Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 13.03.1996 yildagi 95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Hujjat 29.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalarining toʻgʻri va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan amaliy nazoratni taʼminlash hamda Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolatli banklarga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalar boʻyicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Nizomga (1-ilova) muvofiq 1996-yil 1-apreldan boshlab import kontrakt (shartnoma)larining kompleks hisobi yuritilishini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 1-aprelgacha Bitishuv pasporti joriy etilishi bilan bogʻliq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish chora-tadbirlarini qoʻrish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 1-oktabrdagi 342-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontraktlarni hisobga qoʻyish (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) vakolatli banklarda ikki ish kunida, bojxona xizmati hududiy boʻlinmalarida — bir ish kunida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-sonli qarori tahririda – OʻR HQT 1999-y.,5-son 25-modda )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar va bojxona organlari hududiy boʻlinmalarining rahbarlari koʻrsatib oʻtilgan muddatlarga qatʼiy rioya qilinishi hamda import kontraktlarni hisobga olishda sansalorlikka va byurokratizmga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import kontrakt (shartnoma)larini hisobga olish va ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontraktlar boʻyicha avans toʻlovlari kontrakt qiymatining 15 foizdan oshib ketmaydigan, 100.000 AQSh dollariga teng summadan koʻp boʻlmagan doirada, faqat import qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankining vakil qilingan bankining muqobil bank kafolati mavjud boʻlganda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan summadan oshib ketuvchi avans toʻlovlarini pulsiz oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xulosasiga koʻra faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan summani — import qiluvchi korxona tomonidan bankka bojxona xizmatining tegishli yozuvlari boʻlgan tovarlar keltirish kartochkasi taqdim etilgan taqdirda oʻtkazish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzinvestloyiha” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda loyihalash va tadqiqot tashkilotlari bazasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda bir oy muddatda import texnologiyalar, mashina va uskunalarni xarid qilishda eng maqbul variantlarni tanlash yuzasidan maslahat berish va xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan xoʻjalik hisobidagi tegishli maʼlumotlar bankiga ega boʻlgan tarmoq va tarmoqlararo mustaqil konsalting firmalari tarmogʻini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi “Oʻzinvestloyiha” kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda ixtisoslashtirilgan konsalting firmalari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansiki, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markazi isteʼmol tovarlari, xomashyo, materiallar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotlarga talab va taklifning holati toʻgʻrisidagi tahliliy ishlarni amalga oshiradi, konsalting xizmatlari koʻrsatadi va import qiluvchilar bilan yetkazib beruvchilar oʻrtasida (import qilish belgilangan tartibda litsenziyalanishi kerak boʻlgan tovarlar va mahsulotlardan tashqari) import kontraktlari tuzishning maqbul variantini tanlashga oid tavsiyalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan ixtisoslashuvni hisobga olgan xolda Markaz toʻgʻrisidagi Nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash uchun kiritsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi ixtisoslashtirilgan konsalting firmalari va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markazining tavsiyalarini hisobga olgan holda vakolatli banklarning buyurtmalari boʻyicha import tovarlar xarid qilishga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan konsalting firmalari va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish respublika markazining xulosalari har bir import kontrakt boʻyicha komissiya tomonidan mablagʻlarni konvertatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda tavsiya tusiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsalting firmalar tashkil etilgunga qadar vakolatli banklarning buyurtmanomalari raqobat varaqalari mavjud boʻlgandagina koʻrib chiqilsin.
(7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda import qiluvchilar Oʻzbekiston Respublikasining boj hududida tovarlarni qabul qilishda tovarlar “Oʻzdavstandart” markazida akkreditatsiya qilingan ixtisoslashtirilgan firmalar tomonidan muvofiqlik sertifikatsiyasidan majburiy tartibda oʻtkazilishini nazarda tutishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezidentlarga import kontraktlar (shartnomalar)ini tuzishda ularning shartlarida tovarlarni joʻnatishdan oldin tekshirishni, majburiy muvofiqlik sertifikatsiyasidan oʻtkazishni nazarda tutish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavstandart” markazi va Davlat soliq qoʻmitasi import tovarlarni joʻnatishdan oldin tekshirish tizimini tashkil etishga oid takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
