvofiqlik sertifikatsiyasidan majburiy tartibda oʻtkazilishini nazarda tutishlari kerak.
Rezidentlarga import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda ularning shartlarida tovarlarni joʻnatishdan oldin tekshirishni, majburiy muvofiqlik sertifikatsiyasidan oʻtkazishni nazarda tutish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavstandart” markazi va Davlat soliq qoʻmitasi import tovarlarni joʻnatishdan oldin tekshirish tizimini tashkil etishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-mart,
95-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
13-martdagi 95-son qaroriga
1-ILOVA
13-martdagi 95-son qaroriga
1-ILOVA
Import operatsiyalar boʻyicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish toʻgʻrisida
NIZOM
UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishi yoki rezidentlarga xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-sonli qarori tahririda – OʻR HQT 1999-y., 5-son 25-modda )
2. Valyuta mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun 1-ilovaga muvofiq import qiluvchi rezidentlar tomonidan rasmiylashtiriladigan hamda valyuta schyoti ochilgan joydagi vakolatli bankda (keyingi oʻrinlarda bank) roʻyxatga olinadigan Import bitishuvi pasporti (keyingi oʻrinlarda Pasport deb ataladi) joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. 1996-yil 1-aprelgacha tuzilgan kontraktlarning bajarilmagan qismiga majburiy tartibda Pasport rasmiylashtirilishi va ular mazkur Nizomda belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Import qilinayotgan tovarning haqini toʻlash, Markaziy bank tomonidan boshqacha ruxsat berilgan boʻlmasa, faqat import qiluvchi korxonaning bankdagi schyotidan amalga oshirilishi mumkin.
IMPORT BITIShUVLAR PASPORTINI RASMIYLAShTIRISh
6. Import qiluvchi korxona tomonidan tuzilgan har bir kontrakt boʻyicha Pasport rasmiylashtiriladi. Pasportga schyotdagi pul mablagʻlarini tasarruf etuvchi korxona rahbari imzo chekadi va u uch nusxada boʻladi (birinchi nusxasi import qiluvchi korxonada qoladi, ikkinchi nusxasi bojxona hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi, uchinchi nusxasi bankda turadi).
Pasportni toʻldirish 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Import qiluvchi tomonidan tasdiqlangan import kontrakti nusxasi va Pasport bankka va bojxona xizmatlariga topshiriladi.
7. Import qiluvchi korxona Pasportda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va ularning kontrakt shartlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
8. Bank Pasportning unga topshirilgan nusxalarini, import kontraktini koʻrib chiqadi, Pasportdagi maʼlumotlarning kontrakt shartlariga muvofiqligini, Pasportdagi imzolarning imzolar namunalari kartochkasidagi namunalarga muvofiqligini tekshiradi, soʻngra 2 kundan koʻp boʻlmagan muddatda Pasportning import qiluvchi korxona tomonidan tayyorlangan nusxalariga imzo chekadi va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi. Pasportning birinchi ikki nusxasi import qiluvchi korxonaga qaytariladi. Pasport notoʻgʻri rasmiylashtirilganda u rad etish sababi koʻrsatilgan holda qaytarib beriladi.
9. Tomonlar kontrakt shartlariga ilgari Pasportni tuzishda foydalanilgan maʼlumotlarga daxl qiluvchi oʻzgartirishlar kiritgan taqdirda, import qiluvchi koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda, biroq import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim qilishdan kechiktirmay, bankka kontraktga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan birgalikda Pasportni taqdim etadi, kontraktni rasmiylashtirish mazkur boʻlimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Pasport imzolangandan keyin bank kontrakt boʻyicha xorijiy valyutadagi toʻlovlarning, shuningdek belgilangan tartibga muvofiq Respublika valyuta birjasida import qiluvchi korxonalar nomidan xorijiy valyuta sotib olishga buyurtmanoma berilishining asoslanganligini nazorat qilish funksiyalari bajarilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 317-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 14-son, 115-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IMPORT QILINADIGAN TOVARLARNI BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh
Oldingi tahrirga qarang.
12. Import kontraktlarini hisobga qoʻyish uchun import qiluvchi korxona ular vakolatli banklarda hisobga qoʻyilgandan keyin 7 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlariga bankning belgilari qoʻyilgan Pasportning undagi mavjud nusxalarini taqdim etadi, ular Pasportning birinchi va ikkinchi nusxalariga tegishli belgi qoʻyadilar.
Pasport hisobga qoʻyilgandan keyin uning birinchi nusxasi import qiluvchiga qaytariladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Import qilinadigan tovarlarga yuk boj deklaratsiyasi (YuBD)ni rasmiylashtirishda (“S” ustunining uchinchi qarorida import bitishuvi pasporti tartib raqami qoʻyiladi) import qiluvchi korxona bojxona xizmatiga Pasportning birinchi nusxasini taqdim etishi kerak.
