OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
AVTOBENZINNI TIJORAT NARXLARI BOʻYIChA SOTISh HAJMLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslariga narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish toʻgʻrisida”gi 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xom ashyo (neft), elektr energiyasining narxi oshib borayotganligi, temir yoʻl tarifi keskin qimmatlashayotganligi munosabati bilan hamda neft mahsulotlari bilan taʼminlash tarmogʻining barqaror, rentabelli ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi:
1992-yilning 1-martidan boshlab avtobenzinni tijorat narxlari boʻyicha bozor fondining 80 foizi hajmida sotishni joriy etsin;
bozor fondining qolgan 20 foizini urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga — A-72, A-76, AI-91, AI-92, AI-93 avtobenzinini 1 litr uchun 2 soʻmdan sotishni tashkil etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 5 kun muddat ichida imtiyozlardan foydalanuvchi shaxslarga (urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga) avtobenzin berish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, tijorat narxlari boʻyicha amalda sotilgan avtobenzindan olinadigan qoʻshimcha foydaning 90 foizi respublikaning davlat budjetiga, 10 foizi esa Oʻzbekiston Respublikasi Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasiga oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi urush qatnashchilari va faxriylariga, urush va mehnat nogironlariga avtobenzin sotishdan koʻriladigan zararni qoplash masalasini hal etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 2-yanvardagi 1-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-fevral,
90-son