13-martdagi 95-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalar boʻyicha kontraktlarni hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishi yoki rezidentlarga xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi barcha bitishuvlarga (tovar-xomashyo birjalarida tuzilganlari bundan mustasno) tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-sonli qarori tahririda – OʻR HQT 1999-y., 5-son 25-modda )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Valyuta mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun 1-ilovaga muvofiq import qiluvchi rezidentlar tomonidan rasmiylashtiriladigan hamda valyuta schyoti ochilgan joydagi vakolatli bankda (keyingi oʻrinlarda bank) roʻyxatga olinadigan Import bitishuvi pasporti (keyingi oʻrinlarda Pasport deb ataladi) joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1996-yil 1-aprelgacha tuzilgan kontraktlarning bajarilmagan qismiga majburiy tartibda Pasport rasmiylashtirilishi va ular mazkur Nizomda belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Import qilinayotgan tovarning haqini toʻlash, Markaziy bank tomonidan boshqacha ruxsat berilgan boʻlmasa, faqat import qiluvchi korxonaning bankdagi schyotidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMPORT BITIShUVLAR PASPORTINI RASMIYLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Import qiluvchi korxona tomonidan tuzilgan har bir kontrakt boʻyicha Pasport rasmiylashtiriladi. Pasportga schyotdagi pul mablagʻlarini tasarruf etuvchi korxona rahbari imzo chekadi va u uch nusxada boʻladi (birinchi nusxasi import qiluvchi korxonada qoladi, ikkinchi nusxasi bojxona hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi, uchinchi nusxasi bankda turadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportni toʻldirish 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qiluvchi tomonidan tasdiqlangan import kontrakti nusxasi va Pasport bankka va bojxona xizmatlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Import qiluvchi korxona Pasportda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va ularning kontrakt shartlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank Pasportning unga topshirilgan nusxalarini, import kontraktini koʻrib chiqadi, Pasportdagi maʼlumotlarning kontrakt shartlariga muvofiqligini, Pasportdagi imzolarning imzolar namunalari kartochkasidagi namunalarga muvofiqligini tekshiradi, soʻngra 2 kundan koʻp boʻlmagan muddatda Pasportning import qiluvchi korxona tomonidan tayyorlangan nusxalariga imzo chekadi va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi. Pasportning birinchi ikki nusxasi import qiluvchi korxonaga qaytariladi. Pasport notoʻgʻri rasmiylashtirilganda u rad etish sababi koʻrsatilgan holda qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tomonlar kontrakt shartlariga ilgari Pasportni tuzishda foydalanilgan maʼlumotlarga daxl qiluvchi oʻzgartirishlar kiritgan taqdirda, import qiluvchi koʻrsatib oʻtilgan oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda, biroq import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim qilishdan kechiktirmay, bankka kontraktga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan birgalikda Pasportni taqdim etadi, kontraktni rasmiylashtirish mazkur boʻlimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pasport imzolangandan keyin bank kontrakt boʻyicha xorijiy valyutadagi toʻlovlarning, shuningdek belgilangan tartibga muvofiq Respublika valyuta birjasida import qiluvchi korxonalar nomidan xorijiy valyuta sotib olishga buyurtmanoma berilishining asoslanganligini nazorat qilish funksiyalari bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli bank, zaruriyat boʻlganda, import qiluvchi korxonaning asoslangan buyurtmanomasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan konsalting firmasining yoki “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini oʻrganish markazining ekspert xulosalarini hisobga olgan holda Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasiga valyuta birjasida xorijiy valyutani xarid qilish haqida taklif kiritadi va avans toʻlovini oʻtkazadi. Avans toʻlovi kontrakt qiymatining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avansni oʻtkazishga faqat import qiluvchi korxonaga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli bankning vakil qilingan bankining bank kafolati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMPORT QILINADIGAN TOVARLARNI BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Import qiluvchi korxona import qilinadigan tovarlar kelib tushishidan oldin oʻzidagi Pasportning bankda qayd qilingan nusxalarini hisobga qoʻyish uchun faoliyat zonasi boʻyicha bojxona xizmatiga taqdim etadi. Bojxona xizmati Pasportning birinchi va ikkinchi nusxalariga tegishli belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasport hisobga qoʻyilgandan keyin uning birinchi nusxasi import qiluvchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Import qilinadigan tovarlarga yuk boj deklaratsiyasi (YuBD)ni rasmiylashtirishda (“S” ustunining uchinchi qarorida import bitishuvi pasporti tartib raqami qoʻyiladi) import qiluvchi korxona bojxona xizmatiga Pasportning birinchi nusxasini taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nusxasi bojxona hujjatlarida saqlanayotgan Pasport boʻyicha keyinchalik tovarlar guruhi kelgan taqdirda import qiluvchi korxona tomonidan oldingi guruhlar kelganligi haqida belgi qoʻyilgan Pasportning birinchi nusxasi taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kontraktga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda bojxona organlariga qayta rasmiylashtirilgan, bank tomonidan imzolangan va muhr (shtamp) qoʻyilgan Pasport taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bojxona xizmatlari Pasportdagi mavjud maʼlumotlarning YuBDda bayon qilingan maʼlumotlarga, kontrakt shartlariga, shuningdek muvofiqlik sertifikatiga muvofiqligini tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlmagan taqdirda bojxona xizmatining import