Nusxasi bojxona hujjatlarida saqlanayotgan Pasport boʻyicha keyinchalik tovarlar guruhi kelgan taqdirda import qiluvchi korxona tomonidan oldingi guruhlar kelganligi haqida belgi qoʻyilgan Pasportning birinchi nusxasi taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kontraktga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda bojxona organlariga qayta rasmiylashtirilgan, bank tomonidan imzolangan va muhr (shtamp) qoʻyilgan Pasport taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Bojxona xizmatlari Pasportdagi mavjud maʼlumotlarning YuBDda bayon qilingan maʼlumotlarga, kontrakt shartlariga, shuningdek muvofiqlik sertifikatiga muvofiqligini tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda bojxona xizmatining import qilinadigan tovarlarni rasmiylashtiradigan mansabdor shaxsi YuBDning tartib raqamini, olingan tovarning miqdori va qiymatini koʻrsatgan xolda Pasportning birinchi nusxasiga imzo chekadi hamda uni oʻzining shaxsiy raqamli muhri yoki shtampi bilan tasdiqlaydi.
Ayni paytda ushbu axborot Pasportning bojxona hujjatlaridagi ikkinchi nusxasiga kiritiladi hamda muhr yoki shtamp bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tugallangandan keyin Pasportning birinchi nusxasi bojxona xizmati tomonidan tasdiqlangan tovarlarni keltirish kartochkasi (3-ilova) bilan birgalikda import qiluvchi korxonaga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tovar kelgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida import qiluvchi korxona bankka Pasportni va tovarlar keltirish kartochkasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
KELGAN TOVARLAR UChUN XORIJIY VALYUTADAGI MABLAGʻLARNI OʻTKAZISh
Oldingi tahrirga qarang.
19. Kelgan tovar uchun bank tomonidan xorijiy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazish uchun import qiluvchi korxona tomonidan har bir oʻtkazish oldidan tovar kelganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatining bankka topshiriladigan tegishli yozuvlari mavjud boʻlgan tovarlar olib kelinishi kartochkasi asos boʻlib hisoblanadi. Bunda import kontraktlar boʻyicha avans toʻlovlari import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin vakolatli bankka tovarlar olib kelinishi kartochkasi taqdim etilmasdan amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 161-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Bank import qiluvchi korxonadan olingan toʻlov hujjatlarining kontrakt shartlariga muvofiqligini tekshirib, zaruriyat boʻlganda belgilangan tartibga muvofiq valyuta birjasida xorijiy valyutani xarid qilishga buyurtmanoma beradi va kontrakt qiymatidan ortiqcha boʻlmagan summadagi mablagʻlarni oʻtkazadi.
Ayni paytda bank kartochkalar asosida Pasportning oʻzida mavjud boʻlgan nusxasiga kontrakt boʻyicha tovarning olinganligi toʻgʻrisidagi axborotni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Norezidentlar tomonidan rezidentlarga xizmat koʻrsatishini nazarda tutuvchi kontraktlarga haq toʻlash Pasportlar va taqdim etilgan hujjatlar (invoyslar, schyot-fakturalar va boshqalar) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Import qiluvchi mijozning toʻlov topshirigʻi bajarilgandan keyin bank Pasportning birinchi va uchinchi nusxalariga summani hamda mablagʻ oʻtkazilgan sanani koʻrsatgan holda tegishli yozuvlarni qayd etadi,
Bunda Pasport boʻyicha oʻtkazilgan mablagʻlarning umumiy summasi kontraktning umumiy qiymatidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Bank tomonidan hisobga olingan import kontraktlari:
import qilinayotgan tovar toʻliq hajmda olingach,
yoki Davlat soliq qoʻmitasining xulosasiga koʻra,
yoki bir yil tugagandan keyin, agar ushbu muddatda haqi toʻlanmasa va tovar olib kelinmasa, hisobdan chiqariladi,
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Hisobdan chiqarilgan import kontraktlarining pasporti bojxona xizmatlarida va vakolatli bank muassasalarida 3 yil mobaynida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VAKOLATLI BANKLAR, BOJXONA XIZMATLARI VA SOLIQ ORGANLARI OʻRTASIDA AXBOROT AYIRBOShLASh
Keyingi tahrirga qarang.
25. Import qiluvchi korxona tomonidan vakolatli bankka tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatlarining tegishli belgilari boʻlgan kartochkalar kontraktda belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, biroq pul oʻtkazilgan sanadan boshlab 180 kalendar kundan kechiktirmay, vakolatli banklar Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli axborotni yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va vakolatli banklar mazkur Nizom bilan ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur axborotni ayirboshlaydilar.
