Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Islom davlatlarining standartlar va metrologiya Instituti Ustavi va Tartib qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-386-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 12-iyulda kiritilgan “Islom davlatlarining standartlar va metrologiya Instituti Ustavi va Tartib qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi QL-386-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh ushbu qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
1842-III-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 04/18/1842-III/1925-son)