qilinadigan tovarlarni rasmiylashtiradigan mansabdor shaxsi YuBDning tartib raqamini, olingan tovarning miqdori va qiymatini koʻrsatgan xolda Pasportning birinchi nusxasiga imzo chekadi hamda uni oʻzining shaxsiy raqamli muhri yoki shtampi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda ushbu axborot Pasportning bojxona hujjatlaridagi ikkinchi nusxasiga kiritiladi hamda muhr yoki shtamp bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tugallangandan keyin Pasportning birinchi nusxasi bojxona xizmati tomonidan tasdiqlangan tovarlarni keltirish kartochkasi (3-ilova) bilan birgalikda import qiluvchi korxonaga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovar kelgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida import qiluvchi korxona bankka Pasportni va tovarlar keltirish kartochkasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KELGAN TOVARLAR UChUN XORIJIY VALYUTADAGI MABLAGʻLARNI OʻTKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kelgan tovarlar uchun bank tomonidan xorijiy valyutadagi mablagʻlarni oʻtkazish uchun, mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan hollardan tashqari, har bir pul oʻtkazish oldidan import qiluvchi korxona tomonidan bankka topshiriladigan tovarning kelganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatining tegishli yozuvlari mavjud boʻlgan tovarlar keltirish kartochkasi asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bank import qiluvchi korxonadan olingan toʻlov hujjatlarining kontrakt shartlariga muvofiqligini tekshirib, zaruriyat boʻlganda belgilangan tartibga muvofiq valyuta birjasida xorijiy valyutani xarid qilishga buyurtmanoma beradi va kontrakt qiymatidan ortiqcha boʻlmagan summadagi mablagʻlarni oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda bank kartochkalar asosida Pasportning oʻzida mavjud boʻlgan nusxasiga kontrakt boʻyicha tovarning olinganligi toʻgʻrisidagi axborotni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Norezidentlar tomonidan rezidentlarga xizmat koʻrsatishini nazarda tutuvchi kontraktlarga haq toʻlash Pasportlar va taqdim etilgan hujjatlar (invoyslar, schyot-fakturalar va boshqalar) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Import qiluvchi mijozning toʻlov topshirigʻi bajarilgandan keyin bank Pasportning birinchi va uchinchi nusxalariga summani hamda mablagʻ oʻtkazilgan sanani koʻrsatgan holda tegishli yozuvlarni qayd etadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Pasport boʻyicha oʻtkazilgan mablagʻlarning umumiy summasi kontraktning umumiy qiymatidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bank tomonidan hisobga olingan import kontraktlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinayotgan tovar toʻliq hajmda olingach,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki Davlat soliq qoʻmitasining xulosasiga koʻra,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoki bir yil tugagandan keyin, agar ushbu muddatda haqi toʻlanmasa va tovar olib kelinmasa, hisobdan chiqariladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hisobdan chiqarilgan import kontraktlarining pasporti bojxona xizmatlarida va vakolatli bank muassasalarida 3 yil mobaynida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAKOLATLI BANKLAR, BOJXONA XIZMATLARI VA SOLIQ ORGANLARI OʻRTASIDA AXBOROT AYIRBOShLASh
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Import qiluvchi korxona tomonidan vakolatli bankka tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirilganligi toʻgʻrisida bojxona xizmatlarining tegishli belgilari boʻlgan kartochkalar kontraktda belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, biroq pul oʻtkazilgan sanadan boshlab 180 kalendar kundan kechiktirmay, vakolatli banklar Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli axborotni yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va vakolatli banklar mazkur Nizom bilan ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun zarur axborotni ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________________________ dagi‎
(yil, kun, oy)
Import bitishuvi pasporti №‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Import qiluvchi korxonaning nomi, manzili, telefoni, faksi _________________________________
‎_________________________________________________________________________________________‎
2. Korxonalar va tashkilotlarning umumrespublika klassifikatori KTUT kodi, davlat mulki ulushi __
‎_________________________________________________________________________________________
3. Kontraktni hisobga olgan vakolatli bank __________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________ ‎
Joʻnatuvchining rekvizitlari:‎
4. Nomi __________________________________________________________________________________‎
5. Mamlakati _____________________________________________________________________________‎
6. Manzili _______________________________________________________________________________‎
Kontrakt shartlari:‎
7. Raqami va sanasi ________________________________________________________________________‎
8. Summasi _______________________________________________________________________________‎
9. Toʻlov valyutasi _________________________________________________________________________ ‎
10. Tovar miqdori va turi __________________________________________________________________‎
11. Hisob-kitoblar shakli __________________________________________________________________‎
12. Import tovarni yetkazib berish muddati ___________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________ ‎
13. Import tovarning kelib tushishi _________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________ ‎