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
___________________________________ dagi
(yil, kun, oy)
Import bitishuvi pasporti №
(yil, kun, oy)
Import bitishuvi pasporti №
| 1. Import qiluvchi korxonaning nomi, manzili, telefoni, faksi _________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
| 2. Korxonalar va tashkilotlarning umumrespublika klassifikatori KTUT kodi, davlat mulki ulushi __ _________________________________________________________________________________________ |
| 3. Kontraktni hisobga olgan vakolatli bank __________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
| Joʻnatuvchining rekvizitlari: |
| 4. Nomi __________________________________________________________________________________ |
| 5. Mamlakati _____________________________________________________________________________ |
| 6. Manzili _______________________________________________________________________________ |
| Kontrakt shartlari: |
| 7. Raqami va sanasi ________________________________________________________________________ |
| 8. Summasi _______________________________________________________________________________ |
| 9. Toʻlov valyutasi _________________________________________________________________________ |
| 10. Tovar miqdori va turi __________________________________________________________________ |
| 11. Hisob-kitoblar shakli __________________________________________________________________ |
| 12. Import tovarni yetkazib berish muddati ___________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
| 13. Import tovarning kelib tushishi _________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
|
(Yuk boj deklaratsiyasi (YuBD) tartib raqami, |
| _________________________________________________________________________________________ |
|
miqdori, xorijiy valyutadagi qiymati) |
| _________________________________________________________________________________________ |
| 14. Mablagʻlarni oʻtkazish ___________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________ |
| Kredit bitimining shartlari |
| 15. Kredit beruvchi ________________________________________________________________________ |
| 16. Qarz oluvchi ___________________________________________________________________________ |
| 17. Kredit summasi ________________________________________________________________________ |
|
Masʼul shaxslarning imzosi va muhr: | ||
| Vakolatli bank | | Import qiluvchi |
| lavozimi _____________________ | | lavozimi _____________________ |
| f.i.o. ________________________ | f.i.o. ________________________ | |
| | Bojxona xizmati | |
| | lavozimi _____________________ | |
| | f.i.o. ________________________ | |
Keyingi tahrirga qarang.
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Import bitishuvi pasportini toʻldirish
TARTIBI
Import bitishuvi pasporti aniq va ravon yozilgan yozuv bilan toʻldiriladi.
Import bitishuvlarining toʻldirilgan pasportlari alohida roʻyxatga olish jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda har bir hisobga olish varagʻida jurnal boʻyicha uning raqami va roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi yozib qoʻyiladi.
Import bitishuvi pasportining tartib raqami import qiluvchi korxona pasportini roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamini “kasr” belgisi orqali koʻrsatgan xolda vakolatli bankning toʻliq KTUT kodi asosida vakolatli bank tomonidan belgilanadi.
1-qatorda import qiluvchining toʻliq nomi, uning manzili, telefoni va faksi koʻrsatiladi.
2-qatorda import qiluvchining KTUT kodi koʻrsatiladi.
3-qatorda mazkur kontraktni hisobga olgan vakolatli bankning nomi koʻrsatiladi.
4, 5 va 6-qatorlarda xorijiy tovar yetkazib beruvchining, mamlakatning toʻliq nomi, joylashgan oʻrni va manzili koʻrsatiladi.
7-qatorda kontraktning tartib raqami va u imzolangan sana koʻrsatiladi.
8-qatorda xarid qilinadigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlov summasi koʻrsatiladi.
9-qatorda toʻlov amalga oshirilishi kerak boʻlgan valyutaning nomi koʻrsatiladi.
10-qatorda tovarning miqdori va turi koʻrsatiladi.
11-qatorda hisob-kitoblar shakli (akkreditivlar, inkasso, pul oʻtkazish va boshqalar) koʻrsatiladi.
12-qatorda kontraktga muvofiq tovarni yetkazib berish muddatlari koʻrsatiladi.
13-qatorda amalda kelib tushgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — YuBD tartib raqami, miqdori — “YuBD 38-ustun”, xorijiy valyutadagi qiymati — “YuBD 22-ustun”, valyuta turi koʻrsatiladi.
Bunda import tovarlar toʻlov amalga oshirilgan sanadan boshlab kamida 180 kun muddatda kelib tushishi kerak.
Toʻlovni amalga oshirish sanasi deganda kontrakt boʻyicha import qiluvchining bank schyotidan mablagʻlarni hisobdan chiqarib tashlash sanasini tushunmoq kerak.
14-qatorda bank tomonidan mablagʻlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻlov summasi, turi va sanasi) koʻrsatiladi.
15, 16 va 17-qatorlar kredit bitimiga muvofiq toʻldiriladi.
Pasportlarning nusxalari bojxona xizmatlari va vakolatli bank masʼul shaxslari, import qiluvchi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Tovarlar keltirish kartochkasi
(deklarant tomonidan toʻldiriladi)
(deklarant tomonidan toʻldiriladi)
1. Import bitishuvi pasporti tartib raqami ____________________________
Keyingi tahrirga qarang.
2. Import qiluvchi korxonaning nomi __________________________________
3. Kontraktni hisobga olgan vakolatli bank _____________________________
4. Kontrakt tartib raqami _____________________________________
5. YuBD tartib raqami ________________________________________________
6. Keltirilgan tovarning nomi ________________________________________
7. Keltirilgan tovarning kontrakt valyutasidagi qiymati _____________________________________________________
| Bojxona rasmiylashtirish boʻyicha mutaxassis (deklarant) f.i.o.______________________________ |
imzo ____________ |
| Bojxona xizmati mutaxassisi f.i.o.______________________________ |
imzo ____________ |
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Import kontraktni hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)