(Yuk boj deklaratsiyasi (YuBD) tartib raqami, ‎

_________________________________________________________________________________________‎

miqdori, xorijiy valyutadagi qiymati) ‎

_________________________________________________________________________________________‎
14. Mablagʻlarni oʻtkazish ___________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________ ‎
Kredit bitimining shartlari‎
15. Kredit beruvchi ________________________________________________________________________‎
16. Qarz oluvchi ___________________________________________________________________________‎
17. Kredit summasi ________________________________________________________________________‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Masʼul shaxslarning imzosi va muhr:‎

Vakolatli bank‎ Import qiluvchi‎
lavozimi _____________________‎ lavozimi _____________________‎‎
f.i.o. ________________________ f.i.o. ________________________ ‎‎‎
Bojxona xizmati
lavozimi _____________________‎‎‎
f.i.o. ________________________ ‎‎‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import bitishuvi pasportini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import bitishuvi pasporti aniq va ravon yozilgan yozuv bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import bitishuvlarining toʻldirilgan pasportlari alohida roʻyxatga olish jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda har bir hisobga olish varagʻida jurnal boʻyicha uning raqami va roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import bitishuvi pasportining tartib raqami import qiluvchi korxona pasportini roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamini “kasr” belgisi orqali koʻrsatgan xolda vakolatli bankning toʻliq KTUT kodi asosida vakolatli bank tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-qatorda import qiluvchining toʻliq nomi, uning manzili, telefoni va faksi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-qatorda import qiluvchining KTUT kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-qatorda mazkur kontraktni hisobga olgan vakolatli bankning nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4, 5 va 6-qatorlarda xorijiy tovar yetkazib beruvchining, mamlakatning toʻliq nomi, joylashgan oʻrni va manzili koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-qatorda kontraktning tartib raqami va u imzolangan sana koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-qatorda xarid qilinadigan tovar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlov summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-qatorda toʻlov amalga oshirilishi kerak boʻlgan valyutaning nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-qatorda tovarning miqdori va turi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-qatorda hisob-kitoblar shakli (akkreditivlar, inkasso, pul oʻtkazish va boshqalar) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-qatorda kontraktga muvofiq tovarni yetkazib berish muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-qatorda amalda kelib tushgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — YuBD tartib raqami, miqdori — “YuBD 38-ustun”, xorijiy valyutadagi qiymati — “YuBD 22-ustun”, valyuta turi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda import tovarlar toʻlov amalga oshirilgan sanadan boshlab kamida 180 kun muddatda kelib tushishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovni amalga oshirish sanasi deganda kontrakt boʻyicha import qiluvchining bank schyotidan mablagʻlarni hisobdan chiqarib tashlash sanasini tushunmoq kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-qatorda bank tomonidan mablagʻlar oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻlov summasi, turi va sanasi) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15, 16 va 17-qatorlar kredit bitimiga muvofiq toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportlarning nusxalari bojxona xizmatlari va vakolatli bank masʼul shaxslari, import qiluvchi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar keltirish kartochkasi
(deklarant tomonidan toʻldiriladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Import bitishuvi pasporti tartib raqami ____________________________
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Import qiluvchi korxonaning nomi __________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kontraktni hisobga olgan vakolatli bank _____________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kontrakt tartib raqami _____________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. YuBD tartib raqami ________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Keltirilgan tovarning nomi ________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Keltirilgan tovarning kontrakt valyutasidagi qiymati _____________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtirish boʻyicha mutaxassis (deklarant)
‎f.i.o.______________________________ ‎

imzo ____________
‎muhr‎

Bojxona xizmati mutaxassisi
‎f.i.o.______________________________ ‎

imzo ____________
‎muhr‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import operatsiyalar boʻyicha
kontraktlarni hisobga olish va
ularning bajarilishini nazorat
qilish toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import kontraktni hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)